Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

1. Din va falsafa. Ellinizm davrida yunon dunyosi Sharq 

diniy tasavvurlarini qabul qila boshladi. Misrda Kichik Osiyo 

xudosi Serapisga sig‘inish avj oldi. Misr ma’budasi Isidani 

yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya 

ma’budasi (Kibela – yerning onasi) bosh ma’buda sifatida qabul 

qilina boshlandi. Ellinlashgan Sharq ilohlarining barchasi mis-

tik va ekstatik edi. 



442

Ellin davlatlarida turli xudolar, turli xalqlarning diniy e’tiqod-

lari keng tarqaldi. Diniy tolerantlik shakllandi. Joylarda din-

ning universalligini namoyish qilishga intilib, barcha xudolar-

ga atab ibodatxona – Panteon qurila boshlandi. Ana shunday 

Panteon


   Aleksandriyada qurildi. Yunonistonda yahudiy dini 

tarqala boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga ishonib, uni 

qabul qildilar. Yahudiy diniga yangi qabul qilinganlar 

«prozelit-

lar» deb ataldi.

Turli hududlarda turli xudolarga e’tiqod qilish saqlanib qol-

sa-da, ayrim xudolarga e’tiqod qilish keng tarqaldi. Zevs, Dio-

nis, Osiris hamda Kichik Osiyo ma’budlari Sabaziy va Adonis-  

ga, ayol ma’budalardan Misr Isidasiga sig‘inish keng yoyildi. 

Sharqda shakllangan sinkretik e’tiqodlar Kichik Osiyo, Yunon-

iston va Makedoniya, keyinchalik esa G‘arbiy O‘rtayer dengiziga 

kirib bordi. 

Ellin madaniyatining tarqalishidagi eng muhim omil an’ana-

viy va yangi paydo bo‘lgan ko‘plab bayramlar bo‘ldi. Xudolar 

sharafiga o‘tkaziladigan bayramlar bir qatorda homiy podsho-

lar  sharafiga  diniy  markazlar  va  poytaxtlarda  o‘tkaziladigan 

maxsus bayramlar paydo bo‘ldi. Misol uchun, ana shunday 

bayramlardan biri mil.avv. 165-yil poytaxt Antioxiya yaqinida 

salavkiy sulolasi hukmdori Antiox IV (mil.avv. 175–160-yil-

lar) tomonidan o‘tkazilgan bayramni ko‘rsatish mumkin. Bu 

bayram ning ochilishida 50 mingga yaqin piyoda va otliq askar-

lar, jang ara valari va fillar, oltin gulchambar kiygan 800 o‘smir 

va oltin hamda kumush bilan bezalgan taxtiravonlarda o‘tirgan 

580 ta ayollar; xudolar va qahramonlarning son-sanoqsiz boy 

bezalgan haykallari; yuzlab qullar oltin va kumush buyumlar, 

fil suyagini olib borar edilar. Manbada 300 qurbonlik dastur-

xonlari va minglab boqilgan buqalar ko‘rsatiladi. Bayram 30 

kun davom etib, bayram davomida turli xil gimnastika o‘yinlari, 

bellashuvlar, teatr tomoshalari, ming-bir yarim ming kishiga 

mo‘ljallangan bazmlar va ov uyushtiriladi. 

Ptolemeylar  Misrda  qadimgi  fir’avnlar  davrida  bo‘lganidek, 

podsho hokimiyatining mavqeyi kuchayib ketdi va ellin shar-

qidagi boshqa mamlakatlardagi kabi Misrda podsholarga 

sig‘inish yana avj oldi. Ptolemey II Filadelf o‘zi va o‘z singlisi 

Arsinoyaga  sig‘inishga  farmon  berib,  o‘zi  va  singlisi  sharafiga 

ibodatxonalar qurdirdi. Shuningdek, Misrda Ptolemey III va  

uning xotini Berenikaga sig‘inish keng yoyildi.




443

O‘sha davr falsafasida inson shaxsini o‘rganish muammosi bi-

rinchi o‘ringa chiqa boshladi. Mil.avv. V–IV asrlarda ikki falsafiy 

maktab: yangi stoik va epikur maktablari vujudga keldi. Ular 

inson, shaxs nima, baxt nima degan savollar ustida bosh qoti-

ra boshladilar. Afinada stoiklar maktabiga mil.avv. 302-yil kelib 

chiqi shi Kipr orolidan bo‘lgan faylasuf Zenon (mil.avv. 336–264-yil-

lar) asos soldi. Bu maktabga ellin davrining ko‘pgina taniqli fayla-

suflari va olimlari kirgan edi. Stoiklar Afinaning eng gavjum joyi 

bo‘lmish ago rada, naqshin peshayvon «stoya» ostida va’z aytib, o‘z 

tinglovchilariga ta’lim berar edilar (Bu maktabning nomi ham shu 

so‘zdan kelib chiqqan). Stoizm yunon



 va Sharq nazariyalarining 

sintezi edi. U keng tarqalgan va shu bilan birga, uzoq yashagan 

ellin falsafiy maktabi edi. Stoiklar hamma narsani, shu jumladan, 

fikr, so‘z, olov va shu kabilarni ham jism deb atar edilar. Butun 

olamni stoiklar rivojlanib turadigan olov deb hisoblashar edi. 

Stoik lar barcha odamlar teng degan g‘oyani ilgari surdilar. Ular 

insonlar tabiat bilan uyg‘un holda yashab, baxt va ilohiylik topadi, 

degan fikrni shakllantirdilar.

Mil.avv. IV asrda Afinada Epikur falsafa maktabi shakllan-

di. Faylasuf Epikurning bog‘ida uning do‘stlari va shogirdlari 

to‘planib,  falsafiy  suhbatlar  qurdilar.  Bozorlar,  maydonlar, 

odam lar ko‘p bo‘lgan joylarda o‘z ta’limotlarini targ‘ib qilgan 

stoiklardan farq qilgan holda Epikur tinch va sokin joyda ta-

fakkur qilishni yo‘lga qo‘ydi. Epikurchilar «Baxtning mohiyati – 

azobning yo‘qligidir», «Kimda kam ehtiyoj bo‘lsa, u kishida ko‘p 

farog‘at bo‘ladi» tushunchalarini ilgari surdilar.

Aleksandrning ustozi faylasuf Aristotel «Afina politiyasi» asa-

rini yozib, davlat boshqaruvining uch shaklini: bir kishining 

qo‘lidagi hokimiyat – monarxiyani, ozchilik hokimiyati – oli-

garxiya, uchinchisi ko‘pchilikning hokimiyati demokratiyani 

ko‘rsatdi. Mil.avv. III asrda yana bir falsafiy maktab – skeptiklar 

maktabi shakllandi. Bu maktabga Arastuning kichik zamon-

doshi Pirron asos soldi. Skeptiklar atrof dunyoni bilib bo‘lmay-

di, uning tabiati to‘g‘risidagi barcha nazariyalar xayol deb hi-

sobladilar.  Shuning  uchun  ular  fizika  bilan  shug‘ullanmadi-

lar. Dunyoni bilish nazariyalarini yaratmadilar. Lekin boshqa 

maktablar yaratgan nazariyalar tanqidiga e’tibor berdilar. Ular: 

«Barcha narsalarni hech qachon bilib bo‘lmaydi, ular haqida 

na haqiqatni, na yolg‘onni aytishlari

  mumkin emas», deb hi-

sobladilar.




444

Skeptiklar falsafiy oqimi tibbiyotga ta’sir qildi. Tabiblar ka-

salliklarning sabablarini bilishlari mumkin emas, faqat bemor 

kasalligini kuzatish kerak, kasallikni kasalda dorilarni sinash 

bilan davolash zarur, degan tushunchani ilgari surdilar.

 Mil.avv. IV asrda falsafada yana bir maktab – kiniklar pay-

do bo‘ldi. Bu maktab asoschisi Antisfen bo‘lib, Diogen uning 

mashhur o‘quvchisi edi. Kiniklar tabiatga qaytish qulaylikla-

ridan voz kechishni talab qildilar. Inson yaratgan qonun-qoi-

dalari tabiatga qarama-qarshidir deb, davlatni tan olmadilar. 

Ular ko‘chalar, maydonlar va portlarda olomon oldida so‘zga 

chiqib, mavjud tartib-qoidalarning noto‘g‘riligini asosladilar. 

Kambag‘allikni nafaqat so‘zda, balki o‘z turmush tarzlari bilan 

targ‘ib qildilar. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish