8. Haykaltaroshlik. Mil.avv. V asrdan yunon haykalta-
roshligi rivojlanib, noyob haykallar yaratildi. Buyuk haykalta-
roshlar Miron, Fidiy va Polikletlar yaratgan haykallar insoniyat
sivilizatsiyasining mo‘jizalari hisoblanadi. Haykaltaroshlikning
qator maktablari yuzaga keldi.
Yunon haykaltaroshligining
rivojlanishi to‘rtta bosqichga bo‘linadi. Birinchi davr mil.avv.
V asrgacha bo‘lib, Miron bilan tugaydi. Shundan so‘ng yunon
haykaltaroshligi g‘oyaviylik va shakllarni eng oliy mukammal-
ligi davriga kiradi. Ikkinchi bosqich – Fidiy va Polikretning ijodi
davri. Uchinchi bosqich mil.avv. IV asrdan Makedoniyalik Alek-
sandrgacha bo‘lgan davr. IV bosqich Aleksandrning o‘limidan
mil.avv. II asrgacha. Bu bosqichda Rodos va Pergam maktab-
lari oldinga chiqadi. Yunonistonda mil.avv. V asrning 70-yilla-
ridan boshlab haykaltaroshlik san’ati gullab-yashnadi. Buyuk
haykaltarosh Fidiy Afina va Zevs haykallarini yaratdi. Ma’buda
407
Afinaning 12 metrli haykalini yaratishda fil suyagi va oltindan
foydalandi. Ma’buda «Afina» haykali Akropolning eng baland
joyiga qo‘yilib, uning quyoshda yaraqlagan nayzasi uzoqdan
ko‘rinib, kemalar uchun mayoq bo‘lib xizmat qilgan. Fidiyning
mashhur asarlaridan biri «Olimpiyalik Zevs»ning ulkan hayka-
li (14 metr) Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasiga qo‘yilgan edi.
U taxtga o‘tirgan holda ifodalanib, fil suyagidan yasalgan. U
ma’buda Afina qalqonida do‘sti Afinaning siyosiy arbobi Perikl-
ni va o‘zini tasvirladi. Afinada haykaltaroshning dushmanlari
Fidiyni ma’budani haqorat qilishda aybladilar. Natijada Fidiy
qamoqqa hukm qilindi va u yerda vafot etdi. Fidiyning ikki
munosib shogirdi Alkmen va Agorakrit Parfenon ibodatxonasi
pesh tog‘i tasvirini ishladilar.
Mashhur haykaltarosh Miron «Diskobol», «Afina va Marsiy»
haykallari bilan o‘zining nomini abadiylashtirdi. Uning shogirdi
haykaltarosh Dimetriy an’anaviylik va klassikadan uzoqlashib
hayotiy asarlar yaratdi. Haykaltarosh Poliklet esa uni teskarisi
bo‘lib, o‘z asarlarida sof go‘zallikni izladi. U tanlovlarda Fidiy
bilan raqobatlashdi va uni yengdi. Uning Zevsning rafiqasi
«Gera», «Nayza ushlagan o‘smir» haykallari mukammal san’at
asarlari bo‘ldi.
Klassik yunon haykaltaroshligining yorqin vakillaridan biri
argoslik Poliklet edi. Uning «Diodumen» asari noyob san’at na-
munasi edi. Yunon haykaltaroshlari inson gavdasining uyg‘un-
ligi nuqtasini qidirar edilar. Poliklet ham bu nuqtani izladi.
Poliklet qonuniga ko‘ra, haykal tovonining uzunligi gavdaning
1/6 qismini, boshining uzunligi 1/8 qismini tashkil qilishi ke-
rak edi. Bu va boshqa nisbatlarga Dorifor haykalida qat’iy rioya
qilingan. Poliklet qonuniga keyingi yuz yil davomida haykalta-
roshlik san’atida amal qilib keldi. Haykaltarosh Peoniyning
«Ma’buda Rika» haykali mil.avv. V asrning noyob san’at asar-
laridan biri edi.
Mil.avv. IV asrda haykaltarosh Praksitelning (mil.avv.
370–340-yillar) «Germes chaqaloq Dionis bilan», «Knidlik Afro-
dita», «Kaltakesakni o‘ldirayotgan Apollon» haykallarida nafis-
lik, go‘zallik yaqqol aks etadi. Uning «Erot», «Vino quyayotgan
satir», «Dam olayotgan satir» haykallari sevgi, bazmga bag‘ish-
langan. Praksitel barcha haykallarini marmardan ishladi. Uning
«Knidlik Afrodita» haykali ayol go‘zalligining timsoli sifatida
shuhrat qozondi. Praksitelning haykallarida sokinlik motivlari
ko‘rinadi. Uning mashhur «Knidlik Afrodita» haykali bizgacha
408
yetib kelmagan. Praksitelning «Dam olayotgan Satir» hayka-
lining yuzdan ortiq nusxalari
bizgacha yetib kelgan. Buyuk
haykaltaroshning ikki o‘g‘li va nevarasi uning ishini davom et-
tirdilar. Uning o‘zi ham haykaltaroshning o‘g‘li edi.
Mil.avv. IV asrda polis tizimining tushkunligi davrida
haykaltaroshlikda qahramonlik mavzusidan uzoqlashib, inson-
ning ichki ruhiy dunyosini ko‘rsatish asosiy yo‘nalish bo‘ldi. Shu
davrning mashhur haykaltaroshlari sifatida Skopas, Praksitel
va Lisipp (makedoniyalik Aleksandrning saroy haykaltaroshi)
larni aytish mumkin. Paroslik Skopas (mil.avv. 420–355-yillar)
Attika, Peloponnes va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarida
ishladi. O‘zi me’mor bo‘lgan Gegeyadagi Afina ibodatxonasi-
ni haykallar bilan bezadi. Skopasning «Sevib qolgan Arey» va
«Afrodita» haykallarida inson ruhining harakati va uning eng
nozik va yashirin tuyg‘ularini ifodalashga harakat ko‘rinadi.
Mashhur haykaltaroshlarning orasida eng so‘nggisi va
mahsuldori mil.avv. IV asrda yashagan Lisipp edi. U marmar
va metalldan ilohlar, qahramonlar, yarim ilohlarning 1500
haykallarini yaratdi. Lisippning «To‘rt ot qo‘shilgan aravada-
gi Gelios» va «Tlet» haykallari mashur bo‘ldi. Uning «Istmiyalik
poseydon», «Agiy», «Gerakl» haykallarida kurash ruhi singdiril-
gan. U Makedoniyalik Aleksandrning buyurtmasi bilan «Granik
yonidagi jang» haykallar guruhini yaratdi. Guruh 35 figuradan
tashkil topib, ulardan 26 tasi otliq edi. Makedoniyalik Alek-
sandrni marmar va bronzada tasvirlash faqat Lisippga ruxsat
berilgan edi. Lisipp Aleksandni turli ko‘rinishda: o‘smir, erkak,
jangda, taxtda o‘tirgan holda, ovda, otda tasvirladi. Mashhur
haykaltarosh Makedoniyalik Aleksandrning buyustini ham
yaratdi. Lisipp haykaltaroshlik san’atida Poliklet qonunining
o‘rniga yangi qonunni tadbiq qildi. Lisippning zamondoshi afi-
nalik Leoxar yunon haykaltaroshligida mumtoz usulni tiklash-
ga harakat qildi. «Belvederlik Apollon», «Gaimed!» haykallari
uning asari deb taxmin qilinadi.
Rodos orolida Agezandr, Afenodor va Polidor mashhur «La-
okoon va uning o‘g‘illari» asarini yaratdilar. Sofoklning hi-
koyasiga ko‘ra, iloh Apollon muqaddas tepalikni oyoqosti qil-
gani uchun ilohlarni Laokoonni o‘ldirishga yuboradi. Laokoon
noqonuniy tug‘ilgan o‘g‘illari bilan birga o‘ldiriladi. Lisippning
shogirdi rodoslik Xares Rodos orolida qadimgi dunyoning yet-
ti mo‘jizasidan biri bo‘lgan xudo Geliosning 36 metrlik ulkan
haykalini yaratdi (mil.avv. 216-yil). Rodosdagi kuchli zilzila
409
paytida bu haykal buzilib ketdi. Uning «Gerakl sher bilan» va
«Apoksiomen» haykallari, bazm qilayotgan Gerakl haykalchasi
haykaltaroshlik san’atining eng noyob namunalari hisoblanadi.
Tasviriy san’at taraqqiyotini vazalar tasviri orqali yaqqol
tasavvur qilish mumkin. Bu san’at janrida Sikion maktabi va
Afina maktabi shakllangan edi. Tasviriy san’atda kundalik ha-
yot va mifologiyadan olingan tasvirlar ko‘plab uchraydi. Birinchi
bo‘lib mashhur yunon rassomi tasoslik Poliklet faqat to‘rt rang:
oq, qora, qizil va sariqni ishlatgan. Klassik davrda yunon tas-
viriy san’atining eng mashhur namoyandalaridan biri Polignot
ulkan ko‘p shaklli kompozitsiyalar ustasi edi. Afinalik Apollodor
tasviriy san’atda yorug‘lik soyasini kashf qildi. U bo‘yoq bilan
chizgan ko‘pgina vazalar bizgacha yetib kelgan. Bu davrdagi
Zevksid va Parrasiy, Apelles (Aleksandrning saroy rassomi) va
Nikiylar tasviriy san’at janrida yorqin iz qoldirdilar. Rassomlar
tarixiy, harbiy, peyzaj va portret janrlarida ijod qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |