Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Qadimgi Eron tarixi manbalari va tarixnavisligi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2. Qadimgi Eron tarixi manbalari va tarixnavisligi. Eron 

tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy.  

Yozuvlardan eng qadimgilari mil.avv. III–I ming yilliklardagi 

Janubiy-G‘arbiy Eron hududi bo‘lgan Elam tarixini yoritadi: 



213

ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag‘ishlov matnlari

davlatlararo shartnomalardir.

Qadimgi fors davlati tarixi bo‘yicha manbalar xilma-xil: bu 

xo‘jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, podsho Doro I ning tosh bi-

tiklari, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qa-

dimgi fors tilidan elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 

ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972-yilda 

fransuz arxeologlari Suzadan Doro I ning ulkan haykalini top-

dilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matn-

lari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlaridan biri Perse-

poldan podsho Kserks yozuvlari nusxalari hamda mil.avv. III 

ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat 

topilgan. 

Mil.avv. I ming yillikda O‘rta Osiyo va Eronda hukmron 

bo‘lgan zardushtiylik e’tiqodining muqaddas kitobi «Avesto» 

Eronning qadimgi tarixini o‘rganishda eng muhim tarixiy man-

balardan biri bo‘ladi. «Avesto» oromiy alfavitida yozilgan bo‘lib, 

bizgacha uning ayrim qismlari yetib kelgan. 

Fors qabilalarining Old Osiyo chegaralaridagi migratsiyasi 

to‘g‘risida mil.avv. IX–VII asrlarga oid Osuriya yozuvlari ma’lu-

mot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar to-

monidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga 

oid loy taxtachalarda yozilgan 100 ming Bobil xususiy-huquqiy 

va ma’muriy xo‘jalik hujjatlari mavjud. Misrdan forslar davri-

ga oid turli xil ma’muriy xo‘jalik hujjatlari, podsho Kambizning 

Misr ibodatxona mulklarini cheklash to‘g‘risidagi dekreti, Doro 

I ning Misr qonunlarini kodifikatsiya qilish to‘g‘risidagi farmoni 

katta qiziqish uyg‘otadi. 

Midiya va Eron tarixi bo‘yicha ma’lumot beradigan manbalar-

dan biri bu – yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gero-

dot (mil.avv. V asr)ning asari, Fukidid (mil.avv. V asr) tarixi, 

Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, 

sitsiliyalik Diodor ning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qa-

dimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik 

ma’lumotlar beradi.

 Eronda mezolit va neolit davriga oid manzilgohlar, ar xeolo- 

gik topilmalar, kulolchilik buyumlari, Suza shahrining ilk 

qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari – Suza, Ekbata-

na, Persepol xarobalaridan topilgan ulug‘vor haykallar, qoya-

tosh  relyeflari,  qimmatbaho  metallardan  qilingan  buyumlar: 



214

riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bezaklar topib 

o‘rganildi. 

Qadimgi Eron tarixi bo‘yicha Yevropa olimlari qator tad-

qiqotlarni amalga oshirdilar. Italiyalik yosh sayyoh keyinchalik 

papa Urban VIII ning kamergeri bo‘lgan Petro della Valle 1614-yil-

da Eronga sayohat qilib, qadimgi Persepol shahri xarobalari va 

undagi yozuvlar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Daniya-

lik olim Karsted Nubur 1760-yilda Persepol yozuvlari ni o‘rganib, 

bu yozuv uch tilda yozilganini aniqlaydi. Shundan so‘ng nemis 

olimi O.G. Tixsen bu yozuvlarni o‘qishga harakat qildi. Perse-

pol yozuvlarini o‘qishga nemis olimi Gpotefend, ingliz Rouling-

son va boshqa olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Yevropa olimlari  

J. de Margo va Grishman qadimgi shaharlar xarobalari ni o‘rga-

nib, eronshunoslik faniga muhim hissa qo‘shdilar. 

Qadimgi Elam poytaxti Suzada 1807-yil fransuz arxeologi 

De Morgan arxeologik qazishmalarni olib bordi. De Morgan Su-

zada Xammurapining qonunlari yozilgan bazalt toshini topdi. 

M.M.Dandamayevning «Qadimgi Eron tarixi ocherklari», ame-

rikalik R.Frayning «Eron merosi» asarlari hamda J. Kameron, 

V. Xins, Yu.B. Yusupovlarning asarlarida qadimgi Elamning 

siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tarixi yoritiladi. I.M. Dya-

konov, E.A. Granovskiylarning asarlarida Eronda ilk qabilalar 

migratsiyasi, I.M. Dyankonov, I.G. Aliyevning asarlarida Midiya 

tarixi va madaniyati yoritiladi. Qadimgi Eron diniy e’tiqodlari 

V.I. Abayev, V.V. Struve, A. Dandamayev, J. Dyushen-Gilmen 

va G. Videgren asarlarida o‘z aksini topgan.

Manbalar asosida qadimgi Eron tarixini to‘rt bosqichga 

bo‘lish mumkin:

1. Elam sivilizatsiyasining paydo bo‘lishi va gullab-yashna-

gan davri (mil.avv. IV ming yillikning oxiridan – mil.avv. VII asr 

oxirigacha).

2. Midiya davri (mil. avv VIII – mil.avv. VI asr o‘rtalari).

3. Ahmoniylar davri (mil.avv. VI asr o‘rtalarida – mil.avv. 

330-yilgacha).

4. Parfiya davri (mil.avv. III asr o‘rtalari–milodiy 224-yiliga-

cha).


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish