3. Qadimgi Elam. Qadimgi Elam tarixi uchga: qadimgi mil.
avv. III ming yillikdan – mil.avv. XIV asrgacha, o‘rta elam davri
mil.avv. XIV asrning II yarmidan – mil.avv. VIII asrgacha, yangi
elam davri mil.avv. VII – mil.avv. VI asr o‘rtalari.
Mil.avv. VII –
215
VI ming yilliklarda G‘arbiy Eronda dehqonchilik bilan shug‘ul-
lanadigan o‘troq va ko‘chmanchi chorvador qabilalar yashagan-
lar. Aholining ko‘payishi natijasida ushbu qabilalarning bir qis-
mi mil.avv. VI – V ming yilliklarda Eronning boshqa hududida
tarqaladilar. Mil.avv. III ming yillik boshlarida Janubiy-G‘arbiy
Eronda elam qabilalarining Elamtu (Bobil va osur tilida «mam-
lakat») yoki Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam
Mesopotamiya hamda Shimoliy va Sharqiy Eron bilan bog‘lan-
gan Qorun va Qerxa daryolari vodiylarida joylashgan edi. Suza
shahri poytaxtga aylanadi. Elam davlati mil.avv. XXIV–XXII
asr larda Akkad podsholigiga bevosita qaram bo‘ladi.
Elamning tekislik qismi Qorun va Qerxa daryolari bilan
sug‘orilib, mil.avv. IV – III ming yilliklarda tariq, emmer va me-
valar yetishtirilgan. Shu vaqtda hunarmandchilik, ayniqsa, ku-
lolchilik rivojlandi. Tog‘li Baxtiyor hududlari mis, qo‘rg‘oshin-
ga boy bo‘lgan. Tog‘li hududlar aholisining asosiy mashg‘uloti
chorvachilik edi. Bundan tashqari, Elamda qadimda Avan, An-
shan, Qimash va Simash kichik davlatlari mavjud bo‘lgan. Ular
asta-sekin bir davlatga birlashtiriladi.
Elamning siyosiy tarixi uning butun tarixi davomida Mesopo-
tamiya tarixi bilan yaqin bog‘langan. Har ikkala hudud bir-bi-
ri bilan yaqin siyosiy-iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarda
bo‘ladi. Mil.avv. XXIV – XXIII asrlarda Elam Mesopotamiyani
birlashtirgan Akkad davlati tarkibiga kirdi. O‘sha davrda Elam-
dagi ko‘pchilik hujjatlar va yozuvlar akkad tilida tuziladi. Mil.
avv. XXII – XXI asrlarda III Ur sulolasi davrida Elam Mesopota-
miya tarkibida qoldi. Mil.avv. XXI asrning II yarmida Elam yana
mustaqilligini tikladi. Podsho Kutir-Naxxunte I davrida (mil.
avv. 1730–1700-yillar) Elam Mesopotamiyani bosib oldi. Elam
mil. avv XIV asrgacha mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘ldi.
Mil.avv. XIV asrdan – mil.avv. XII asrgacha Elam kassit-
lar hukmron bo‘lgan Bobilga qaram bo‘ladi. Elam mil.avv.
1155-yildan – mil.avv. 1115-yillarda o‘z mustaqilligini qayta
tikladi. Elam podshosi Shutruk – Naxxunte I Bobilga g‘olibona
yurish qilib, shaharni taladi va boy o‘lja bilan Suzaga qaytdi.
Bu o‘ljalar ichida Xammurapi qonunlari bitilgan tosh lavha bor
edi. XX asr boshlarida Suzada fransuz arxeologlari olib bor-
gan qazishmalarda bu lavha topildi. Elam podshosi Kutir-Nax-
xunte III mil.avv. 1159–1157-yillar kassitlar Bobili bilan urush-
lar olib boradi. Urush Bobil, Sippar, Nippur va boshqa sha-
216
harlarni elamliklar tomonidan bosib olinishi bilan tugadi. Bu
davr Elamning gullab-yashagan davri edi. Elam davlatining
hududi Eronning o‘zida hukmronligi janubda Fors qo‘ltig‘i-
gacha, shimolda Hamadon shahrigacha cho‘zilgan. Mil.avv.
VIII asrda Elam Bobil va Osuriyaga qarshi urushlar olib bor-
di hamda mil.avv. 720-yilda Elam qo‘shinlari Der yonidagi
jangda
osuriyaliklarga kuchli zarba berdi. O‘n yil o‘tgandan
so‘ng Osuriya podshosi Sargon II Elamga bostirib kirib, uning
qo‘shinini yanchib tashladi.
Mil.avv. VII asrda ham Elam Osuriyaga qarshi kurashda
Bobilga bir necha marta yordam berdi. Ashshurbanipal Elam-
ga olti marta yurish qilib, Elam shaharlarini vayron qildi. Elam
Osuriyaga rasman bo‘ysundirildi. Osuriyaning halokatidan
so‘ng, o‘zaro urushlar girdobida qolgan Elamni Midiya bosib
oldi. Ke yinchalik midiyalik mil. avv 549-yil atrofida Elam forslar
tomonidan bosib olinib, o‘z mustaqilligini abadiy yo‘qotdi.
Qadimgi manbalarda Elam – xatamti deb aytiladi. Elam ning
eng muhim viloyatlari Baraxishi, Simashki, Anshan, asosiy sha-
harlari Avan (bu shahardan elam hukmdorlari kelib chiqqan.
Shumer hujjatlari Mesopotamiyaning Elam bilan savdo aloqa-
lari mil.avv. III ming yillikdan o‘rnatilgani to‘g‘risida ma’lumot
beradi. Elamdan shumer shaharlari qimmatli yog‘och, kumush
va mis olib ketganlar, tariq va metall eksport qilganlar. Elam-
da hunarmandchilik mil.avv. II ming yillikdan yuqori daraja-
da rivojlanadi, hujjatlarda quruvchi, duradgor, kulol va novvoy
kasblari keltiriladi. Podsho yerlari, ibodatxona xo‘jaligi va uy
xo‘jaligida mil.avv. II ming yillikdan boshlab qul mehnatidan
foydalaniladi.
Qadimgi Elamda shakllangan davlat boshqaruvi mavjud
bo‘lgan. Podsho sukkalmax («buyuk elchi») unvoni bilan Suza-
dan turib davlatni boshqaradi. Davlatni boshqarishda yordam
bergan podshoning kenja ukasi sukkalom («elchi») deb atalib,
Simash (elam tilida Nishanki) shahrini qarorgoh qilib, Elam va
Simashni boshqaradi. Kichik viloyatlarni «otalar» («adda») bosh-
qaradilar. Hukmdor dunyodan o‘tgach, uning o‘rniga podsho-
ning ona urug‘idan jiyani yoki singlisining o‘g‘li taxtga o‘tirgan.
Elam podsholari oilasida bo‘lg‘usi hukmdorlar o‘z singillari bi-
lan turmush qurganlar (levirat). Podsho vafot qilgach, uning
ukasi akasining beva ayoliga uylanib, podsho bo‘lish huquqiga
ega bo‘lgan. Mil.avv. XIII asrdan boshlab podsholik taxti ota
217
urug‘i bo‘yicha podshodan uning katta o‘g‘liga meros bo‘lib o‘ta-
digan bo‘ldi.
Elamda mil.avv. III ming yillikda qishloq dehqon jamoasi
asosiy iqtisodiy-ijtimoiy tashkilot shakli edi. Qishloq jamoasi-
ga qon-qarindoshligidan qat’iy nazar yerga jamoa egalik qilib,
jamoa tarkibiga barcha erkin kishilar kirar edi. Jamoa xalq
yig‘inida saylangan oqsoqol tomonidan boshqarilgan. Xalq
yig‘ini va ular saylagan vakolatli kishilar mulkiy muammolar-
ni va boshqa muammoli masalalarni hal qilib, jinoyatchilarni
sud qilganlar. Mil.avv. II ming yillik boshlarida qishloq jamoa-
lari mulkiy tabaqalanish natijasida yemirila boshladi. Yer boy
oilalar qo‘lida to‘planib, qaram dehqonlar paydo bo‘la boshladi.
Elamda jamoa yer egaligi o‘rniga xususiy xo‘jalik, podsho va
ibodatxona xo‘jaliklari paydo bo‘ldi.
Elam o‘zining uch ming yillik tarixi davomida yuksak madani-
yatni yaratdi. Elamliklar mil.avv. III ming yillik boshlarida pik-
tografik (rasm) yozuvni yaratdilar. U 150 belgidan iborat bo‘lib,
ko‘pincha xo‘jalik hujjatlarini yozishda 400 yil davomida foyda-
lanib kelindi. Yozuv takomillashib borib, mil.avv. III ming yillik-
ning ikkinchi yarmida Elamda 80 belgili chiziqli yozuv vujudga
keldi. Bu yozuvda siyosiy matnlar bitilgan.
Elam jamiyati rivojlangan diniy e’tiqodga ega bo‘lgan. Mil.
avv. XXIII asrga bir matnda Elamning 37 ilohlari nomlari kel-
tirilgan. Iloh va ma’budalarga bag‘ichlab hashamatli ibodat-
xonalar qurilgan. Elamning diniy markazi Suza shahri bo‘lib,
bu shaharning homiysi xudo Inshushinak edi. Dastlab Elam
xudolari panteonida «ulug‘ ma’buda», xudolar onasi ma’buda
Pinekir birinchi o‘rinda turgan. Bu Elam jamiyatida matriarxat
an’analarining ustuvor bo‘lganini ko‘rsatadi. Keyinchalik xudo
Xumban yetakchi mavqyeini egallaydi. Quyosh xudosi Naxunta
kunning yaratuvchisi hisoblangan. Ibodatxona, zikkuratlar qu-
rilib, ularda ilohlarning haykallari qo‘yilgan.
Elam uch ming yil ichida yuqori darajada shakllangan san’at
yaratdi. Elam xum va ko‘zalari geometrik chiziqlar, qushlar
va mavjudotlar va odamlarning geometrik shakldagi tasvirlar
bilan bezatilgan. Muhrlarda grifonlar (yirtqich qush), qanot-
li sherlar va devlar, tosh ko‘zalarda yirik qoramol, qushlar va
yovvoyi hayvonlar tasviri tushirilgan. Elamda haykaltaroshlik
san’ati rivojlangan bo‘lib, ilohlarning haykallari oltin, kumush
va jezdan ishlangan. Malika Napirasuning 1800 kg vaznli jez
218
haykali Elam san’atining noyob namunasi hisoblanadi. Elam
haykaltaroshlik san’atida Bobilning ta’siri seziladi.
Elamliklar mohir me’morlar bo‘lib, jamoa inshootlari, mudo-
faa devorlari qurganlar. Elam me’morchiligining eng katta yod-
gorligi bu – Suza shahridan 30 km masofada bo‘lgan Dur–Un-
tash shaharida qurilgan zikkuratdir (mil.avv. XIII asr). Zikku-
ratga kirishda sherlar, buqalar, kalxatlar, oltin va kumushdan
quyilgan xudo va podsholarning haykallari qo‘yilgan. Zikkurat-
ning pastki qavati tomonlarining uzunligi 105 metrga teng. Zik-
kurat 7 darvozaga ega bo‘lib, 4 qavatli edi. Inshootning umumiy
baland ligi 42 metrni tashkil etadi. Uning qurilishiga millionlab
g‘isht, yuz minglab toshlar ishlatilgan. Zikkurat xarobalaridan
fransuz arxeologlari metall, marmar va shishadan yasalgan
ko‘plab bag‘ishlov ko‘zalarini hamda yuzlab podsho yozuvlarini
topdilar. Dur-Untash shahri mil.avv. VII asrda Elamga bostirib
kirgan Osuriya qo‘shinlari tomonidan vayron qilingan. Elam
madaniyati qo‘shni xalqlarning madaniyatlariga hayotbaxsh
ta’sir qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |