Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

5. Karfagenning siyosiy tuzumi. Karfagenning siyosiy tu-

zumi eng boy savdogar – hunarmand, katta yer egalari bo‘lgan 

Karfagen oilalarining tor guruhi manfaatlarini aks ettiradigan 

oligarxiya edi.Biror-bir zodagon oilaning hokimiyatni bosib oli-

shiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kengashlarda qatnashadigan oli-

garxlar doimiy ravishda bir-birlari bilan raqobat qildilar. Kar-

fagenning ichki siyosiy hayoti tarixi hokimiyatni bosib olish 

uchun oliy tabaqa zodagon guruhlari o‘rtasidagi doimiy ku-

rashdan iborat edi. Mil.avv. VI asr o‘rtalarida dastlab lashkar-

boshi Malx Karfagenda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Keyin esa zo-

dagon Magon oilasi qariyb 50 yil davomida hokimiyat tepasida 

turdi. Karfagen oligarxiyasi mil.avv.V asr o‘rtalaridagina Magon 

oilasining hukmronligini yo‘q qilib, o‘z «respublika» boshqaruvi 

tiziminini o‘rnatdi.




183

 Karfagenda mil.avv. V–IV asrlarda birdaniga ikki sufet bir 

vaqtda bir yil muddatga saylanib, ijroiya va sud hokimiyatini 

boshqarganlar. Bu lavozim G‘arbiy O‘rtayer dengizidagi bosh-

qa  finikiya  shaharlarida  ham  mavjud  bo‘lgan.  Sufetlar  zoda-

gonlarning 104 kengashi oldida hisobot berganlar. Odatda, 

sufetlar Karfagenning oqsuyak – zodagon Magonlar, Barkidlar 

oilalaridan chiqqan. Sufet lavozimi beg‘araz bajarilgan. Barcha 

davlat ishlarini 30 lar kengashi va 300 a’zodan iborat oqsoqol-

lar kengashi hal qilgan. Oliy nazorat organi 104 lar kengashi 

bo‘lib, u sudyalik vazifalarini ham bajargan. Karfagenning xalq 

yig‘ini ahyon-ahyonda chaqirilgan. U siyosiy hayotda sezilarli 

ahamiyatga ega emas edi.Faqat oliy magistratlar orasida ke-

lishmovchiliklar chiqqan paytda xalq yig‘ini o‘z hokimiyatini 

namoyon qilib, o‘z takliflarini ham ilgari surgan. Magistratlar 

«oqsuyaklik va boyjik» tamoyili asosida saylangan. Karfagen si-

yosiy hayotida poraxo‘rlik va korrupsiya keng tarqalgan. 

Mil.avv. V asr ikkinchi yarmidan – III asr o‘rtalarigacha Kar-

fagen O‘rtayer dengizi g‘arbidagi eng qudratli davlat bo‘lib,  

uning qudratining asosi yuqori rivojlangan iqtisodiyot, dina-

mik ijtimoiy tuzilish, oligarxiyaning barqaror tizimi edi. Karfa-

genning boy savdogar-hunarmandlari va kema egalari O‘rtayer 

dengizi g‘arbi va Shimoliy Afrikada faol tashqi savdo bilan 

shug‘ullandilar. Ahmoniylar Eroni va Rim bilan bir necha sav-

do shartnomalari tuzildi. Karfagen G‘arbiy O‘rtayer dengizi 

havzasida o‘z mytlaq hukmronligini ta’minlash maqsadida faol 

tashqi siyosat olib bordi. U etrusklar bilan ittifoq bo‘lib, mil.

avv. 535-yil yunonlarning dengiz flotini Alali oroli yonida tor-

mor qildi. Natijada Karfagen G‘arbiy O‘rtayer dengizi savdosida 

to‘la hukm ron bo‘ldi. Lekin mil.avv. 480-yilda yunonlardan Gi-

mera yonida mag‘lubuiyatga ushrab, g‘arbda yunonlarga qar-

shi urush harakatini uzoq vaqt to‘xtatishga majbur boldi. Mil. 

avv. V asr o‘rtalaridan Karfagen Sitsiliyani egallash uchun yuz 

yil davom etgan kurashni boshladi. Mil. avv. III asr boshlarida 

Sirakuzadan tashqari butun Sitsiliya oroli Karfagen tasarrufi-

ga o‘tdi. Ammo mil. avv. III asrning 60-yillariga kelib, Karfagen 

G‘arbiy O‘rtayer dengizi havzasida hukmronlik uchun Rim bi-

lan keskin kurashga kirishdi. Sitsiliya uchun raqobat birinchi 

Rim-Karfagen urushiga (mil. avv. 264–241-yillar) olib keldi. Mil.

avv. III–II asr o‘rtalarida Rim-Karfagen o‘rtasidagi uch urush 

(Puni urushlari) natijasida Karfagen batamom tor-mor qilinib, 



184

uning hududi Rim Respublikasining Afrika provinsiyasiga 

aylantirildi (mil.avv. 146- yil). 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish