Finikiyaning boshqa koloniyalari markaziga aylandi. Finikiya
metropoliya bilan siyosiy aloqalarning zaiflashuvi.
2. Yunonlarning Janubiy Italiya va G‘arbiy O‘rtayer dengizini
siya) va hamkorlikni kuchaytirish ehtiyoji.
180
Mil.avv. VII asr o‘rtalarida Karfagen Shimoliy Afrikadagi rivoj-
langan hunarmandchilik markazi, Markaziy O‘rtayer dengizi-
ning ko‘p havzalarini savdo munosabatlari bilan bog‘lagan eng
yirik Finikiya koloniyasiga aylandi. Shahar hududi va aholi-
si tez o‘sib ketdi. Karfagenning qulay tabiiy gavani kemalarga
mo‘ljallangan sun’iy gavan qurish hisobiga kengaydi.
Karfagen shahar-davlat doirasidan chiqib, G‘arbiy O‘rtayer
dengizi havzasining katta davlatiga aylandi va faol tashqi siyo-
sat olib bordi. U G‘arbiy O‘rtayer dengizining boshqa qismlarida
o‘z koloniyalarini barpo qila boshladi. Shu bilan birga, bu yerda
mavjud bo‘lgan Finikiya koloniyalari ustidan o‘z rahnamoligini
o‘rnatdi. Karfagenning Afrikadan tashqaridagi birinchi koloni-
yasi Ispaniya yaqinidagi Pitius orollaridagi Ebes (mil.avv. VII
asr o‘rtalari) bo‘ldi. Ebesni tayanch nuqta qilgan holda Karfa-
gen Ispaniyaga kirishga yo‘l bermayotgan Finikiya koloniyasi
Gadesni tor-mor qilib, mil.avv. VII–VI asrlarda Pireney yarim
oroli janubiga o‘rnashdi. Yunonlar Karfagenni Ispa niya sharqiy
qirg‘og‘ida o‘rnashib qolishiga yo‘l bermadilar. Karfagen Sitsi-
liyada faol harakat qilib, orol g‘arbidagi Finikiya koloniyalari-
ni o‘z nazorati ostiga oldi. Karfagen mil.avv. VI asr o‘rtalariga
kelib, Ispaniyadagi mulklari bilan Janubiy Sitsiliyaning g‘ar-
bi, Pitius orollari va Shimoliy Afrikagacha cho‘zilib ketgan yirik
davlat birlashmasi markaziga aylandi.
Karfagen mil.avv. VI asr oxirida Yaqin Sharqda o‘zgargan
xalqaro ahvoldan yaxshi foydalandi. Bu vaqtda Old Osiyoda
o‘tmishda qudratli bo‘lgan Osuriya, Misr kabi davlatlar zaif-
lashib qoldi. Yangi qudratli davlat Ahmoniylar Eroni butun
Old Osiyoda va Shimoliy Afrikada o‘z ta’sirini o‘tkaza boshla-
di. Karfagen Ahmoniylar Eroni bilan aloqa o‘rnatdi. Bu aloqa
Karfagen uchun noqulay bo‘lsa-da, lekin Karfagen Sitsiliya
va uning janubiy qismini, Janubiy Italiya, Korsika va Sardi-
niyani yunon shaharlariga qaram bo‘lishiga qarshi faol siyosat
olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mil.avv. VI asr o‘rtalarida
Karfagen Markaziy Italiyadagi etrusklar bilan do‘stona shart-
noma tuzdi. Mil.avv. 535-yilda Karfagen–etrusklarning birlash-
gan floti Korsika yonidagi Alali jangida yunon flotini yanchib
tashladilar. Karfagen Sardiniya janubini egallashga muvaffaq
bo‘ldi. Natijada yunonlarning Ispaniyaga ta’siri kamaydi. Mil.
avv. V asrda Bolqon yarim orolida yunon shahar-davlatlari-
ning zaiflashuvi natijasida Kichik Osiyoning g‘arbidagi barcha
181
yunon shahar-davlatlari Ahmoniylar Eroni ta’siri ostiga tushib
qoldi. Ahmoniylar Yevropa tomon yurish qilib, Bolqon yarim
oroliga ham bostirib kirdi. Mil.avv. V asrda Eronning Yuno-
nistonga bostirib kirishidan foydalangan Karfagen qulay payt
poylab, Sitsiliyadagi yunon shaharlariga hujum qildi. Hujum
muvaffaqiyatsiz chiqdi. Oqibatda Karfagen Sitsiliyaning g‘arbi-
da o‘zining bir necha shaharlarini zo‘rg‘a saqlab qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: