Uo‘K 35. 9: 632. 9(575. 12) Kbk 42. Z—74



Download 112,94 Kb.
bet25/26
Sana28.06.2022
Hajmi112,94 Kb.
#715570
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
кўксидла

9-jadval
Mevali va manzarali o'simliklarda tarqalgan koksidlarning
entomofaglari


Xo

Entomofag- larning turlari

Entomofaglar zararlovchi koksidlar

Terak qabariq qalqondori

Tol na- matsimon qurti

Akatsiya soxta
qalqondori

Burishgan soxta
qalqondor

I

Oila Coccoinellidae




1

Chilocorus bipustulatus (L).

+

+







2

Hyperespis sp.




-







II

Oila Aphelinidae




1

Aphytis proclia (Wlk)

+

+

+

+

2

Coccophagus lycimnia (Wlk)

-

-

+

+

III

Oila Encyrtidac




1

Pseudaphycus malinus (Gah)

-

+

-

-

2

Blastotrix britannica turanica Sugn.

-

-

+

+

3

Microterys hortulanus Erd.

, -

T

+

+

4

Metaphycus melanostomatus (Timb)

-




+

+


Bular ichida Afclcnidlar oilasi va Ensertidlar oilasiga man- sub 14 tur tekinxo‘rlar va koksinellidlar, xomosemidlar oilasiga


106




mansub 6 tur yirtqichlar aniqlangan. Entomofaglar ichida sama- rali turlar giperaspis qo‘ng‘izi (Hyperaspis sp.), leukaspis (Leu- copis annulipes Ztt.) kabi yirtqichlar pista yostiqsimon qurti sox- taqalqondorini 80% ga qadar zararlashi, aniqlangan. Shuningdek, olxo'ri soxtaqalqondorini Microterys hortulanus Erd. 84% gacha zararkunandalami zararsizlantiradi, Blastotrix turanica Sugn. esa turon soxtaqalqondorini 31% gacha zararlashi, shuningdek, yirtqich va tekinxo‘rlami entomofaglami 5 turi haqida biologik ma'lumotlar beriladi (3okhpob, 1972).
Koksidlarga qarshi kurashda o‘simliklarning o‘sish paytida, daraxt gullashidan oldin yoki gullagandan so‘ng, o‘sish paytida ishlovni yiliga 2 martadan oshmagan holatda, hosilni yig‘ib olish- dan 40 kundan kam bo‘lmagan vaqtda Bl-58 (yangi) 40% em.k. (BASF. Germaniya 31.12.2019-y.), Nugor 40% em.k. (“UPL Zizaat ve Kimya San. Ve Tic Ltd Sti” Turkiya. 31.12.2019-y.) preparatlari (qalqondor va soxtaqalqondorlarga 0,8-2,0 ga/1, unsimon qurtlarga 1,2-3,0 ga/1, sitrus ekinlarga 3,0 ga/1 hisobida) bilan ishlov berish yaxshi natija beradi. Binafsharang qalqondoriga qarshi Agrovital 23% s.e.k. (“Seletex Limited” XXR 31.12.2018-y.) 1,2-3,0 ga/1 miqdorida ishlov berilsa, hosilni saqlab qolishda ahamiyati katta hisoblanadi (Y36eKHCTOH PecnySjiHKacn khiwiok xyacajiHrn/ia ycHMJiHK aapapKyHaH^ajiapn, KacajuiHKJiapnra Ba Serona yraapra Kapmii (jioiiAaJiaHHHi yuyH pyxcaT 'iTHjiran khmcbhh Ba Ohojiothk x,hmoii BOCHTajiapH, ,2je({)OJiHaHTJiap x,aM/ia ycHMJiHKJiapHHHr ycHuiHHH OoiHKapyBHH BOCHTanap pynxaTH, 2016).
Hasharotlar million yillar muqaddam tabiatda o‘zlariga yashash uchun mos hududlami, ozuqa o‘simliklarini tanlab olishgan. Yillar davomida ularga qarshi turli usullarda kurash olib borilishiga qara- masdan o‘simliklarga keltiradigan zarari butunlay yo‘qotilmagan.
Sobiq ittifoq davrida kimyo sanoatining kuchli rivojlangan- ligi turli kimyoviy mahsulotlar bilan birga hasharotlarga qarshi


107




preparatlar ishlab chiqilgan, kishilar tabiatda kimyoviy vositalar- dan foydalanib, ulami kamaytirishga harakat qilgan. Olib borilgan kurashlar ancha samarali ta'sir yetgan bo‘lsa, keyinchalik hasha- rotlar ham bu kurashda mag‘lub bo‘lmaslik uchun tanasida zaharli moddalarga qarshi maxsus moslanishlar hosil qilgan. Oqibatda ha- sharotlarning zaharli moddalarga bo‘lgan turg‘unligi ortib borgan. Undan tashqari, zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar o‘sha joyning ekologik muhitiga salbiy ta’sir etib, suvda ham ekinlarda ham uchraydigan bo‘lib kctgan. Hasharotlarning za- harli moddalarga bo‘lgan turg‘unligi tez orada hosil bo‘lgan. Zahar- li dorilarni hasharotlarning biologik xususiyatlarini hisobga olmas- dan sepish ham kutilgan natijani bermagan, shu sababli keyinchalik zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash choralari ishlab chiqila boshlangan. Bularga qarshi kimyoviy, fizik, mcxanik kurash cho- ralariga qo‘shimcha tekinxo‘r va yirtqichlardan foydalanish usullari ishlab chiqildi. Hozirgi paytda hasharotlarga qarshi qo‘llanilayotgan kurash choralari barchasidan qo‘llanilishi kutilgan natijani ber- maganligi sababli ularga qarshi integrallashgan kurash choralari qo‘llanilmoqda.
Ma'lum hududda tarqalgan o'simlik yoki hayvonlarning har qanday turi ayni joyda son jihatdan ko‘payishi ularning zararliligi- ni ko‘rsatadi. Masalan, turli yo‘llar bilan Toshkentga kelib qolgan komstok qurti tez orada ko‘payishi oqibatida butun O‘zbekistondagi mcvali va manzarali o‘simliklarni ashaddiy kushandasiga aylandi. Shu sababli zararkunanda hasharotlarni qirish emas, ular sonini ma'lum nisbatlarda ushlab turishlik qarshi kurashning eng muhim vazifasi sanaladi.
Zararkunanda hasharotlarga qarshi olib borilgan kurash cho- ralaridaba'zi kamchiliklar sodirbo‘lgan, jumladan, bu hasharotlarga qarshi yoppasiga kimyoviy kurash choralariga e'tibor kuchaytirili- shi oqibatida ularga qarshi qo‘llanilayotgan kimyoviy preparatlarga


108




asta-sekin moslashuvi natijasida ulaming nobud bo‘lmaslik hollari ko‘zga tashlanadi. Undan tashqari, kimyoviy kurash choralari ha- sharotlar orasidagi tarixiy o‘zaro bogUanishni ham buzilib ketishiga ko‘proq zararkunandalaming saqlanib qolishiga olib kelgan. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga e'tibor kuchayganligi natijasida ham zararkunanda hasharotlaming ko‘payib kctishiga va atrof-muhitga tarqalib ketishiga imkon yaratadi. Shu sababli xo‘jaliklarda ekin- laming almashlab ekish tamoyiliga doimo amal qilish talab qilinadi.
Kimyoviy kurash choralari kutilgan natijani bermasligi tufayli endilikda zararkunanda hasharotlaming biologik xususiyatlarini hi- sobga olgan holda tanlab ta'sir etuvchi kimyoviy preparatlar ishlab chiqarish lozim. Zararkunanda hasharotlar jumladan, koksidlarga qarshi kurashda ularning tekinxo'r va yirtqichlaridan foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Ushbu usul qo‘llanilganda avvalo atrof-muhitni turli kimyoviy zaharli moddalar bilan ifloslanishining oldi olinadi. Tabiatdagi turli organizmlar oTtasidagi bogTanishlarga halal berilmaydi.
Yurtimizga chetdan olib kelinayotgan turli materiallarni sinch- kovlik bilan kuzatish turli o‘simliklar, ko‘chatlar, urugTiklar va oziq-ovqat mahsulotlarini jiddiy karantin inspeksiyasidan o'tkazish masalalariga alohida e'tibor berish lozim.
Koksidlarga qarshi kimyoviy kurash choralarini qoTlashda, ulaming rivojlanishidagi eng nozik lichinkalik davrini aniqlash va ularga qarshi turli kimyoviy preparatlardan foydalanish yaxshi nati- jalar beradi.
Hozirgi paytda mevali bogTarda tobora keng tarqalayot- gan kaliforniya qalqondoriga qarshi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik ximoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarning o‘sishini boshqamvchi vositalar ro‘yxatiga kiritilgan preparatlardan


109




foydalanish orqali qalqondorlar sonini ancha kamaytirishga erishish mumkin. Zararkunanda hasharotlar, jumladan, koksidlarga qar- shi kurash choralarini qo‘llash hozirgi vaqtda jamoa xo'jaliklari o‘rnida fcrmcr xo‘jaliklari tashkil topganligi, ularning yerlari dcyarli bir-birlariga tutash hamda bu xo'jaliklar ycrlariga turli ekinlar ekilayotganligi sababli endilikda har bir fermer xo‘jaligi yeri, ekin xillariga mos bo'lgani, kichik-kichik maydonlarda ha- sharotlarga qarshi agrotexnik, fizik, kimyoviy, biologik kurash choralaridan cng ma'qulini tanlashi talab qilinmoqda. Shu sababli fermer xo‘jaliklarida zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning integrallashgan usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Yuqori- dagi fikrlarni inobatga olgan holda quyidagi tavsiyalar beriladi:

  1. Koksidlami tez sur'atlar bilan ko‘payishining oldini olish uchun: bog‘larda kuzgi shudgor o‘z vaqtida o‘tkazilishi, yemi to‘yintirib sug‘orish, daraxtlarga shakl berish qish faslining oxirgi oylarida o‘tkazilishi kerak.

  2. Mevali bog'larda dastlabki agrotexnik tadbirlar kurtaklar yozilgunga qadar amalga oshirilishi kerak.

  3. Barcha zararkunanda koksidlarga samarali kurash yo‘llaridan biri ularning biologik xususiyatlarini puxta o‘rganish, hayotidagi zaif davrlarini aniqlash hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan qaralgan- da, ularga qarshi kurash samaradorligi bu hasharotlarning eng nozik davri tuxumlardan lichinkalar chiqqan davri hisoblanadi, bu davr odatda bahor mavsumida mart oyining ikkinchi va uchinchi hamda aprel oyining birinchi dekadasida, kuz oylarida esa sentabr, oktabr oylariga to‘g‘ri keladi.

  4. Adabiyotlarda koksidlarga qarshi kimyoviy kurash choralari uchun koksidlarga qarshi kurashni mart oyining ikkinchi va uchin- chi dekadalarida hamda sentabr va oktabr oylarida BI-58 (yangi) 40% em.k. - 0,8-2 1/ga, brend novo‘y 40% em.k. 0,8-2,0, Fufanon 57% em.k. (5) -1,0-3,0 kabi preparatlarini ko‘pi bilan 2 marta foy-


110




dalanish yaxshi samara berishi ko‘rsatiladi. Shu sababli bizningcha beresklet qalqondoriga qarshi kurashish aprel oyining ikkinchi va uchinchi hamda avgust oyida kurashish yaxshi samara bersa, tol na- matsimon qurtiga qarshi kurashni mart oyida va iyulning uchinchi dekadasida hamda avgust oyining birinchi dekadasida o‘tkazilishi. maqsadga muvofiq bo‘ladi.

  1. Kimyoviy kurash choralari ham koksid turlari, ulami rivojla- nish davrlari, hayotining eng zaif davri bo'lgan lichinkalar yoppa- siga chiqadigan kunlarda qo‘llash tavsiya qilinadi.

  2. Olma bog'larida kimyoviy zaharlami yoppasiga emas, balki, zararkunanda koksidlar ko‘p tarqalgan o‘choqlardagina qo‘llash lozim deb hisoblaymiz.

Integrallashgan kurash choralarini qo‘llash esa, o‘z navbatida xo‘jaliklarda ekilgan o‘simliklar xili, ularda tarqalgan hasharot- lar turlari, bu hasharotlaming biologik xususiyatlarini o‘rganishni talab qiladi. Shu sababli bu hasharotlarga qarshi samarali kurash choralarini qo‘llash, ulaming tuzilishi, biologik xususiyatlarini aniqlashni taqozo qiladi.


111


XULOSALAR




"Farg'ona vodiysi koksidlari (Homoptera: Coccinea) faunasi, morfologi- yasi va ekologik xususiyatlari" mavzusidagi monografiya ishi bo 'yicha olib bo- rilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar taqdim etildi:


  1. Farg'ona vodiysining mevali va manzarali o ‘simliklarida uchrovchi kok- sidlarningfaunasi 9 oila, 41 avlodga mansub 55 turdan iborat ekanligi aniqlan- di. Shulardan Pseudococcus vovae Nass., Gossyparia salicicola Borchs., Adis- codiaspis tamaricicola Mal., Chionaspis salicis (Lind.) kabi turlar Farg'ona vodiysi koksidofaunasi uchun ilk bor qayd etildi.

  2. Koksidlar ozuqa o'simliklariga ixtisoslashuviga ko'ra, tahlil etilib, ularning monofag, oligofag va polifag guruhlari aniqlandi. Shular asosida ularning tarixiy rivojlanish jarayonidagi o ‘rni va ahamiyati hamdayangi turlar hosil ho ‘lishdagi imkoniyatlari izohlab berildi.


  3. Download 112,94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish