KOKSIDLARNING MEVALI VA MANZARALI
DARAXTLARGA YETKAZADIGAN ZARARLARINI
KAMAYTIRISH VA ULARGA QARSHI KURASH
USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash oziq ovqat xavfsizligi bo'yicha hukumatimiz tomonidan olib borilayot- gan islohotlarning asosiylaridan sanaladi.
Ma’lumki, insonlarning oziq-ovqatga bo‘lgan talabi - boshqa- riladigan tizimlarda, ya'ni turli qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi jamoalar ixtiyoridagi joylarda amalga oshiriladi. Bunday yerlardagi madaniy o'simliklardan rejadagi hosilni olishda ularga zarar yetkazuvchi omillardan biri hasharotlar hisoblanadi. Shu sababli, qishloq xo'jaligi sohasi xodimlari doimiy tarzda ek- inlarga zarar yetkazuvchi hasharotlarga qarshi kurash olib borishi zarur bo'ladi.
Markaziy Osiyoda zararkunanda hasharotlaming entomofag- larini o'rganishga oid tadqiqotlarga uzoq yillar mobaynida e'tibor berilmay kelingan. Ushbu yo'nalishdagi dastlabki tadqiqotlar WYaxontov (1962) tomonidan amalga oshirilgan. Unda mual- lif, Buxoro okrugida qishloq xo'jaligi o'simliklariga zarar yetka- zuvchi entomofaglarning ro'yxatini keltirgan. Keyinchalik mazkur yo'nalishdagi tadqiqotlar asta rivojlanib, boshqa mintaqalarga tar- qalgan entomofaglarni ham o'rganish boshlangan.
P.P.Arxangelskiy tomonidan Toshkentdagi oranjereyalarda yumshoq soxtaqalqondorga qarshi tekinxo'r Coccophagus lycimnia (Wlk.) vositasida biologik kurash olib borgani uning tadqiqot nati- jalarida o'z ifodasini topadi (ApxaHrejibCKnii, 1953).
Muallif soxtaqalqondorlar bilan kuchli zararlangan o'simliklar saqlangan xonaga kokkofaguslami qo'yib yuborganda, tez orada bu
104
lckinxo‘rlar soxtaqalqondorlar sonini o'simliklarga zarar kcltirol- inaydigan darajada kamaytirib yuborganligini ko'rsatadi.
1946-yili O'zbekistonga Yaponiyadan keltirilgan tut ko'chati bilan xavfli zararkunanda hasharotlardan biri - komstok qurti kelib qolgan. Komstok qurtiga qarshi zudlik bilan olib borilgan kurash choralariga qaramay u tez orada Toshkent viloyatining turli tumanlariga tarqala boshlagan. Zararkunandaga qarshi biologik kurash choralarini qoTlash hisobiga sezilarli yutuqlarga ham erishilgan.
Komstok qurtiga qarshi biologik kurash choralarini qo'llash bo'yicha bir qancha olimlar, jumladan, professor R.O.Olimjonov komstok qurtining kushandalaridan biri yirtqich pashsha leukopis- ning biologik xususiyatlarini o'rgangan (Ojimm>kohob, 1946). Leu- kopis lichinkalari komstok qurti tuxumlari bilan oziqlanishi tufayli u bu hasharotlar sonini ko'p miqdorda kamaytirishi aniqlangan. Komstok qurti bilan zararlangan tutzorlar, bog'larga leukopisni ko'paytirib, tarqatish taklif qilingan. Komstok qurtining entomofag- larini o'rganishda A.N.Lujetskiy (1947), B.A.Sonina (1962) kabi tadqiqotchilar ham o'z izlanishlari natijalariga ko'ra bu qurtga qar- shi turli tekinxo'r va yirtqichlardan foydalanilish samaradorligini ko'rsatishadi.
1965-1980-yillarda Farg'ona vodiysi mevali daraxtlarga zarar yetkazuvchi koksidlar bo'yicha tadqiqotlar olib borgan K.Zokirov bu hasharotlarga zarar keltiruvchi tekinxo'r va yirtqich hasharot- laming Aphelinidae, Encyrtiidae, Coccinellidae, Chamaemyiidae oilalariga mansub 20 tur entomofaglar va ularning koksidlar sonini kamaytirishdagi samaradorliklarini aniqlagan. Olib borilgan tadqi- qotlar davomida koksidlaming entomofaglar bilan zararlanishi da- rajalari ko'rsatildi (9-jadval).
105
Do'stlaringiz bilan baham: |