Moyli urug‟larda juda ko‟p kimyoviy elementlar uchraydi. Makro- va mikroelementlaming mohiyati shundaki, ular biokimyoviy jarayonlami olib boruvchi fermentlar aktivligini oshiradi. O‟simlikning yaxshiroq o‟sishi uchun 10 ta element kifoya deb hisoblanadi (S, H, N, P, K, Ca, Mg, Fe, S). Ular quruq modda miqdorining 98-99% ni tashkil etadi. Shundan C-45%, 0-42%, H-6,5%, N-15%.
Bu elementlardan 6 tasi moyli urug‟laming kul tarkibida 90% ni P205, H20, CaO, MgO ko‟rinishida tashkil etadi. Bu elementlar makroelementlar deb ataladi. Ulaming asosiy vazifasi fermentlaming aktivligini oshirish hisoblanadi.
Fosfor - zahirasi
sifatida umg‟larda fitin moddasi bo‟ladi. Fosfor fosfolipidlar, vitaminlar, fermentlar, ATF tarkibida bo‟lib, energiya zahirasi hisoblanadi va uni o‟tkazishda ishtirok etadi.
Kaliy - o‟simlikda ion
holida bo‟lib, uning biologik roli izotoplaming radioaktivligi bilan belgilanishi mumkin.
Magniy -xlorofillar strukturasiga kirib, urug‟laming murtagi va po‟stida yig‟iladi, kaliy bilan birga fitin tarkibiga kiradi.
Kalsiy - sitoplazmaning kolloid-kimyoviy xususiyatlarini belgilaydi. Oksalat kalsiy holida ko‟p uchraydi. Fermentlar tarkibiga kiradi.
Temir - ayrim fermentlar tarkibiga kirib fotosintezda ishtirok etadi.
Oltingugurt - o‟simlik to‟qimalarida sulfat, disulfid sifatida oqsillarda va “V” vitaminda,
koferment “A” da uchraydi. Shuningdek tioglikozidlarda oltingugurt miqdori ko‟p.
Moyli urug‟laming mineral moddalari makroelementlardan tashkil topgan bo‟ladi. Ular
nisbatan katta konsentrasiyada, ya‟ni 100 g urug‟da 1 mg dan ko‟proq. Shuningdek 100 g urug‟da 1 mg dan kam miqdorda mikroelementlar (F, J, Cu, Th, Zn, Br, Al) mavjud. Urug‟laming to‟g‟ridan-to‟g‟ri tarkibiga kiruvchi mineral moddalar “Toza” kul deb ataladi. Ular urug‟lar va yog‟sizlantirilgan mahsulotning fiziologik qiymatini belgilaydi. Tarkibi aralashmalardan (birikmalardan) tashkil topgan kullar “Xom” kul deyiladi. Ular faqatgina tahlil qilinayotgan urug‟laming tarkibiga kimvchi mineral moddalardangina tashkil topmay, balki yonish paytida bog‟langan tuz ko‟rmishidagi uglevodorod dioksidi, uglevodorod zarrachalari, yonish paytidagi erigan tuzlar, shuningdek urug‟lar tarkibiga kirib kelgan begona ashyolar (chang, qum) dan tashkil topishi mumkin. (KADIROVA Z.X., ABDIKAYUMOV Z.A. NURIDDINOV B.S. “MOYLI EKINLARI MAHSULOTLARINI SAQLASH VA
DASTLABKIISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI” (Amaliy mashg‟ulotlami o‟tkazish bo‟yicha uslubiy qo‟llanma) TOShKENT-2014)
Do'stlaringiz bilan baham: |