Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA FRAZEOLOGIK KOMPETENTSIYANI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA FRAZEOLOGIK KOMPETENTSIYANI 
SHAKLLANTIRISH USULLARI 
To‘rayeva Sanobar Sulaymonovna, 
A.
 
Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti 
turayeva.sanobar@mail.ru. Telefon:91-412-98-38 
 
Annotatsiya: 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarining nutqini iboralar bilan boyitish 
boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalaridan biri. Iboralar nutqda tayyor holda qo‘llaniladi, o‘quvchi 
nutqini ta’sirchan va mazmundor qiladi. 
Kalit so‘zlar: 
frazeologik kompetensiya, iboralar, nutq, ona tili va o‘qish savodxonligi, amaliy 
mashq va topshiriqlar. 
“….Jajjigina Nozima oyisi aytgan gapdan ajablanib, hadeb atrofga alanglardi, o‘zicha nega oyim 
unaqa dedi deb, o‘ziga o‘zi savol berdi, “nega bahor eshik qoqayotgani eshitilmayapti?” yana atrofni 
diqqat bilan tinglashga harakat qildi….” 
“….E, siz uni bilmaysiz, alifni kaltak deydi-ku. Suhbatdoshining gapidan ajablangan ayol, 
tushunmay “Nega unaqa deyapsiz? “Alifni kaltak deydi” bu nima degani? Hayron bo‘lib qaradim, “35 
yoshga kirib bu ibora haqida eshitmaganmisiz?” dedim ajablanib, “Yo‘q” dedi”. 
Yuqoridagi ikki voqeaning shaxsan guvohi bo‘lganman. Ikkinchi hikoyada o‘zimga shu savolni 
berishgan. Xalqimizning noyob, o‘ziga xos, millat ruhi aks etgan iboralarni bilmaydigan, ulardan nutqida 
foydalanmaydigan kishilar jamiyatimizda ko‘pchilikni tashkil etadi. Birinchi holatda bola iborani ilk bor 


60 
eshitganligi uchun ajablansa, ikkinchi holat nutqiy savodsizlik naijasidir. Ayniqsa onalarda bu holat 
kuzatilsa, farzandlarga ham ta’sir etmay qo‘ymaydi. 
“Tilimizning milliyligini, bejirimligini ta’minlovchi vositalardan biri iboralar bo‘lib, voqelikni 
obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘z o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda iboralarning o‘rni 
beqiyosdir. Iboralar umuman olganda hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va 
nomaqbul harakat holatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan 
xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodasidir” [2.57] 
XXI asrda har bir davlat ta’lim tizimini zamonaviylashtirishga, uni o‘z milliy-etnik xususiyatlari 
bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilmoqda. Aynan shu jarayonda xalqning milliy-etnik xususiyati 
o‘quvchi ongiga o‘z ona tili orqali singadi. Chunki, millat ruhi uning ona tilida aks etadi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchiga ona tilining ilk xususiyatlari tizimli va aniq izchillikda 
o‘rgatiladi. Bu bosqichda ishlarni to‘g‘ri va tizimli tashkil etish o‘quvchiga adabiy til mohiyatini 
chuqurroq anglashga yordam beradi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning 
asosiy vazifasi

o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma 
shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirishdan iborat [1.17]. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning nutqiy savodxonligi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib 
turadi. O‘quvchilar nutqida iboralardan foydalanishi nutqni ta’sirchan va jozibador qiladi. 
O‘zbek tili iboralarga juda boy til. Iboralarning ko‘pligi nafaqat tilimizning boyligini, balki 
xalqimizning turmush tarzi, kundalik hayoti, nutq madaniyatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ham 
ko‘rsatib turadi. 
Ibora – tilimizning lug‘at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biridir. U ikki va undan ortiq 
so‘zning ko‘chgan ma’nolari asosida tarkib topgan lug‘aviy birlik bo‘lib xuddi so‘z kabi mustaqil 
ma’noni anglatadi. Masalan, x
amirdan qil sug‘urganday iborasi, “osonlik bilan”, “qiyinchiliksiz” 
ma’nosini, 
ko‘ngil bermoq iborasi “sevmoq” 
ma’nosini, 
qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan iborasi “yuvosh” 
ma’nosini bildiradi. [3.76]. 
Iboralar so‘z birikmasi yoki gap kabi har gal nutqning o‘zidagina yuzaga kelmaydi, balki ular, 
xuddi so‘zlar kabi tilda tayyor holda bo‘ladi. Shuning uchun iboralarni turg‘un birikma deb ataymiz. 
Chunki ibora tarkibidagi so‘zlarni ajratib bo‘lmaydi. Iboralar gapda bitta so‘roqqa javob bo‘lib, bitta 
bo‘lak vazifasida keladi. Demak, iboralar nutq hodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi: 
aravani 
quruq olib qochmoq, kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq, tomdan tarasha tushganday, kapalagi uchib ketdi 
kabilar tilda tayyor holdagi birliklardir. 
Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligiga kiritilgan matnlarning aksariyatida ikki va undan ortiq 
ibora uchraydi. O‘qituvchi matn tahlilida so‘z bilan birga iboralar lug‘ati ustida ishlashi lozim. Iboralar 
qanday ma’noni anglatib kelayotgani, nega ular ko‘chma ma’noda ekanligini, undagi so‘zlar bir-biriga 
yopishib qolganligi, og‘zaki nutqda undan foydalanish usullarini oq‘uvchiga tushuntirib borish shart. Shu 
bilan birga biz matematika va tabiiy fan darsliklarida berilgan matn va topshiriqlarda ham iboralarni 
uchratamiz. Bu darsliklarda berilgan iboralar ham o‘z vaqtida izohlanishi va o‘quvchining leksikonidan 
o‘rin egallashi kerak. 
O‘quvchi nutqini o‘stirish ishi bola maktabga birinchi qadam qo‘ygan kunidan boshlanadi. Nutq 
ko‘nikmalari izchil ravishda olib borilgan amaliy ishlar natijasidagina hosil bo‘ladi. O‘qituvchi nutqning 
ko‘rki – iboralardan o‘quvchilar nutqida samarali qo‘llashiga oid mashqlardan unumli foydalanishi kerak. 
Ibora nutq o‘stiruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanab, ular o‘quvchi lug‘at boyligining muhim 
qismi sanaladi. Ibora leksikologiya bo‘limida o‘rganilib, nutqimizni boyitadigan, go‘zallashtiradigan va 
ta’sirchanligini oshiradigan vositadir. O‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun ona tili va o‘qish savodxonligi 
mashg‘ulotlarida iboralarni o‘qitishda gapda berilgan so‘zlarni iboralar bilan almashtirish, ular ma’nosini 
sharhlash, ma’no darajalarining oshib yoki kamayib borishini taqqoslash kabi amaliy ishlardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 
U ishni oson bajardi. U ishni xamirdan qil sug‘urganday 
bajardi. Bu xushxabarni eshitgan onam juda xursand bo‘ldi. Bu xushxabarni eshitgan onamning chehrasi 
yorishdi. 
Misollarning birinchisida fikr sodda, oddiy qilib aytilgan bo‘lib, ikkinchisida esa fikr birinchisiga 
qaraganda ta’sirli, ifodali, obrazli qilib berilgan. Birinchi gapda ifodalagan ma’no darajasi, ikkinchi gapda 
yanada oshib boradi, ma’no kuchayadi. Bu gaplarning qiyosidan ko‘rinib turibdiki, iboralar qatnashgan 
gap so‘zlovchining maqsadini aniq, ta’sirchan qilib, so‘zlovchi va tinglovchining hayajonini qo‘zg‘aydi, 
kayfiyatiga ham ta’sir qiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarga iboralar lug‘atini tuzdirish, iboralarga zid 
ma’noli, muqobil yoki so‘z birikmalari tanlash kabi mashqlardan foydalanish, shuningdek, o‘quvchi 
badiiy asarni o‘qiyotganda uchraydigan shakldosh, ma’nodosh, zid ma’noli iboralar ma’nosi sharhlangan 
izohli lug‘at daftari tutsa, mazkur so‘zlar ishtrok etgan gaplar tuzsa so‘z boyligini oshirish va nutqiy 


61 
mahoratini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi tizimli mashqlar o‘quvchida 
frazeologik kompetensiyani shakllantiradi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish