60
eshitganligi uchun ajablansa, ikkinchi holat nutqiy savodsizlik naijasidir.
Ayniqsa onalarda bu holat
kuzatilsa, farzandlarga ham ta’sir etmay qo‘ymaydi.
“Tilimizning milliyligini, bejirimligini ta’minlovchi vositalardan biri iboralar bo‘lib, voqelikni
obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘z o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda iboralarning o‘rni
beqiyosdir. Iboralar umuman olganda hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va
nomaqbul
harakat holatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan
xulosalarning o‘ziga xos obrazli ifodasidir” [2.57]
XXI asrda har bir davlat ta’lim tizimini zamonaviylashtirishga, uni o‘z milliy-etnik xususiyatlari
bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilmoqda. Aynan shu jarayonda xalqning milliy-etnik xususiyati
o‘quvchi ongiga o‘z ona tili orqali singadi. Chunki, millat ruhi uning ona tilida aks etadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchiga ona tilining ilk xususiyatlari tizimli va aniq izchillikda
o‘rgatiladi. Bu bosqichda ishlarni to‘g‘ri va tizimli tashkil etish o‘quvchiga
adabiy til mohiyatini
chuqurroq anglashga yordam beradi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning
asosiy vazifasi
:
o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma
shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirishdan iborat [1.17].
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning nutqiy savodxonligi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib
turadi. O‘quvchilar nutqida iboralardan foydalanishi nutqni ta’sirchan va jozibador qiladi.
O‘zbek tili iboralarga juda boy til. Iboralarning ko‘pligi nafaqat tilimizning boyligini, balki
xalqimizning turmush tarzi, kundalik hayoti, nutq madaniyatidagi o‘ziga
xos xususiyatlarini ham
ko‘rsatib turadi.
Ibora – tilimizning lug‘at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biridir. U ikki va undan ortiq
so‘zning ko‘chgan ma’nolari asosida tarkib topgan lug‘aviy birlik bo‘lib xuddi so‘z kabi mustaqil
ma’noni anglatadi. Masalan, x
amirdan qil sug‘urganday iborasi, “osonlik bilan”, “qiyinchiliksiz”
ma’nosini,
ko‘ngil bermoq iborasi “sevmoq”
ma’nosini,
qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan iborasi “yuvosh”
ma’nosini bildiradi. [3.76].
Iboralar so‘z birikmasi yoki gap kabi har gal nutqning o‘zidagina yuzaga kelmaydi, balki ular,
xuddi so‘zlar kabi tilda tayyor holda bo‘ladi. Shuning uchun iboralarni turg‘un birikma deb ataymiz.
Chunki ibora tarkibidagi so‘zlarni ajratib bo‘lmaydi. Iboralar gapda bitta so‘roqqa javob bo‘lib, bitta
bo‘lak vazifasida keladi. Demak,
iboralar nutq hodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi:
aravani
quruq olib qochmoq, kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq, tomdan tarasha tushganday, kapalagi uchib ketdi
kabilar tilda tayyor holdagi birliklardir.
Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligiga kiritilgan matnlarning aksariyatida ikki va undan ortiq
ibora uchraydi. O‘qituvchi matn tahlilida so‘z bilan birga iboralar lug‘ati ustida ishlashi lozim. Iboralar
qanday ma’noni
anglatib kelayotgani, nega ular ko‘chma ma’noda ekanligini, undagi so‘zlar bir-biriga
yopishib qolganligi, og‘zaki nutqda undan foydalanish usullarini oq‘uvchiga tushuntirib borish shart. Shu
bilan birga biz matematika va tabiiy fan darsliklarida berilgan matn va topshiriqlarda ham iboralarni
uchratamiz. Bu darsliklarda berilgan iboralar ham o‘z vaqtida izohlanishi va o‘quvchining leksikonidan
o‘rin egallashi kerak.
O‘quvchi nutqini o‘stirish ishi bola maktabga birinchi qadam qo‘ygan kunidan boshlanadi. Nutq
ko‘nikmalari izchil ravishda olib borilgan amaliy ishlar natijasidagina hosil bo‘ladi. O‘qituvchi nutqning
ko‘rki – iboralardan o‘quvchilar nutqida samarali qo‘llashiga oid mashqlardan unumli foydalanishi kerak.
Ibora nutq o‘stiruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanab, ular o‘quvchi lug‘at boyligining muhim
qismi sanaladi. Ibora leksikologiya bo‘limida o‘rganilib, nutqimizni boyitadigan, go‘zallashtiradigan va
ta’sirchanligini oshiradigan vositadir. O‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun ona tili va o‘qish savodxonligi
mashg‘ulotlarida iboralarni o‘qitishda gapda berilgan so‘zlarni iboralar bilan almashtirish, ular ma’nosini
sharhlash, ma’no darajalarining oshib yoki kamayib borishini taqqoslash
kabi amaliy ishlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan,
U ishni oson bajardi. U ishni xamirdan qil sug‘urganday
bajardi. Bu xushxabarni eshitgan onam juda xursand bo‘ldi. Bu xushxabarni eshitgan onamning chehrasi
yorishdi.
Misollarning birinchisida fikr sodda, oddiy qilib aytilgan bo‘lib, ikkinchisida esa fikr birinchisiga
qaraganda ta’sirli, ifodali, obrazli qilib berilgan. Birinchi gapda ifodalagan ma’no darajasi, ikkinchi gapda
yanada oshib boradi, ma’no kuchayadi. Bu gaplarning qiyosidan ko‘rinib turibdiki, iboralar qatnashgan
gap so‘zlovchining maqsadini aniq, ta’sirchan qilib, so‘zlovchi va tinglovchining hayajonini qo‘zg‘aydi,
kayfiyatiga ham ta’sir qiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarga iboralar lug‘atini tuzdirish,
iboralarga zid
ma’noli, muqobil yoki so‘z birikmalari tanlash kabi mashqlardan foydalanish, shuningdek, o‘quvchi
badiiy asarni o‘qiyotganda uchraydigan shakldosh, ma’nodosh, zid ma’noli iboralar ma’nosi sharhlangan
izohli lug‘at daftari tutsa, mazkur so‘zlar ishtrok etgan gaplar tuzsa so‘z boyligini oshirish va nutqiy