Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARINING SIFAT VA SAMARADORLIGINI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARINING SIFAT VA SAMARADORLIGINI 
OSHIRISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
Yoqubova Bonuoy Alisher qizi, 
BuxDUPI 1-bosqich magistranti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sifat samaradorlikni oshirishda 
innovatsion metodlardan foydalanishning ahamiyati, fanlararo integratsiya, innovatsion metodlarni 
qo‘llashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, 
“Bingo”, “Bilag‘on “ metodlari tavsiya etilgan va ahamiyati asoslangan. 
Kalit so‘zlar: 
innovatsiya, metod, innovatsion usullar, pedagogik yangilik, texnologiya, 
integratsiya 
Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. 


56 
A. Avloniy 
O‘qituvchi innovatsion yondashuv asosida eng avvalo darsni to‘g‘ri va sifatli tashkil etishi 
lozimdir. Innovatsion faoliyatda dars jarayonida pedagogik texnologiya va pedagogik yangiliklar; 
o‘qitishning yangi usul va metodlarining yaratilishi va qo‘llanishi o‘quv jarayonining samarali va sifatli 
tashkil etilishini ta’minlaydi. 
Pedagogik yangilik – pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo‘lgan 
o‘zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantirish 
vositasidir. 
Pedagogik texnologiya – “pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan barcha shaxs, 
amaliy va uslubiy vositalarning tizimlashgan majmui va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi”. (Klarin 
M.V.) 
Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, 
o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkamlab, ularni amaliyotda 
erkin qo‘llash ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Bolaning tafakkuri endi shakllanib kelayotgan 
boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga 
mohirona tatbiq qila olishi, ta’limning yangi-yangi usul va metodlarini izlashi, pedagogik tajribalardan 
ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. 
Shuningdek, 
o‘quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, ta’limda 
pedagogik 
texnologiyalarni o‘rinli qo‘llash, turli innovatsion usul va metodlardan foydalanish, samaradorlikni 
oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. 
Ma’lumki, bugungi kunda dars jarayonida “Qora quti”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, 
“Videotopishmoq“, “Muzyorar” hamda ta’lim vositalari bo‘lgan grafikli organayzerlardan: “Nilufar 
guli”, “Baliq skeleti”, “Venn diagrammasi”, “BBB” texnologiyalaridan o‘quv jarayonini tashkil etishda 
foydalanilmoqda. Mazkur maqolada dars jarayonining samarasi va sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi 
yana bir nechta innovatsion metodni tavsiya qilamiz. “Bingo” interfaol o‘yini o‘quvchilar bilan guruh 
asosida ishlashga, mavzuning tezkor va puxta o‘zlashtirilishga xizmat qiladi. O‘yinning afzalligi 
quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 
1.
O‘quvchilarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi. 
2.
Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. 
3.
O‘tilgan mavzu o‘yin orqali o‘zlashtiriladi. 
“Bingo” metodini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
-
sinf o‘quvchilari bir nechta (5-7 ta) guruhga bo‘linadi; 
-
o‘tilgan mavzu bo‘yicha guruhlarga bir xil topshiriq beriladi; 
-
o‘qituvchi topshiriqni guruhlarga tarqatib, o‘yin shartini tushuntiradi; 
-
berilgan topshiriqqa qaysi guruh javob bersa, o‘qituvchi shu guruhga aytgan savolini topshiradi; 
-
qaysi guruh berilgan topshiriqni birinchi bo‘lib bajarsa, o‘yin g‘olibi bo‘ladi; 
-
birinchi bo‘lgan g‘olib guruh o‘yinda ishtirok etmay turadi va o‘yin 
g‘oliblari 
ketma-ket aniqlanib, ballar qo ‘yib boriladi. 
Bu interfaol metoddan faqat guruhda ishlash vaqtida emas, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, yangi 
mavzuni mustahkamlashda, umumlashtiruvchi, takrorlash darslarida ham foydalanish mumkin. 
Xulosamiz shuki, dars samaradorligini oshirishda o‘qitish metodlarini to‘g‘ri tanlash, ona tili fanining 
amaliy yo‘nalishidan kelib chiqib o‘ylab fikr yuritish hamda kreativlikni oshirish, o‘quvchilarni izlanish, 
ijodiy faoliyatga yo‘llash, til vositalarini tushungan holda hukm chiqarish va fikr-mulohazalarini himoya 
qilish, topshiriqlarni zavq bilan bajarish imkonini beradi. 
Bugungi kun bolalari telefon, planshet va kompyuterda ishlash ko‘nikmasiga ega. O‘quvchilarni 
darsga qiziqtirish, mavzuni puxta va chuqur o‘zlashtirishga ko‘maklashish ayni kundagi dolzarb 
masaladir, bunda bizga “Lepbuk“ metodi yordam beradi. Bunda o‘yin lahzasi hamda internetdagi o‘yin 
ichida o‘yin mavjud. “Lepbuk” inglizcha “Lapbook” so‘zidan olingan bo‘lib, tizza-kitobcha yoki qat- 
lam-kitob ma’nosini bildiradi. Lepbuk – tizimlashtirilgan va har xil dizaynlashtirilgan ma’lumotlarni o‘z 
ichiga olgan tematik yoki istalgan biror mavzuda o‘quvchilar uchun tayyorlangan interaktiv papka. 
Lepbuk o‘quvchilarga turli xil tabiiy hodisalar, narsalar, his-tuyg‘ularni aytib berish va ko‘rsatish uchun 
ajoyib imkoniyat! Kitob, shuningdek, turli xil ta’limiy o‘yinlar va jumboqlarni ham o‘z ichiga olgan. Bu 
kitobni ma’lum darsda qo‘llash boshqa fanlar bilan integratsiya uchun qo‘l keladi. Bundan tashqari kitob 
turli jumboq va sirlarga to‘la ko‘plab cho‘ntak, topshiriq, daftarlarga ega bo‘lib, ular o‘z navbatida yosh 
tadqiqotchilar va sirlilikni yoqtiruvchilarga juda ma’qul keladi. 


57 
1-rasm “Lepbuk” metodining tasviriy ko‘rinishi 
Jumladan, mavzuga doir ingliz tilida lug‘at uchun sahifa ajratsa bo‘ladi, o‘quvchilar diqqatini 
jamlash uchun “1 daqiqa ichida” o‘yini mavjud, bunda matematika, tabiat va kun yangiliklari borasida 
turli tezkor savol-javoblarni o‘tkazsa bo‘ladi. Bilag‘on lepbuk kitobiga zamon talabi bo‘lgan Xalqaro 
baholash tadqiqoti PIRLS yuzasidan matnlar va test namunalarini ham joylashtirsa bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, axborot-kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivojlanib 
borishi zamonaviy o‘qituvchi-pedagogning kompyuter texnologiyasidan xabardor bo‘lishi, tahlil qila 
olishi va yangilik yarata olish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishini taqozo qiladi. Buning uchun 
darsni tashkil etish jarayonida ko‘rgazmalardan foydalanish, texnik vositalarni dars jarayoniga tatbiq 
etish, ta’lim oluvchilarni mustaqil va ijodiy ishlashga undash va pedagogik texnologiyalardan samarali, 
maqsadga muvofiq foydalanish muhim va shart. Zero bir soat berilgan sifatsiz ta’lim kelajakka qilingan 
xiyonatdir. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish