1. Sangviniklar: kuchli, barqaror, harakatchan. Bunday kishilarda miya yarim sharlaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayoni kuchli bo‘ladi. Ular hayotda ishchan, quvnoq va ancha shashqaloq bo‘ladilar.
2. Flegmatiklar: kuchli, barqaror, kamharakat tip. Bu toifa odamlarda qo‘zg‘alishlar kuchli, barqaror, lekin harakatlar sekinlashgan bo‘ladi. Bunday odamlar tabiatiga ko‘ra tinch, osoyishta, xotirjam, sabr-toqatli va mehnatkash bo‘ladilar.
3. Xolyeriklar: kuchli, o‘ta qo‘zg‘aluvchan, beqaror. Bunday toifadagi kishilarda bosh miya yarim sharlaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari keskin bo‘lib, qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayonidan kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ular g‘ayratli, tez ta’sirlanuvchan va jizzaki bo‘ladilar.
4. Melanxoliklar: bo‘shang tip. Bunday odamlarda miyadagi qo‘zg‘alishlar kuchsiz, barqarorlashgan bo‘lib, ularda tormozlanishga moyillik kuchli bo‘ladi. Shuning uchun, ular g‘ayratsiz, hayotdan doimo nolib yuradigan, hafsalasiz kishilar bo‘ladilar.
Odamlar asab sistemasining turlari har xil bo‘lganligi tufayli ulardan bir xil xulqni, atrofdagilarga, buyumlarga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lishni talab qilib bo‘lmaydi. Bu insonlarning charchash darajasiga, normal ish qobiliyatining tiklanish vaqtiga ham bog‘liq.
Birinchi va ikkinchi signal tizimining rivojlanish darajasiga qarab kishilarni quyidagi 3 ta tipga ajratish mumkin.
1. San’atkor tip. Bu toifa kishilarda birlamchi signal tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular borliqni anglashda ko‘rish, eshitish va sezgilarga ko‘proq tayanadilar. Shuning uchun bu toifa kishilardan rassom, shoir, yozuvchi, musiqashunoslar ko‘proq chiqadi.
2. Fikrlovchi tip. Bu toifa kishilarda ikkinchi signal tizimi - anglash, fikrlash yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, ular borliqni anglashda ong-mulohazalariga ko‘proq tayanadilar. Shuning uchun bu toifa odamlardan matematiklar, faylasuflar, kashfiyotchilar ko‘proq chiqadi.
3. O‘rtacha tip. Bu toifa kishilarda birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir xil ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘pchilik odamlar shu toifaga kiradi.
Aqliy mehnatni bir necha turkumlarga bo‘lib qarash maqsadga muvofiqdir. Bular opyeratorlik ishlarini boshqarish, ijodiy, tibbiyot xodimlarining mehnati, o‘qituvchilar mehnati, o‘quvchi va talabalar mehnati sifatida tavsiflanishi mumkin. Masalan, opyeratorlik mehnati umumiy aqliy mehnat turlari ichida katta mas’uliyat talab qiladigan va nihoyatda ko‘p miqdordagi ma’lumotlarni o‘ziga jamlagan holda ma’lum echimga kelishni talab qiladigan mehnat turi hisoblanadi. Bu albatta inson organizmini asabiy zo‘riqishga olib keladi.
Dars jadvalining (kundalik va haftalik) to‘g‘ri tuzilishi charchoqning oldini olishda ta’sirchan vositadir. Olimlarning ta’kidlashicha, kecha va kunduz davomida kechadigan tabiatdagi o‘zgarishlar asosan quyoshning yerga nisbatan vaziyat o‘zgarishlari bilan bog‘liq va shuning natijasida u yerda nihoyatda muhim bo‘lgan biologik qonuniyatni vujudga keltirgan. Bu qonuniyatga ko‘ra yerdagi jami jonzotlar, jumladan inson tanasidagi biologik faollik ham sutka davomida taxminan M harfi shaklida kuchayib va susayib turadi. Kechasi sustlashgan biologik faollik tonggi soat 4 lardan boshlab ko‘tarila boshlaydi va ertalabki 7-8 larda eng yuqori darajaga ko‘tariladi. Bu holat soat 10-11 largacha saqlanadi, soat 12-14 gacha faollik susayib, soat 16-17 lardan u yana ko‘tarila boshlaydi va soat 20-21 largacha davom etadi. Soat 21 larda biologik faollik ancha susayib, soat 23 larda eng past darajada
bo‘ladi va tonggi soat 4 gacha davom etadi.bu davriylik hamma vaqt va abadiy davom etadi. Shuning uchun, inson o‘zining kundalik faoliyatini shu biologik tartibga mos tashkil qilsagina u yashaydi, salomatligi mustahkam, ishi unumdor, umri uzoq bo‘ladi.
Ish qobiliyati kun mobaynidagina emas, balki hafta davomida ham o‘zgarib turadi. Hafta mobaynida ish qobiliyatini kuzatish, uning har xil bo‘lishini ko‘rsatdi. Shanba va yakshanba kunlaridagi dam olishlar hisobiga dushanba kuni organizmni ish sharoitiga moslashishi qiyinroq bo‘ladi. Haftaning chorshanba, payshanba kunlari ishchanlik eng yuqori nuqtasiga chiqadi. Juma kunidan ishchanlik yana asta-sekin pasaya boshlaydi. Shuning uchun dushanba kunlariga ijtimoiy fanlarni, seshanba, chorshanba va payshanba kunlariga ko‘proq diqqat-e’tiborni talab qiladigan fanlarni, juma, shanba kunlariga oson o‘zlashtiriladigan fanlarni dars jadvaliga qo‘ygan ma’qul.
Aqliy mehnat oqilona yo‘lga qo‘yilganda aqliy ish qobiliyati oshadi. Aqliy mehnatda kun tartibini maqsadga muvofiq tarzda, fiziologik asosda tuzish tiklanish jarayonlarini kuchaytirishning samarali omili hisoblanadi. Oqilona kun tartibi sog‘lom turmush tarzining asosidir. To‘g‘ri tashkil qilingan kun tartibida organizmning fiziologik sistemalari faoliyati bir maromga tushadi, dinamik styereotip shakllanadi, uni saqlab turish uchun tobora kam zo‘riqish talab etiladi. Kun tartibiga doimiy rioya qilish insonning asab sistemasi va butun organizmning to‘liq rivojlanishini ta’minlaydi, uning turli kasalliklarga nisbatan qarshiligini kuchaytiradi, faoliyat uchun enyergiya hosil qiladi. Kun tartibiga shunday amal qilish kyerakki, unda ovqatlanish, uxlash, dam olish, xonada yoki ochiq havoda bo‘lish, o‘tirib ishlash va faol harakat, jismoniy mashqlar hamda mehnat faoliyati o‘z vaqtida bo‘lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |