Mehnat faoliyatining asosiy turlari
Inson jismoniy ish bajarganda o‘z kuchi va qudrati asosida bajaradi, bunda uning butun tanasiga og‘irlik tushadi, ya’ni paylari zo‘riqadi va buning natijasida tanadagi harakatlanish, ko‘tarish qobiliyati oshadi hamda doimiy zo‘riqish natijasida umumiy jismoniy rivojlanish vujudga keladi va bu o‘z navbatida nafas olish, qon aylanish tizimlarining mustahkam va tekis ishlashini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, uning organizmidagi ovqatlanish va modda almashinish jarayonlarini yaxshilanishiga olib keladi. Yuk ko‘tarish ishlari umurtqaning jarohatlanish xavfini oshiradi. Chunki bu harakatlar bukilish, engashish yoki qayrilib ishlash, turib va to‘satdan ish holatini o‘zgarish yig‘indisidan iborat. Umurtqa jarohatlanishining taxminan 5% umurtqa disklarining shikastlanishiga to‘g‘ri keladi. Jarohatning oldini olish uchun xodimlar tegishli yuk ko‘tarish ishlarida xavfsizlik usullarini albatta bilishlari kyerak. Yuk ko‘tarish va tashishda kran va konveyerlardan foydalanish eng maqbul variant hisoblanadi.
Quyida ko‘rsatilganlar ham tavsiya qilinadi:
• yuk ko‘tarish va tashish ishlarini avtomatlashtirish;
• qo‘lda ko‘tariladigan yuk ishchi tanasiga imkon qadar yaqin bo‘lishi;
• yukni ko‘tarishda uning egilishi va aylanish harakatini bartaraf etish;
• yukning og‘rligi me’yorda tavsiya etilgandan oshmasligi kyerak .
MAVZU: ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI SANITARIYASI
VA GIGIENASI. KASB KASALLIKLARI.
Reja:
1. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va me’yorlari.
2. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishning sabablari.
3. Kasb kasalliklari haqida tushuncha va klassifikasiyasi.
4. Ish faoliyatidagi zararli va xavfli omillar.
Tayanch so‘zlar: mehnat gigienasi, ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi, mikroiqlim, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratish, kasb kasalliklari, sanitariya-gigenik, vibrasiya, shovqin, elektr magnit to‘lqinlari, patogen mikroblar, toksinlar, zararli odatlar.
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va me’yorlari.
Mehnat gigienasi ish qobiliyatini yuksak darajada ta’minlash, kasb kasalliklari va insonning mehnat faoliyati bilan bog‘liq boshqa salbiy oqibatlarning oldini olishning ilmiy asoslarini amaliy choralarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Mehnat odamning shakllanish va ijtimoiy rivojlanishi, moddiy boyliklar yaratishning asosi hisoblanadi. U organizmda biologik jarayonlarning me’yoriy kechishi va ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun zarurdir.
Mehnat gigienasining asosiy vazifasi ish unumdorligini eng yuqori darajada oshirish va ishlovchilarning sog‘ligiga zararli ta’sir qilmaydigan sharoitlarni ta’minlaydigan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda yurak-tomir, asab va onkologik kasalliklarning oldini olishda ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |