Xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratishning asosiy
yo‘nalishlari va uslublari.
Ishlab chiqarishda zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1. Texnologiyani, ish tartibini va uslubini to‘g‘ri tanlash;
2. Ishlab chiqarish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish;
3. Qulay ish sharoitlarini yaratish;
4. Xom ashyo va yarim mahsulotlarni to‘g‘ri tanlash;
5. Ish o‘rinlarini tashkil qilishni va jihozlashni to‘g‘ri bajarish;
6. Himoya vositalaridan oqilona foydalanish;
7. Xavfsizlik talablariga amal qilish;
8. Kasbiy tanlov o‘tkazish va ishchilarni o‘qitish;
9. Me’yoriy-texnik va texnologik hujjatlarga xavfsizlik talabalarini kiritish va h2.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish, kasallanishning sabablari
Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalarga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishiga, zaxarlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz byergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishning sabablarini shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:
1. Texnik 4. Ruhiy-fiziologik
2. Tashkiliy 5. Iqtisodiy
3. Sanitariya-gigenik 6. Xodimlarni aybi bilann yuz beradigan kasalliklar
Texnik sabablar. Texnik vositalarning nosozligi, konstruktiv kamchiliklar, mashina va mehanizmlarning ishga yaroqsizligi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi va b.
Tashkiliy sabablar. Sanoat korxonasini loyihalash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar, ishchi va xizmatchilarning xavfsiz ishlash usullariga o‘rgatilmaganligi, yo‘riqnomalarni noto‘g‘ri o‘tkazilganligi, nomutaxassis kadrlarni ishlatish, texnik nazoratning yo‘qligi, ish joylarini noto‘g‘ri tashkil qilish, xavfli holatlar haqida ogohlantiruvchi plakatlarning bo‘lmasligi va b.
Ruhiy-fiziologik sabablar. Ishning bir xilligi, qattiq jismoniy mehnat tufayli zo‘riqish, kishi organizmiga ish joyining ruhiy, anatomik, fiziologik jihatdan mos kelmasligi, charchash, jamoatchilik orasidagi nosog‘lom muhit, oilaviy notinchlik kabilar misol bo‘la oladi.
Sanitariya-gigienik sabablar. Ob-havo sharoitining qoniqarsiz bo‘lishi, korxonadagi havo muhitining changlanganligi, ish joylarini etarlicha yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, sanitariya-gigenik xonalarining etarli emasligi yoki ularning sanitariya talablariga javob byermasligi va b.
Iqtisodiy sabablar. Mehnat muhofazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash, shuningdek,oylik maoshlarni o‘z vaqtida byerilmaslik va ishchilarning yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilashga etarli mablag‘ ajratilmasligi tufayli kelib chiquvchi sabablar hisoblanadi.
Ishchining aybi bilan sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarga uning ehtiyotsizligi, intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi sabab bo‘ladi3.
Do'stlaringiz bilan baham: |