Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


Ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisa tufayli sodir bo‘ladigan shikastlanishlarni hisobga olish tartibi



Download 23,75 Mb.
bet25/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

Ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisa tufayli sodir bo‘ladigan shikastlanishlarni hisobga olish tartibi.
Inson o‘zining hayotiy faoliyati jarayonida turli xil xavfli va zararli omillar ta’sirida ma’lum bir sabab bilan baxtsiz hodisalarga duch kelishi mumkin. Xavfning turi va ta’sir darajasi yoki baxtsiz hodisaning sababiga bog‘liq holda jarohatlanish turi va darajasi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda jarohatlanish hamda shikastlanishlar to‘satdan sodir bo‘ladi va kutilmaganda ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Faraz qilaylik, tasodifan baxtsiz hodisa ro‘y byerdi. Bu holatda ko‘pchilik o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, vahimaga tusha boshlaydi, shoshib qoladi, ortiqcha asabiylashadi yoki tez tibbiy yordamni kutadi, biroq o‘zlari hech qanday yordam ko‘rsata olmaydi.
Ammo hayotda shunday baxtsiz hodisalar yuz byerishi mumkinki, tez tibbiy yordam hizmati etib kelgunicha jabrlanuvchining sog‘lig‘ini va hatto hayotini saqlab qolish uchun zudlik bilan yordam byerish zarur bo‘lib qoladi. Chunki o‘z vaqtida tez va to‘g‘ri, malakali va maqsadga muvofiq holda ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam ko‘plab hayoti xavf ostida qolgan kishilarni hayotini saqlab qolishi mumkin. Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam tariqasida amalga oshiriladi. Shu sababli, har bir fuqaro qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini mukammal bilishi va amalda qo‘llay olishi lozim.
Birinchi tibbiy yordam baxtsiz hodisa, zaharlanish, kutilmaganda kasallanish yuz byergan joyda jabrlanuvchining salomatligiga zarar etishini yoki bevosita xavf solish darajasini kamaytirish maqsadida ko‘rilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Birinchi yordam ko‘rsatish, malakali mutaxassislarning, tez yordam mashinasining yoki tibbiy xodimning etib kelgunigacha va jabrlanuvchi haqida bundan keyingi mas’uliyatni o‘z zimmalariga olgunlariga qadar amalga oshiriladi. Jabrlanganlarga yordam byerishning samaradorligi ko‘p jihatdan birinchi tibbiy yordamning to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rsatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi yordam ko‘rsatishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalardan biri, jabrlanuvchidan qo‘rquv natijasida paydo bo‘lgan asabiy zo‘riqishni bartaraf etish, uni tinchlantirish va jabrlanuvchiga himoyalanganlik hissini singdirishdan iborat.
Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalarga rioya qilmaslik baxtsiz hodisalarga, ya’ni ishchilarni jarohatlanishiga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz byergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi.
Korxonalarning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urta qilinishlari shart (“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunining 22- moddasi) deb qonunda belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish byeruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni o‘z vaqtida tekshirish va hisobga olib borishi shart deb ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286- sonli qarori bilan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida” Nizom tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shaklidagi korxona, muassasa, tashkilotlarda, shuningdek mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda xodimlar bilan ro‘y byergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olib borish tartibi belgilab byerilgan. Mazkur Nizom:

  • sud hukmiga binoan jazoni o‘tayotgan fuqarolarga ishlab chiqarishdagi ish davomida;

  • ish beruvchilarga;

  • pudrat va topshiriq shartnomalari bo‘yicha fuqarolik-huquqiy (kontraktlar) bitimlar asosida ish bajarayotgan shaxslarga;

  • tabiat hodisalari va texnogen xarakteridagi favqulodda hodisalarning oqibatlarini tugatishda ishtirok etayotgan shaxslarga;

  • yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga, basharti mahsus xalqaro shartnomalarda o‘zgacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa;

  • harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni bajarish uchun korxonalarga ishlashga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga;

  • korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga nisbatan tadbiq etiladi, tekshirib ko‘riladi.

Nizomga muvofiq, korxona hududida hamda uning chegarasidan tashqarida mehnat vazifalarini bajarish vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish manfaatlarini ko‘zlab qilingan harakatlar natijasida yuz bergan hodisalar, korxona transportida ishga kelish va qaytish vaqtida yo‘lda, korxona territoriyasida (tanaffus vaqti ham shunga kiradi), shanbaliklarni o‘tkazish vaqtida, ishlab chiqarish ob’ektlarida yuz byergan avariyalar, vaxta usulida ish tashkil qilingan qishloq hududida yoki smena tugagan, dam olish vaqtida, ish vaqtida o‘zining shaxsiy transportida, basharti bunga ish beruvchi tomonidan ruxsat byerilgan bo‘lsa, yuz byergan hodisalar ish beruvchining topshirig‘i bo‘yicha transportda yoki yayov kelayotgan xodim bilan, shuningdek faoliyati xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘rtasida qatnash bilan bog‘liq xodimlar bilan ish vaqtida yuz byergan, shanbaliklar vaqtida uning joyidan qat’iy nazar, otaliqqa olingan korxonalarga yordam ko‘rsatish vaqtida, o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda xodimga boshqa shaxs tomonidan ish vaqtida yetkazilgan tan jarohati va boshqalar baxtsiz hodisalar sanaladi.
Tabiiy o‘lim, o‘z-o‘zini o‘ldirish, jabrlanuvchi o‘z sog‘lig‘iga qasddan shikast yetkazilganligi, shuningdek jabrlanuvchi jinoyat qilayotgan paytda olgan jarohatlar kabi hodisalar tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Nizomga ko‘ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli xodim kamida bir kun mehnat qobiliyatini yo‘qotsa yoki uni tibbiy xulosaga muvofiq boshqa engilroq ishga o‘tkazish zarurati kelib chiqsa, bunday baxtsiz xodisa N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.



«TASDIQLAYMAN»




Н-1 шакли

Ish beruvchi






Bir nusxadan yuboriladi:

____________________________
(imzo, imzo yoyilmasi)

— jabrlanuvchiga (o‘lgan bo‘lsa oilasiga);

20 ____ yil ________________
(korxona muhri)

— mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga;





— bosh davlat mehnat texnika nazoratchisiga













Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish