Universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


MAVZU: HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING TIBBIY BIOLOGIK ASOSLARI. AQLIY MEHNAT GIGIENASI



Download 23,75 Mb.
bet15/178
Sana31.05.2022
Hajmi23,75 Mb.
#622654
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   178
Bog'liq
УМК 2021-2022 лотинча

MAVZU: HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING TIBBIY BIOLOGIK ASOSLARI. AQLIY MEHNAT GIGIENASI.
Reja:
1. Adaptasiya mehanizmi tushunchasi va turlari.
2. Gomeostaz tushunchasi.
3. Mehnat fiziologiyasi va mehnat faoliyati turlari.
4. Asab sistemalari turiga qarab inson fe’lini ajrata olish prinsipi.
Tayanch so‘zlar: moslashuv qonuniyatlari, adaptasiya mehanizmi, ruhiy, ijtimoiy, fiziologik va talabalar adaptatsiyasi, gomeostaz, reflektor va gumoral boshqaruv, mehnat fiziologiyasi, aqliy va jismoniy mehnat, sangvinik, flegmatik, xolerik, melanxolik temperament turlari.


1. Adaptatsiya mehanizmi tushunchasi va turlari
Inson hayoti jarayonida uni o‘rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo‘ladi, shuningdek, har doim uni o‘rab turgan muhitga bog‘liq bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolavyeradi. Chunki inson o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.
Tashqi muhit omillari inson organizmiga sezgi organlari orqali ta’sir etib, markaziy nyerv sistemasida bu ta’sirlar analiz-sintez qilinadi. So‘ngra ta’sir to‘qima va organlarga byerilib, ulardagi fiziologik jarayonlar muayyan sharoitga moslashadi. Yuksak darajada rivojlangan mavjudotlar organizmida tashqi muhitning noqulay ta’siriga qarshi to‘qima va organlarning fiziologik doimiy bo‘lishi uchun moslanishlar yuzaga kelgan. Bunday ko‘rsatkichlarga tana harorati, puls, qon bosim, osmotik bosim, qonda qand miqdorining doimiyligi kabilar kiradi. Bu doimiylik nisbiy hisoblanadi, chunki tashqi muhitning noqulay ta’siri ostida ichki muhit doimiyligi o‘zgarib turadi, lekin nyerv-gumoral sistemasining boshqaruvchanlik vazifasi orqali bu doimiylik yana tiklanadi. Tashqi muhitning iqlim sharoitidan tashqari, odam organizmiga havo, suv, tuproq hamda oziq mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalar ham ta’sir ko‘rsatadi. Yashash muhiti kamroq o‘zgarganda organizm o‘z funksiyalarini qayta quradi, yangi sharoitga moslashadi. Masalan, havo harorati ko‘tarilganda nafas olish, yurak ishi kuchayadi, tyer ko‘p ajralib chiqadi. (tana haroratining nisbiy doimiyligi saqlanadi.) Odam yashaydigan havo haroratining o‘zgarishi 120 darajagacha yetadi ( 50 dan – 70 darajagacha).
Odam tug‘ilganidan boshlab, o‘zi uchun umuman yangi sharoitlarga duch keladi va o‘zining hamma a’zo va sistemalarini shu sharoitlarga moslashtirishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik, individual taraqqiyot davomida odam organizmiga ta’sir etuvchi omillar doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu esa doimiy funksional o‘zgarishlarni talab qiladi. Adaptasiya yoki moslashuvchanlik-bu inson organizmining tug‘ma va orttirilgan moslashuvchanlik faoliyatidir. Bu faoliyat hujayra, a’zo, sistema va organizm darajasida yuz byeradigan aniq fiziologik reaksiyalar tomonidan ta’minlab byeriladi. Adaptasiyaning mohiyati-tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga
moslashish uchun organizmning funksiyalarini qayta tashkil etib, uning yashashi va rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Adaptasiya mexanizmlarini 1- bo‘lib, Kanadalik olim Gans Sele asoslab byerdi. Uning fikriga ko‘ra, organizmda sodir bo‘ladigan adaptasiya mexanizmlari gumoral tabiatga ega bo‘lib, buyrak usti bezlari adrenalin va noradrenalinning faoliyati ta’sirida shakllanadi. Organizmning moslashuv imkoniyatlarini takomillashtirishda markaziy asab tizimi faoliyati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Adaptasiyaning himoya moslashuvchanlik, ruhiy, ijtimoiy va fiziologik turlari farqlanadi.
Himoya-moslashuvchanlik reaksiyalari reflektor va gumoral yo‘llar bilan boshqariladi, bunda asosiy o‘rin oliy nyerv faoliyatiga ajratiladi. Odam organizmida juda ko‘p foydali moslashuvchanlik xususiyatlari bo‘lib: ular ichki muhit ko‘rsatkichlari (ozuqa moddalari, kislorod, harorat, qon bosimining darajasi); odam organizmining asosiy biologik talablarini qondiruvchi axloqiy faoliyati (oziq-ovqat, ichimlik, jinsiy va boshqalar) va insonning jamiyatdagi umumiy va shaxsiy tajribasiga asoslangan ijtimoiy faoliyat natijalaridir.
Ruhiy adaptasiya deganda-shaxsning muttasil rivojlanib va boyib borish qobiliyati tushunilib, bu atama shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalashini, o‘zligini anglab etishi, o‘zini-o‘zi boshqarishi, yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo‘lib ma’naviy yuksalishi, o‘zligini va o‘z mohiyatini namoyon qila olishi tushuniladi.
Ijtimoiy adaptasiya o‘z mohiyatiga ko‘ra shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashuvidan iborat jarayon bo‘lib, uning onglilik darajasini, mustaqilligini va ijtimoiyligini tavsiflaydi. Ijtimoiy omilning inson salomatligiga ta’siri juda katta. Ko‘pincha ijtimoiy jarayonlar biologik jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Fiziologik adaptasiya-tashqi muhit sharoitlariga mos ravishda, unga moslashib yashash uchun gomeostatik strukturalar tarkibini o‘zgartirish va yangi funksional holatlarni shakllantirishga qaratilgan jarayon bo‘lib, organizmning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Talabalar adaptasiyasi-talabaning oliygohda ta’lim sharoitiga va aqliy faoliyatning yangi tashkilotiga ko‘nikish davri bo‘lib, uning 3 ta turi mavjud:
1. Kasbiy-oliy ta’lim tuzilmasiga, oliygohdagi ta’lim jarayoni mazmuni va tarkibiy
qismlariga, tanlagan kasbining xususiyatlariga moslashishdir.
2. Ijtimoiy-ruhiy adaptasiya-yangi o‘rtoqlar, yangi jamoa bilan ijobiy munosabatlar
o‘rnatishda aks etadi.
3. Didaktik adaptasiya-oliygohdagi ta’lim tizimiga sekin-asta kirishish va moslashuvni
ta’minlaydi.
Adaptasion davrning quyidagi qiyinchiliklari bor:
1. Avvalgi jamoadan, ularning yordamidan ajralish bilan bog‘liq salbiy kechinmalar;
2. Kasbga tayyorgarlikning etarlicha emasligi;
3. O‘z harakatlarini psixologik boshqarishni bilmaslik, odatiy pedagogik nazoratning yo‘qligi bilan bog‘liq ruhiy vaziyat;
4. Yangi sharoitda o‘qish va dam olishni optimal rejimini izlash;
5. O‘z-o‘zini boshqarishni yo‘lga qo‘yish (uy sharoitidan yotoqxona sharoitiga o‘tish);
6. Mustaqil yashash va ishlash ko‘nikmalarining yo‘qligi.

Download 23,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish