18-modda.Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash.
21-modda. Ishga qabul qilishda va boshqa ishga o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilishga bo‘lgan huquqning kafolatlari.
22-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari.
23-modda. Ish byeruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari.
24-modda. Majburiy tibbiy ko‘riklar.
25-modda. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar byerish va ularni o‘qitish.
26-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish.
27-modda. Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos hususiyatlari.
30-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashdagi ishtiroki.
33-modda. Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zarar uchun ish byeruvchining moddiy javobgarligi.
34-modda. Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda qoplash.
35-modda. Nizolarni hal etish.
36-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan 1995 yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi tasdiqlangan, 1996 yil aprel oyidan amalda tatbiq qilingan. Mehnat Kodeksi 16 ta bob, 294 moddadan iborat. Kodeksning VI-bobida mehnat shartnomasining mazmuni, shakli, muddati (73-76 moddalar), ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati (77-87 moddalar), mehnat shartnomalarining bekor qilinishi (97-113 moddalar) masalalari yoritilgan. 217 moddada xodimlarni sut, davolash-profilaktika, oziq-ovqat, gazli suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash, 224-229 moddalarida ayollar mehnati, ularni ishga qabul qilish, 239-moddasida 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlarni ishga qabul qilish, 241-moddasida esa balog‘at yoshiga etmagan o‘smir-yoshlarni zararli va xavfli ishlarda ishlatmaslik, 245- moddasida tungi ishlarga jalb qilmaslik o‘z aksini topgan.
Mehnat Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Unga ko‘ra og‘ir va organizm uchun zararli bo‘lgan ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ular qo‘lda 20 kg gacha, zambilg‘altakda 50 kg dan oshmagan yuklarni tashishlari mumkin. Homilador ayollarga davlat tomonidan ish haqi to‘lanadigan ta’til byeriladi. Homilador va 8 yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollarni tunggi, ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va xizmat safariga yuborish ta’qiqlanadi.
O‘smirlik davrida hayot uchun muhim funksiyalar yuqori bo‘ladi, tez o‘sish va tananing fizik rivojlanishi yuqori bo‘ladi. Bu bilan bir qatorda, bo‘g‘im apparati hali nozik bo‘ladi, muskullarning tez charchashi kuzatiladi, nafas olish, qon-tomir va hazm qilish tizimida buzilishlar kuzatilib turadi. Mehnat qonunlariga asosan 16 yoshga to‘lmagan o‘smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ayrim sharoitlarda 15 yoshga to‘lgan o‘smirlar FZKU ruxsati bilan ishga olinadi. 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun 24 soatlik, 16-18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun 36 soatlik ish haftasi belgilangan. O‘smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida, yilning eng yaxshi davrlarida yoki o‘zi hohlagan vaqtda ta’til byeriladi. Tunggi ishlarda, ishdan tashqaridagi, dam olish kunlarida va ularning sog‘lig‘i uchun zararli moddalar ishlab chiqaradigan ishlarda o‘smirlar mehnatidan foydalanish ta’qiqlanadi. 18 yoshga to‘lmagan o‘smir bolalarga 16 kgcha, qizlarga esa 10 kgcha og‘irlikda bo‘lgan yuklarni ko‘tarishga ruxsat etiladi.
93-113 moddalari. Mehnat shartnomalarining bekor qilinishi.
217-modda. Xodimlarni sut, oziq-ovqat, gazli suv, davolash-profilaktika, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash.
224-229 moddalar. “Xotin-qizlarning fiziologiyasi, onalikni himoya qilish, ularning mehnatini muhofaza qilish”.
239-modda. “O‘smirlarni ishga qabul qilish”.
241-modda. “O‘smirlarni zararli ishlarga qabul qilish ta’qiqlanadi”. (kondisionyerlarni ta’mirlash sexlari, simob va simob birikmalari ishlatiladigan mehnat, galvanik sexlarga – mashinasozlikka)
2. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. Bosh davlat texnika nazorati.
Korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yor qoidalariga, sanoat sanitariyasi, mehnat gigienasi, mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o‘z texnik inspektoriga ega.
2. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi.
Bug‘ qozonlarining to‘g‘ri ishlashini bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko‘tarish mashinalari (ko‘tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, sakrash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.
Havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va vibrasiyani yo‘qotish sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.) ishlarini nazorat qiladi.
4. Yong‘in xavfsizligi inspeksiyasi.
Yong‘inga qarshi tadbirlarni, o‘t o‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar byerish vositalarining ishini nazorat qiladi.
5. O‘zbekiston energiya nazorati.
Korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
6. Jamoat nazorati – korxona ichki nazorati bo‘lib, mehnat qonunlari, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi me’yor hamda qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi. Shuningdek, korxonadagi baxtsiz hodisalarni kelib chiqishini, kasb kasalliklarini kamayishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni qanday amalga oshirilayotganini nazorat qiladi.
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida 3 pog‘onali nazorat amalga oshiriladi:
1-pog‘ona: har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikdagi sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radilar.
2-pog‘ona: har xafta sex boshlig‘i katta jamoatchi-nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radilar.
3-pog‘ona: oyda bir marta korxona bosh muhandisi birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo‘yicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko‘p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari , korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishlarni bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik ishlari bo‘yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona sexlari bo‘linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag‘ni va moddiy ta’minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan tuzadi. Jamoa shaotnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga doir tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag‘lar ishlatib bo‘linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar.