Har bir vaqt momentida A mohiyatning har bir vakiliga (nusxasiga) B
mohiyatning vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.
1
Masalan: O‘quvchi jinsi erkak yoki ayol bo‘lishi mumkun.
2. Birga-ko‘p bog‘lanish (1:М):
A mohiyatning bitta vakiliga 0,1
yoki B
mohiyatning bir necha vakili mos keladi.
Masalan: O‘quvchi imtihonda javob berishga 1, 2, 3, 4 yoki5 ball olishi
mumkin.
Xuddi shunday ikkala yo‘nalishda ham mohiyatlar orasida aloqa bo‘lishi
mumkin. Yana ikkita aloqa turi mavjud.
3. Ko‘pga-bir bog‘lanish (М:1)
Misol. “Talaba” va “Guruh”, “Guruh rahbari”, “Fanlar”
mohiyatlari orasida
bo’glanishni ko’rib chiqamiz:
Guruh – Guruh rahbari (1:1 bog’lanishga ega. Bunda bitta guruhga bitta rahbar
tayinlanishi nazarda tutilgan)
Talaba- Guruh (M:1) (Bitta guruhda masalan 20 nafar talaba o’qiydi)
Talaba – Fanlar (M:N) (Bir nafar talaba ko’plab fanlarni o’rganadi va mos
ravishda bitta fanni ko’plab talabalar o’rganadilar)
Yuqori tartibdagi aloqalar semantikasi ba’zan juda murakkab bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilayotgan bog‘lanishlarning ko‘rgazmaliligini
oshirish uchun
keltirilgan misollarda atributlar mohiyati va barcha ER diagrammalardagi
assotsiatsiyasi ko‘rsatilmagan. Hattobir nechtagina asosiy
atributlarning kiritilishi
ham ER diagrammani anchagina murakkablashtiradi. Shunga muvofiq ER
diagrammalar tili bir nechta modellarni ko‘rishda va
katta modellarning alohida
1
Sh.Nazirov, A.Ne’matov, R.Qobulov, N.Mardonova “Ma’lumotlar bazasi” 18-bet
qismlarini tasvirlashda foydalaniladi. Ko‘pincha kamroq ko‘rgazmali, lekin ancha
mazmunli infologik modellashtirish tili (IMT) qo‘llaniladi, unda mohiyat va
assotsiatsiyalar quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
Mohiyat (Atribut1, Atribut2...., AtributN)
Assotsiatsiya [MohiyatS1, MohiyatS2,...] (atribut1,atribut2...., atributN)
Bu yerda S — bog‘lanish darajasi, atributlar esa kalitgakiruvchilardir va ular
tagiga chizish orqali belgilanishi kerak.
Yuqo‘rida ko‘rib chiqilgan mohiyatlar orasidagi ko‘p bog‘lanishli
misoli
IMTda quyidagicha tasvirlanadi:
Doktor (doktor nomeri, Familiyasi, Ismi, Otasining ismi,Mutaxassisligi).
Bemor (qaydnoma nomeri, palata nomeri, Familiyasi, Ismi,
Otasining ismi, Manzili, Jinsi).
Davolovchi doktor [doktor1, Bemor M] (doktor nomeri,Qaydnoma nomeri).
Maslahatchi [doktorM, BemorN] (doktor nomeri,Qaydnoma nomeri).
ER diagrammalarida bog‘lanish — bu mohiyatlar, atributlar, assotsiatsiyalar va
boshqa axborot obyektlarini tasvirlovchi geometrik shakllarni bog‘lovchi tizimdir.
Matnda bu atama mohiyatlarning o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi.
Agar bu o‘zaro bog‘liqlik atributlarga ega bo‘lsa u holda assotsiatsiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: