Universiteti geografiya kafedrasi 5610200-Mexmonxona


Germaniyada ta’til sayohatlarining tashkil etilishi



Download 1,22 Mb.
bet27/147
Sana17.07.2022
Hajmi1,22 Mb.
#812389
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   147
Bog'liq
Geografiya kafedrasi

Germaniyada ta’til sayohatlarining tashkil etilishi


Yillar

Turoperator sayohatlari
salmog‘i

Individual sayohatlar salmog‘i

1970

17%

83%

1980

26%

74%

1990

38%

62%

1992

42%

58%

1994

43%

57%

1996

42%

58%

1997

43%

57%

1999

47%

53%

2000

50%

50%

MANBA: Leitfaden zum DRV-Existenzgruenderpaket 2000.
2001 yilda Germaniya turoperatorlar va turagentlar bozorida 19822 ga yaqin turistik tashkilotlar 23.8 mlrd. yevro miqdoridagi oborotga (aylanma) erishdi. Turizm bozorining 50.0% turagentlik zanjirlari va kooperatsiyalar tomonidan nazorat qilinadi.
Germaniyada turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati uchun erkinlik mavjud. ya‘ni turagentlik yoki turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalashtirish jarayoni yoki ruxsatnomalarni chegaralash kabi hollar kuzatilmaydi. Buning uchun avvalo tadbirkorlik faoliyati qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tish lozim. SHu bilan birga kasb-hunar jamiyati. tadbirkolikni nazorat qilish qo‘mitasi. sanoat va savdo nazorati organlarining ro‘yxatlaridan o‘tiladi. SHuningdek. Moliya vazirligining joylardagi tegishli idoralari ro‘yxatidan o‘tib. soliq to‘lov raqami olish kerak. Korxonaning soliqqa tortilish tartibi quyidagicha:

  • daromadga bog‘liq bo‘lgan soliq (daromad korporatsiya. tadbirkorlik faoliyati solig‘i);

  • mulkka bog‘liq bo‘lgan soliq (mulk. tadbiirkorlik faoliyati yer solig‘i);

  • aylanma oborot solig‘i;

  • korporatsiya solig‘i (kapital jamiyatlarida).

Turistik korxonaning tashkiliy hududiy tuzilishi ko‘proq korxona iqtisodi. soliq. fuqarolik hududi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak. Bunda korxonaning mas‘uliyati cheklanganligi va soliqni minimallashtirish istagi muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi rahbarlik huquqi. o‘z kapitali bilan ta‘minlanish imkoniyati kabilarga bog‘liq bo‘lgan maxsus talablarga javob berish uchun oqilona shartnoma tuzilishi kerak. Undan tashqari. tashkiliy-hududiy tizim shunday tanlanishi kerakki. kelajakda korxonaning o‘sishi uchun yetarli darajada taraqqiyot imkoniyatlari mavjud bo‘lsin.
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish barcha korxonalar uchun majburiydir. Kapital tashkilotlari (masalan MGHJ) savdo rejasiga kiritilishi kerak. SHaxsiy jamiyatlar orasida
―ochiq savdo jamiyati‖ (ONG) va ―kommandit jamiyati‖ (KG) majburiy ravishda savdo reestriga kiritiladi.
Yakka holdagi tadbirkorlar uchun savdo reestriga kiritilish majburiyati ularning oboroti hajmiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
1994 yil bahorida Germaniya parlamenti pekij tur hududiga o‘zgartirishlar kiritdi. Ularning mohiyati shundan iboratki. turoperator mijozlarning oldindan to‘langan pullarini va ularning sayohatdan qaytishlarini o‘zining bankrotga uchrash xavfidan saqlanishini kafolatlashga majburdir.
Germaniya turizm industriyasining eng muhim tashkilotlaridan biri Germaniya Turizm Markazi - Deutshe Zentrale fuer Tourismus (keyinchalik GTM)-Germaniya federal xukumati tomonidan turizmni boshqarish va nazorat qilish uchun mac‘ul milliy tashkilot hisoblanadi. Uning bosh idorasi Frankfurt Maynda joylashgan. GTM milliy turizm tashkiloti sifatida xorijda GFR ga sayohat trasportini jalb qilish. bunda keng qamrovli milliy va xalqaro korxonalr bilan hamkorlik qilish hamda o‘z malakasi va soha bo‘yicha olgan tajribalarini Federal Xukumat va boshqa turizm masalalari bo‘yicha mas‘ul idoralar ixtiyoriga taqdim etish va taklif kiritish bilan shug‘ullanadi. Mazkur faoliyati bilan GTM xalqlarning o‘zaro bir-birini anglashlariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. GTMning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak. bu tashkilot 1948 yilda tashkil topgan. Undan avval ish yuritgan tashkilot esa 1920 yili vujudga kelib.
―Reichszentrale fuer Deutsehe Verkehrswerfung‖. ya‘ni «Germaniya Transport Reklamasi Davlat Markazi» deb atalgan. 1939 yilda bu tashkilotning dunyo bo‘ylab 40-ta axborot agentligi bo‘lgan.
GTM malakali. professional va inovativ ravishda Germaniya turizmi uchun marketing tadbirlarini o‘tkazuvchi organ hisoblanadi. Uning faoliyatini mablag‘ bilan ta‘minlashning 80 foizi FITV tomonidan amalga oshiriladi. GTM 50 yildan ortiq vaqtdan beri xorijda barcha maketing tadbirlarini rejalashtirish. kordinatsiya qilish va amalga oshirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Ichki hududlararo marketing faoliyatini 1999 yil 1 yanvardan beri yuritib kelayotgan bu tashkilotning strategik poydevorini Germaniyaning turli hududlariga ta‘til sayohatlarini talabga yo‘naltirilgan ravishda amalga oshirish faoliyatlarini tashkil etmoqda. GTM milliy turistik tashkilotlarni va xizmatlarni xalqaro turizm bozorida sotishning muhim
vazifalarini o‘z zimmasiga olgan. Bular tarkibiga barcha marketing tadbirlari hamda sotishni rivojlantiruvchi faoliyatlar kiradi. GTM yaqin kelajakka mo‘ljallangan strategiyalarini amalga oshirishda Germaniya turizmi bilan hamda iqtisodiyot sohasi va birlashmalardagi tadbirkorlar bilan mustahkam aloqalarni vujudga keltirgan. Bu esa maqsadlarga erishishida muhim tayanch nuqtasi hisoblanadi.
GTM o‘z faoliyati davomida quyidagi maqsad va srategiyalarni ko‘zlaydi:
-sayohatdan keladigan umumiy tushumni oshirish;
-Germaniyani iqtisodiy hudud sifatida kuchaytirish;
-Germaniyani har tomonlama ko‘rkam sayohat mamlakati sifatida namoyish etish.
Butun dunyo bo‘ylab GTMning 28 ta xorijiy vakolatxonalari va savdo shaxobchalari mavjud. Ular turistik mahsulotlarni o‘tkazishda asos bo‘lib hisoblanadilar va Germaniyani sayohat mamlakati sifatida imkon qadar butun dunyoga tanitish uchun harakat qiladilar. Mazkur vakolatxonalarning 12 tasi GTMning o‘z vakolatxonalari. 16 tasi esa ―Deutsche LufthansaAG‖ hamda ―Deutcher Industrie-und Handelstag‖ kabi hamkorlar tarkibidagi sotish agentliklaridan iborat. Ularning rejasi buyudjet imkoniyatlariga qarab. rivojlanib borayotgan bozorlarga sotish strukturasini tobora kengaytirish.
Hozirgi kunda GTMning 41 ta a‘zosi bo‘lib. shulardan eng muhimlari quyidagi korxona va tashkilotlardir:

  • Accor Hotellerie Deutschland G m bH.

  • Arbeitsgemeinschaft Deutscher Verkehrsflughaefen.

  • ASR-o‘rta toifadagi turistik korxonalar uyushmasi.

  • Autobahn Tankg‘ Rast GmbH.

  • Germaniya Turizm Iqtisodi uyushmasi.

  • Germaniya mehmonxonalari uyushmasi.

  • Germaniya turizm uyushmasi.

  • Germaniya Turoperatorlari va Turagentlari uyushmasi.

  • Evropa Turizmsug‘urta tashkiloti.

  • RDA - Xalqaro Avtobus Turizmi uyushmasi.

  • Deutsche Bahn AG.

  • Deutsche Lufthansa AG.

  • Deutscher Industrie-und Handelstag.

  • Magic Cites Germany.

  • Steigenberger Hotels AG.

  • TUI.

GTM o‘z faoliyatida marketing rejasiga tayanadi. Bu reja uning a‘zolari va tashqi transport xo‘jaligi oldida ovozga qo‘yilgan va boshqaruv kengashi tomonidan qabul qilingan bo‘ladi. Reja asosan 2 yilga tuzilib. o‘z mohiyatiga ko‘ra. barcha operativ vazifalarni rejalashtirish va bajarish uchun boshqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Marketing rejasida bozor tadqiqoti natijalariga asoslangan holda GTM marketing ishining maqsadalri va maqsadli guruhlari aks ettirilgan hamda mazkur maqsadli guruhlar bilan muvaffaqiyatli aloqa o‘rnatishga va har bir rejalashtirish davri uchun o‘rtacha ehtiyojni raqamlarda aks ettirishga va xususiylashtirishga imkon beruvchi strategiyalar va instrumentlar sanab o‘tilgan bo‘ladi.
Turistlar salohiyatining qanday qamrovda va jadallik bilan rivojlanish mumkinligi GTMning moliyaviy jihatdan ta‘minlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Germaniya turizmini mamlakat ichida rivojlantirish uchun GTM quyidagi marketing tadbirlarini amalga oshiradi:

  • u yangi iste‘molchilar istaklariga moslashtirilgan mavzularni takomillashtiradi;

  • turistik mahsulotni takomillashtirishni qo‘llab quvvatlaydi;

  • sayyohlik agentliklaridagi savdo sotiqni rag‘batlantiradi;

GTM turagentlar va turoperatorlardan tortib. sotish kanallari hamda reklama markazlari orqali. joylardan boshlab hududlargacha - barcha iqtisodiy hamkorlar va birlashmalarning uyushishi. o‘zaro muloqatda bo‘lishlari hamda mablag‘ bilan ta‘minlash imkoniyatlarini takomillashtirib boradi.
GTM marketing strategiyasining mazmuni - hududlar xususiyatlaridan kelib chiqqan holda. haridorlarga yo‘naltirilgan takliflarni professional darajada rivojlantirish va shu orqali davomli ravishda tashkilot imijini yaxshilashdan iboratdir. Pirovard natijada iste‘molchilar ham hududlararo imij tadbirlari. ham innovativ axborot vositalari kooperattsiyasi orqali ma‘lumot oladilar.
Xorijiy manba bozorlar uchun GTM mijozlar istaklariga mos keluvchi umumiy mavzularni va davlatlararo dasturlarni ishlab chiqadi. shuningdek. o‘z hamkorlari bilan bozorga yo‘naltirilgan va mijozlarga mos keluvchi takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi. Yuqoridagi takliflarni esa qiziqarli reklama vositalari va har xil qo‘llanmalar orqali taqdim etadi. Bundan tashqari. yana bir qancha turdagi marketing vositalari qo‘llaniladi. bularga reklama va e‘lonlar. takliflar va mavzular orqali iste‘molchilar bilan muloqatda bo‘lish. o‘rganish - bilim va malaka oshirish sayohatlarni uyushtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yarmarkalardagi taqdimot. jurnallar va boshqa fikr bildiruvchilar bilan doimiy ravishda muloqatda bo‘lish va hokazolar kiradi.
Aslini olganda 1999-2000 yillar Germaniya turizm tarmog‘i uchun jadallashgan tarkibiy o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Yevropada hozirgi kunda vertikal integratsiyalashuv natijasida barcha turizm xizmatlarini o‘ziga jamlagan yirik turistik kontsernlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning bunday tus olishi turizm bozorini industriallashtiradi. pekij turlar esa firma mahsuloti sifatida va mijozlar birlashishini mustahkamlashtirish maqsadida tobora ko‘proq namoyon bo‘ladi. Reklama harajatlarining hajmi ham iste‘mol mollari sanoatiga yaqinlashib bormoqda. Yevropaning eng muhim turizm markazlaridan biri hisoblangan Germaniya milliy turizm industriyasini to‘liq shakllantirgan mamlakat hisoblanadi. Germaniya bir necha yillar mobaynida tavakkalChilik va puxta ishlab chiqilgan rejalar asosida kuchli turizm industriyasini barpo etishga erishdi. Yevropa mintaqasidagi umumiy turizm balansini saqlab turuvchi yirik turistik firmalar ham. shuningdek. eng ko‘p sayohat qiluvchi insonlar ham bu mamlakatda faol ish yuritishadi.
Germaniya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 2.5% Germaniya mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 0.6%ga ko‘paygan. Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 4.0% bu mamlakatga to‘g‘ri kelgan. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 4.0%ga o‘sgan. Yevropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik tashriflarning 4.5%ni. daromadlar miqdori bo‘yicha 8.0%ni tashkil qilgan.2002 yilda har bir xorijiy tashrif 1066 AQSH dollarini tashkil qilgan. O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida 1992 yil 6 martda diplomatik munosabatlar elchixonalar darajasida o‘rnatilgan. Ikkala mamlakat o‘rtasida yaxshi iqtisodiy munosabatlar mavjud. Germaniya yordamida Toshkent aeroporti modernizatsiya qilindi. 132 ta qo‘shma korxona mavjud. Toshkent - Frankfurt shaharlari o‘rtasida bevosita samolyot aloqalari o‘rnatilgan.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish