Yevropa mintaqasida xalqaro turizmni rivojlanishyo’nalishlari.1999-2000 yillarda Yevropadagi umumiqtisodiy taraqqiyot bir oz sekinlashdi. Yevropadagi ishsizlar soni 12.6 mln. kishini tashkil etib. ularning salmog‘i o‘tgan yillardagiga nisbatan (11.1%dan) bir oz kamayib 10.2% ni tashkil qildi. Iqtisodiy o‘sishda ham pasayish kuzatildi. Yalpi ichki mahsulot Germaniyada o‘tgan yili 2.2% dan atigi 1.4% ga o‘sdi. Bu bilan Germaniya. Italiyadan tashqari barcha Yevropa mamlakatlari YaIM larining o‘sish darajasidan ancha ortda qoldi: Muhim iste‘mol bozorlaridagi o‘zgarmas inflyatsiya darajasi hamda bir nacha yillardan beri birinchi bor ko‘rsatilgan ta‘rif kelishuvlari shaxsiy iste‘molga katta ta‘sir o‘tkaza olmadi. Germaniyada shaxsiy iste‘mol 2.0% ni tashkil etib. sal pastroq (2.3%) ko‘rsatgichga erishdi.
2002 yilning makroiqtisodiy ko‘rsatgichlari bunday bo‘lishiga qaramasdan. turizmdagi ahvol umumiy kon‘yunktura taraqqiyotidan ancha farq qilmoqda. CHunki Germaniyada sayyohlik harajatlarining o‘sishi shaxsiy iste‘molnikidan ikki marotaba ortiq bo‘ldi. ya‘ni 5.0%. Ayni vaqtda ta‘til sayohatlari boshqa iste‘mol mollariga nisbatan konyunkturaga unchalik bog‘liq emas. «Ta‘til» iste‘mol mahsulotiga bo‘lgan talabning tobora ortib borishi olinayotgan daromad tarkibida sayohat harajatlari salmog‘ining ortishiga olib keldi. Bunday baho quyidagi sabablarga ko‘ra berilgan: shaxsiy uy xo‘jaliklarining uzoq muddatli maishiy tovarlari bilan yuqori darajada jihozlanganligi; ta‘til sayohatining mohiyati nuqtai nazaridan yagona xollarda uchrab. saqlab qo‘yish imkoniyati bo‘lmagan va ehtiyojlar shkalasida yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan sarguzasht ekanligi; shaxsiy uy xo‘jaliklari daromadining oshganligi.
Ichki turizmdagi aylanmalar va nemis xalqining xorijda sarflagan valyuta mablag‘lari miqdori 158 mlrd. Doych markani tashkil etmoqda. SHuning uchun ham. Germaniya aholisi xalqaro sayohat almashinishida eng ko‘p sof valyuta yetkazib beruvchi manba hisoblanadi. Ularning xorijiy sayohatlar uchun sarf harajatlari shaxsiy iste‘molning 4.2%ni tashkil etadi. Nemis turistlarining xorijda qiladigan harajatlari miqdori 2000 yil 47.6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib. yana bir bor rekord darajasiga yetdi. Turizmning kon‘yunkturasining ijobiy tomonga o‘zgarishining yana bir sababi yakka xoldagi sayohatga nisbatan pekij turlar raqobatbardoshligining oshib borishidir. Bunga sabab mijozga yo‘naltirilgan narx-xizmat munosabatining ustunligi. qisqa muddatli davomiylik. qulaylik. tavakkalChilikning kamligi hamda kuchli va sifatli xizmatni kafolatlovchi firmalar orqali farqli strategiyalarning ishlab chiqilganligi. deb hisoblanmoqda. Bu rivojlanish deyarli barcha Yevropa bozorlarida tashkil etiladigan sayohatlar salmog‘ining umumiy turizm bozorida ortishi bilan ko‘zga tashlandi. Masalan. 1980 yili nemislarning deyarli chorak qismi tashkiliy ravishda sayohatga chiqqan bo‘lsa. 2000 yil esa ularning soni deyarli 2 marotaba ortdi. 1980 yili 26%ni tashkil etgan bo‘lsa. 2000 yilga kelib 50%ni tashkil etdi. Hozirgi kunda Yevropa mintaqasi zamonaviy turistik markazlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Evropa mintaqasi har galgidan 2000 yil ham turizm industriyasining yulduzi sifatida maydonga chiqdi. Asosan. Germaniyadagi EKSPO – 2000 ko‘rgazmasining tashkil etilishi va Italiyadagi Vatikan yubileyi Xalqaro turistlarni yana bir bor bu hududga jalb qildi. Sharqiy Yevropaning yangi taraqqiy etayotgan mamlakatlarida ham biroz rivojlanish kuzatildi. Kosovada avjiga chiqqan urush va mamlakat iqtisodiyotiga ko‘pgina talofatlar keltirgan tabiiy ofatlar. turistik harakatlarni chegaralab qo‘ygandi. Yevropaning Shimoliy hududlarida havoning sovuqligiga qaramasdan. u yerlarga turistlarning qiziqishi oxirgi yillarda yanada ortdi. jumladan. Ispaniyada (+19%). Finlandiyada (+10%) va Estoniyada (+15.8%)ga o‘sish kuzatildi. Buyuk Britaniyada esa turizm harakatlarida kamayish kuzatildi. Ispaniya o‘zining turizm statistikasini qaytadan ishlab chiqqanligi bois ma‘lumot to‘plash. uni qayta ishlash uslubiyatini o‘zgartirib. oldingi yillarga nisbatan keluvchilar soni ortganligini yana bir bor isbotladi.
Butun jahon turizm tashkiloti ma‘lumoti bo‘yicha. 2000 yilda Yevropa mintaqasiga 300 mln.dan ortiq turistlar tashrif buyurgan.
Ayniqsa bu ko‘rsatgich Turkiya. Irlandiya. Vengriya. Shvedsariya. Germaniya. Rossiya. Italiya mamlakatlarida o‘tgan yillarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Yevropa mintaqasi bo‘yicha eng ko‘p turistik tashriflar Frantsiya (75580000). Ispaniya (47898000). Italiya (41181000) mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. 2000 yilda jahon bo‘yicha turizm daromadlari 477 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa. shundan 234.5 mlrd. dollari Yevropa mintaqasi mamlakatlari daromadlariga to‘g‘ri keladi. Jahon turizmi daromadlarining salkam 50%i Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Yevropa mintaqasi mamalakatlariga xalqaro turistik tashriflar 2001 yilga nisbatan 2002 yilda 2.3% ga ko‘paygan. Xalqaro turizm daromadlari 6.5% ga o‘sgan. 240.4 mlrd. AQSH