MANBA:Butunjahonturizmtashkiloti(BTT)(Ma’lumotlarBTTtomonidan2003yilsentyabrdayig’ilgan). 1Qatorlar-TF: CHegaradagi xalqaro turistik qabul (bir kunlik tashriflarni hisobga olmaganda).
VF – CHegaradagi xalqaro turistik qabul (bir kunlik tashriflarni va turistlarni hisobga olgan holda). TCE-Guruh bo‘lib joylashish joylardagi xalqaro turistik qabul
dollarini tashkil etgan. har bir xorijiy tashrif o‘rtacha 600 AQSH dollariga to‘g‘ri kelgan. Xalqaro turistik tashriflar bo‘yicha 2002 yilda Turkiya 18.5%. Rossiya Federatsiyasi
7.3%. Ukraina 9.2%. Xarvatiya 6.1%. Buyuk Britaniya 5.9%. Bel‘giya 4.2% ga oldingi yillarga nisbatan tashriflar miqdori ko‘paygan. Pol‘sha – 6.8%. Shvedsariya-7.4%. Portugaliya – 4.1% ga Xalqaro turistik tashriflar soni 2001 yilga nisbatan kamaygan.
Xalqaro turizmdan tushgan daromadlar miqdori bo‘yicha Turkiya 22.0%. Rossiya Federatsiyasi 17.6%. Xarvatiya 14.3%. Niderlandiya 14.6%. Avstriya 11.1%. Irlandiya 10.7%.
Buyuk Britaniya 8.0%. Ukraina 9.8%. Frantsiya 7.8%. Portugaliya 7.5%. 2001 yilga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Lekin Vengriya 13.2%. Pol‘sha 6.5%. Bel‘giya 0.2% ga mamlakatlarida pasayish kuzatilgan. Ispaniya 22%. Italiya 4.4%. Germaniya 4.0%. Gretsiya 3.1%. Shvedsariya 4.4% mamlakatlarida Yevropa mintaqasining o‘rtacha o‘sish sur‘atidan. (6.5%) bu mamlakatlarda o‘sish sur‘atlari past bo‘lgan.
Yevropa mamlakatlari turizm industriyasida axborot texnologiyalarining rivojlanishi
Evropa mamlakatlari turizm industriyasi rivojlanishining asosiy omillaridan biri bu - turizm sohasiga infarmatsion texnologiyalarning kirib kelishidir. Turizm sohasidagi infarmatsion texnologiyalar bu. shu soha ichidagi va tashqarisida. tijorat maqsadida qo‘llaniladigan barcha kommunikatsiya hamda infarmatsion texnologiyalar majmuidir. Internet va global axborot tarqatish texnologiyalari turizm industriyasining asosiy axborot texnologiyalari hisoblanadi.
Evropa Onlayn (online) turizm bozorining hajmi 2-mlrd. AQSH dollarini tashkil qilmoqda.
Onlayn (online) turizm bozori – internet va boshqa global axborot uzatish tarmoqlari orqali vujudga kelgan turizm bozori. 2000 yilgi ma‘lumotlarga qaraganda. 800 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan. bu bozorda Angliya 240 mln. AQSH dollari atrofida tovar aylanmasiga erishib. bozorning 30% ni o‘z nazoratiga oldi. 2000 yilda vujudga kelgan siljishlarni hisobga olsak. o‘tgan yillardagiga nisbatan 150% o‘sish bilan 2 mlrd. AQSH dollariga erishgan. Yevropaning onlayn turizm bozori 2005 yilda 4 mlrd. AQSH dollaridan oshib ketishi kutiloqda.
Evropada «Onlayn» turizm bozorining rivojlanish holati 1998-2002 yillar
MANBA:TTNA.September.2002. Ma‘lumki Yevropa bozorida asosan 2 ta mamlakat muhim ahamiyat kasb etadi. Bulardan biri Angliya bo‘lsa ikkinchisi Germaniyadir.
Germaniyaning 2000 yilgi bozor ulushi 27% ni tashkil qildi. Yevropa umumiy bozorining yetakchi davlatlaridan hisoblangan har ikkala mamlakat ham onlayn turizm bozorining teng yarmiga egalik qilmoqda.
MANBA:TTNA.September. 2002 Bunday raqobat muhitida boshqa qo‘shni mamlakatlarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak. Frantsiya. Gollandiya. Bel‘giya. Avstriya. Shvedsariya va Irlandiya kabi davlatlarning umumiy bozor ulushi 19%ni. Italiya. Ispaniya. Gretsiya. va Portugaliyaning umumiy bozor ulushlari esa 8%ni tashkil qilmoqda.
PhoCusWright tashkiloti va London Westminister Universitetidan Carl H. Marcussen va Daniya Bornholm tadqiqot markzining qilgan tahlil natijalariga ko‘ra. Yevropa onlayn turizm bozoridagi o‘sish keyingi yillarda ham davom etadi.
Turizm industriyasidagi tarmoqlarning internet orqali sotishlari
MANBA: London Westminister Universitetidan Carl H. Marcussn. Daniya Bonholm tadqiqot markazi tomonidan qilingan rivojlanish tahlillari va PhoCus Wright ilmiy-tadqiqot tashkiloti ma’lumotlari. Bozorning rivojlanishi kutilganidan ancha sust darajada bo‘lishi ham mumkin. Agar bozordagi o‘sish sur‘ati 60% ni tashkil qilgudek bo‘lsa. 2001 yilda bu 3.2 mlrd. AQSH dollariga. 2002 yildagi o‘sish tezligi 25% ni tashkil qilsa. bozor hajmi 4 mlrd. AQSH dollariga chiqishi mumkin.
Tabiiyki. turizm bozorining qirollari hisoblangan havo yo‘llarining ulushi katta bo‘ladi. Internet global axborot tizimining bu kompaniyalarda joriy etilishi turizm bozoridagi ulushini yanada oshiradi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki. 1999 yilda havo yo‘li kompaniyalari daromadlarining 0.7% internet orqali qilingan sotishlardan kelib tushgan. Bu ko‘rsatrich 2000 yilning oxirlariga kelib 2.0% ni tashkil qildi. Mehmonxona joylashtirish sektorining 0.36% ga teng bo‘lgan bozor ulushi 2002-2005 yillarda 2-3.5% ni tashkil etishi kutilmoqda Pekij (paskage tours) turlarni sotish esa. 0.75% dan 3.0% ga yetishi kutilmoqda.
Evropa onlayn turizm bozorining natijalarini AQSH bilan taqqoslaydigan bo‘lsak. uning ancha orqada ekanligini ko‘ramiz. Masalan. internet orqali uchish biletlarini sotish Yevropada 2.0% ni tashkil qilsa. AQSH da 7.4% ni tashkil qilmoqda. Mehmonxona sohasidagi holat Yevropada 0.5% ni tashkil qilsa. AQSH da jami turizm mahsulotlarining tovar aylanmasi ichida internet sotishlarning ulushi 2002 yilda 3.5% ni tashkil qildi. 2005 yilda bu ko‘rsatgichni 15% ga yetkazish kutilmoqda.
Ko‘rinib turibdiki. Yevropa turizm bozorining rivojlanishi global axborot turizmining rivojlanishi bilan uzviy bog‘lanishda davom etmoqda. Global ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday ilmiy-texnikaviy o‘zgarish va rivojlanishlar turizm iqtisodini buguni va kelajagini belgilab beradi.
O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi turistlarning 60% ni yevropaliklar tashkil etadi. Internet va har xil global axborot uzatish tarmoqlaridan samarali va unumli foydalanish O‘zbekistonda turizm iqtisodiyotini rivojlantirish dolzarb va yaqin kelajakda hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalardan biridir.