Evropa ittifoqiga a’zo yetakchi mamlakatlar turizm .Evropa ittifoqi (EI) – Yevropaning rivojlangan davlatlarni iqtisodiy jihatdan birlashtiruvchi tashkilot. 1993 yil 1 noyabrgacha rasmiy ravishda yetakchi Farbiy Yevropa mamlakatlarining birlashgan guruhi Yevropa hamjamiyati deb atalar edi. 1993 yil birinchi noyabrda Maastrixt bitimi kuchga kirgandan keyin. bu guruhning nomi rasmiy ravishda Yevropa Ittifoqi deb atala boshlandi. Ittifoq a‘zolari o‘rtasida keng iqtisodiy erkinlik va hamkorlik (Erkin savdo. turizm sohasi bo‘yicha ochiq iqtisodiy hududi siyosati. bojxona. valyuta. tovar va xizmatlar. transport harakati erkinligi munosabatlari) o‘rnatilgan. SHengen‘ shartnomasiga asosan YeI ga a‘zo davlatlar o‘rtasida shunday kelishuv
mavjudki. bu davlatlarning biriga kelgan mehmon. qolgan 9 ta davlatga erkin o‘ta oladi. Bunday tartib soddalashtirilgan. YeI ga a‘zo mamlakatlarga xorijiy turistlarni juda katta qismi tashrif buyuradi.
Evropa Ittifoqiga a‘zo mamlakatlar ichida xorijiy turistlarni qabul qilish bo‘yicha Frantsiya. Ispaniya. Italiya. Buyuk Britaniya mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakatlarga umumiy tashriflarning 73%i to‘g‘ri keladi. Xalqaro turizm daromadlari bo‘yicha birinchi o‘rinda Ispaniya. keyin Frantsiya. Italiya va Germaniya mamlakatlari yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan.
Evropa mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik tashriflarning 66% Yevropa ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Xalqaro turizm daromadlarining qariyb 68%i Yevropa mintaqasida. Yevropa ittifoqiga a‘zo mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Evropa ittifoqiga hozirgi kunda 15 ta davlat a‘zo: Germaniya. Buyuk Britaniya. Bel‘giya. Italiya. Lyuksemburg. Gollandiya. Niderlandiya. Frantsiya. Daniya. Irlandiya. Ispaniya. Portugaliya. Avstriya. Finlandiya. Shedsiya. uning kengayish istiqbollari ham bor.
2002 yil Yevropa Ittifoqiga qilingan tashriflar va xalqaro turizmdan kelib tushgan tushum
№
Turistlarni qabul qiluvchi asosiy mamlakatlar
Xalqaro turistik tashriflar
Xalqaro turizmdan kelib tushgan tushum miqdori
2002
o‘zgarishi %
ulushi
% 2002
2002
mlrd. AQSH
dol.
o‘zgarishi %
ulushi
% 2002
200/2
000
200/20
01
200
1/20
00
2002/
2001
1.
Frantsiya
77.012
-2.6
2.4
29.2
32.329
-2.5
7.8
19.7
2.
Ispaniya
51.748
4.6
3.3
19.6
33.609
4.5
2.2
20.4
3.
Italiya
39.799
-3.9
0.6
15.0
26.915
-6.2
4.3
16.4
4.
Buyuk Britaniya
24.180
-9.4
5.9
9.2
17.591
- 16.7
8.0
10.7
5.
Avstriya
18.611
1.1
2.4
7.1
11.237
1.9
11.1
6.8
6.
Germaniya
17.969
-5.9
0.6
6.8
19.158
-0.3
4.0
11.6
7.
Portugaliya
11.666
0.6
-4.1
4.4
5.919
4.2
7.5
3.6
8.
Niderlandiya
9.595
-5.0
1.0
3.6
7.706
-6.8
14.6
4.7
9.
Irlandiya
6.476
-4.4
1.9
2.4
3.089
7.0
10.7
1.9
10.
Bel‘giya
6.724
-0.1
4.2
2.5
6.892
4.7
-0.2
4.2
Jami
263.78
-
-
100
164.44
-
-
100
MANBA:Butunjahonturizmtashkiloti (BTT). Germaniya Davlatining turizm iqtisodi.Germaniya respublikasi yuqori darajada rivojlangan industrial davlat. Germaniya aholisini joylashuvi. mehnatda bandlik strukturasi va sinfiy tarkibiy jihatdan nafaqat Yevropada. hatto dunyoda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Aholisi - 82.0 mln. kishi. egallagan maydoni - 356 ming kv.km.
Germaniya Yevropaning markazida joylashgan. uni Sharq tomondan Pol‘sha va Chexiya. Janubdan Shvedsariya va Avstriya. Janubiy-Farbdan Frantsiya. Farbdan Bel‘giya va Gollandiya. SHimolda esa Daniya davlati. Shimoliy Sharqda Boltiq dengizi va Shimoliy Farbda Shimoliy
dengiz o‘rab turadi.
Millionlab sayyohlarga turistik xizmat ko‘rsatish. bir tomondan juda katta tadbirkorlik imkoniyatlarini ochib bersa. ikkinchi tomondan. keyingi yillarda vujudga kelgan raqobat muhitini kuchaytirib yubormoqda. Ayni paytda tobora ko‘payib borayotgan ishlab chiqaruvchilar (bevosita xizmat ko‘rsatuvchilar. turoperatorlar) va vositachilar (turagentlar) sekin rivojlanayotgan turizm bozorini o‘zaro taqsimlashi kerak. Yangi ochilgan turagentliklarning qarayib yarimi 5 yildan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtashishi mumkin. CHunki keyingi yillarda bankrotga uchragan kompaniyalar soni keskin ko‘paydi. Har yili 200 ga yaqin firmalar yopilishi kuzatilmoqda. SHu tufayli. tarmoqqa xos bo‘lgan tajribalar va shaxsiy tadbirkorlik qobiliyati bilan birga. tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun korxona xo‘jaligi bo‘yicha
«nou-xau»lardan xabardor bo‘lishni taqozo etmoqda.
Xorijiy sayohatlar uchun harajatlarning o‘sishi va yakka holdagi sayohatlarning pekij turlar tomonidan tobora siqib chiqarilishi orqali yutig‘i 2-barobar ortgan bozor hajmi 2000-yilda pekij turlar uchun avvalgi yilgi salmoqli siljishga nisbatan yana bir bor kuchliroq o‘sish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Germaniyada mehmonlar soni avvalgi yildagi +5% dan +9.5%ga o‘sdi. Masalan: birgina Cg‘N Touristic AG guruhini olib qaraydigan bo‘lsak. uning sotish bozorlaridagi o‘sish salohiyatlari turlicha. Tashkiliy turizm salmog‘i Buyuk Britaniyada 60.0%ga yetgan. Germaniyada 50.0% ni tashkil etadi. shu bilan birga. kelajakdagi o‘sish uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Bunday imkoniyatlar Bel‘giya va Frantsiyada yanada kuchliroq. biroq ulardagi tashkiliy turizm salmog‘i 25.0-27.0% ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda Germaniyaning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti o‘zining vazifalariga ega bo‘lib. bu iqtisodiyot va Texnologiya Federal Vazirligi ITFV dir (Bundesministerium fuer Wirtschaft und Technologie BMWI).
Germaniyada turizm iqtisodiyot uchun katta daromad keltiruvchi sohalardan biri bo‘lib hisoblanadi (o‘rtacha yiliga 17.5 mlrd. dollar). Turistlar xush ko‘radigan asosiy maskanlari Boltiq dengizi qirg‘oqlari. Saksoniya Shvedsariyasi. Boden ko‘li atroflari. Al‘p tog‘ yonbag‘irlari va boshqalar.
Germaniya fuqarolarining katta bir qismi uchun sayohat odatdagi yashash standartiga kiradi. Ularning sayohat qilish intensivligi 74% ni tashkil etadi. Umuman olganda har yili Germaniya fuqarolari kamida 5 kun davom etadigan 70 milliondan ortiq ta‘til sayohatlariga chiqadilar.
Masalan. 1980 yili nemislarning deyarli chorak qismi tashkiliy ravishda sayohatga chiqqan bo‘lsa. 2000 yili esa ularning soni deyarli ikki marta ortdi.
Binobarin. Germaniya turizmini qo‘llab-quvatlash FITVning ko‘p sonli vazifalaridan biridir. Buning ortida Germaniya iqtisodiy hududini ta‘minlash turadi. Bunga shuningdek. Yevropa integratsiyasini kengaytirish. xalqaro savdo munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash. shuningdek. o‘rta tabaqaga mansub aholi sonini ko‘paytirish va korxonalarning mustaqilligini mustahkamlash ham kiradi.