‘’amaliy matematika’’ fakulteti ‘’ iqtisodiyot ‘’kafedrasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#561643
  1   2   3   4   5
Bog'liq
YVMzDxPoUiNwaECrmGRfzf56QaTekJJ9



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TALIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITUTINING 
JIZZAX FILIALI 
‘’AMALIY MATEMATIKA’’ FAKULTETI 
‘’ IQTISODIYOT ‘’KAFEDRASI 
“IQTISODIYOT NAZARYASI’’ FANIDAN 
 
 
 
NAZORAT ISHI 
MAVZU: Aholi daromadlari va davlatning ichtimoiy siyosati 
 
TOPSHIRDI: 924-gruh talabasi 
Salohiddinov S. 
 
QABUL QILDI: 
Nizomiddinov A. 
 
 
 
 
 
Jizzax 2021 


Kirish 
Reja: 
1.
Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani 
tushunasiz?. 
2.
Ijtimoiy adolatni ta’minlashda aholi daromadlarini shakllantirish 
siyosatining roli qanday? 
3.
Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni sanab ko‘rsating.. 
4.
Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. 
5.
Turmush darajasini qanday ko‘rsatkichlar xarakterlab beradi 
Xulosa 


Kirish 
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u 
serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir 
vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul 
mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar 
keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, 
daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim 
o‘rin tutadi. 
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular 
tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini 
anglatadi. 
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan 
daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, 
mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli 
qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik 
buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan 
daromadlarni o‘z ichiga oladi. 
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining 
o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi. 
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan 
va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. 
Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan 
daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi. 
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma 
maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad 
nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lov summasiga kam 
bo‘ladi. 
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining 


ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va 
xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi, ya’ni daromadning xarid quvvatini 
bildiradi. 
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, 
ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 
a)
ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; 
b)
davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul 
tushumlari; 
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari. 
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy 
ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul 
daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining yetakchi rolini saqlab 
qoladi. 
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga 
oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi. 
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari 
quyidagilardan iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy 
qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg‘arma 
bankiga qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining 
ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya 
bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, 
vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k. 
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur 
bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamdakishilar 
ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash 
mumkin. 
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari 
tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: 


1. 
Tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar. 
2. 
Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari. 
3. 
Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish. 
4. 
Turar joy sharoitlari. 
5. 
Ma’lumot va madaniyat. 
6. 
Mehnat qilish va bandlik sharoitlari. 
7. 
Aholining daromadlari va xarajatlari. 
8. 
Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari. 
9. 
Transport vositalari. 
10. 
Dam olishni tashkil etish. 
11. 
Ijtimoiy ta’minot. 
12. 
Inson erkinligi. 
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid 
ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi 
YaIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga 
to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar. 
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to‘plami mehnat sharoiti, 
ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil 
ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat 
a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq. 
Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va 
tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish 
mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush 


darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot 
ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. 
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash 
iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir 
qator turlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila byudjeti, yuqori darajada 
ta’minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, 
nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular 
jumlasidandir. 
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi 
bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi 
kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy 
ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning 
boshlanishi) sifatida chiqadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan 
tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati 
to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va 
bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari 
kiradi. 
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining 
mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va 
xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi. 
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush 
tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon 
hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi 
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli 
jihatlarini qamrab oladi, ya’ni: 
-
mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari; 
-
turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari; 
-
siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish; 
-
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari; 
-
kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish