‘’amaliy matematika’’ fakulteti ‘’ iqtisodiyot ‘’kafedrasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#561643
1   2   3   4   5
Bog'liq
YVMzDxPoUiNwaECrmGRfzf56QaTekJJ9

2.
 
Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash 


Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha 
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar 
aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. 
Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va 
guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. 
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni 
bartaraf qilmaydi. 
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon 
amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning 
yotiq chizig‘ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig‘ida esa bu 
guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. 
Nazariy jihatdan daromadlarning mutlaq teng taqsimlanishi imkoniyati 
(burchakni teng ikkiga bo‘luvchi) 0E chiziqda ifodalangan 
bo‘lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi 
foizini olishini ko‘rsatadi. Ya’ni aholining 20% barcha daromadlarning 
20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% 
daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig‘i 
daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi. 
1-chizma. Lorens egri chizig‘i. 
Shuningdek, nazariy jihatdan mutlaq tengsizlikni ham ajratib ko‘rsatish 
mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20%, 40 yoki 60% va h.k.) 
hech qanday daromadga ega bo‘lmay, faqat bir foizi barcha 100% daromadga 
ega bo‘ladi. Chizmadagi 0FE siniq chizig‘i mutloq tengsizlikni ifodalaydi. 
Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlik holatlari mavjud bo‘lmaydi. 
Balki aholining ma’lum guruhlari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishi 
notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig‘i deb 
nomlanuvchi 0E egri chizig‘i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi 
va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko‘rinadiki, aholining 
dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to‘g‘ri 
keladi. Keyingi guruhlarga to‘g‘ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. 
Daromadning eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so‘nggi 20%ga to‘g‘ri 
keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, 
ya’ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga ega bo‘lsa, keyingi 10%ga 
daromadning deyarli 40% to‘g‘ri keladi va h.k. 
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi 
tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta 


bo‘lsa, ya’ni Lorens egri chizig‘i 0E chizig‘idan qanchalik uzoqda joylashsa, 
daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo‘ladi. Agar 
daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri 
chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-biriga mos kelib, farq yo‘qoladi. 
Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo‘llaniladigan 
ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% 
eng yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10% eng kam 
ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, 
AQSh va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1ga teng. 
Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash 
uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini 
koeffitsienti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Djini koeffitsienti chizmadagi Lorens 
egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE 
uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik katta 
bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat 
a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 (nol)ga intiladi. 
Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 
dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi 
umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar: 
kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; 
ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi 
(bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar. 
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi 
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari 
uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish