‘’amaliy matematika’’ fakulteti ‘’ iqtisodiyot ‘’kafedrasi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#561643
1   2   3   4   5
Bog'liq
YVMzDxPoUiNwaECrmGRfzf56QaTekJJ9

3.
 
Davlatning ijtimoiy siyosati 
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni 
tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali 


aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat 
daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor 
narxlarini o‘zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash 
usullaridan foydalanadi. 
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy 
faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning 
maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki 
talabni ushlab turish hisoblanadi. 
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli 
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol 
tovarlariga narxning o‘sishini hisobga olish va daromadlarni 
indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda 
oshirib borish hisoblanadi. 
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi 
aholining kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. 
Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida 
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda 
ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal 
me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlariniham o‘z 
ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy 
ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga 
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular 
jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va 
shu kabilar kiritiladi. 
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi 
ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. 
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish 

bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi 
munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasinimuntazam 
oshirib borish hisoblanadi. 


Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol 
bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat 
mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. 
Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali 
nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur 
tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining 
kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash 
borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda 
aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p 
bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd 
etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib 
borildi. 
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni 
amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan 
yangi bosqich boshlashini bildiradi. 
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini 
qo‘llab-quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining 
farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay 
imkoniyat yaratishga harakat qiladi. 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda 
olgan daromadlari miqdori. 
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari 
summasi. 
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan 
daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish 
mumkin bo‘lgan daromad. 
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi 
daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga 
yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid 
quvvatidir. 


Lorens egri chizig‘i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni 
xarakterlaydi. 
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar. 
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga 
yo‘naltirilgan siyosat. 
Xulosa 
Aholi daromadlari – barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot 
shaklida) tushumlar hamda ko‘rsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining 
milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai – ish 
haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot, foyda, dividend, zayom va 
lotereya yutug‘i, bank to‘lagan foiz puli, ko‘chmas mulkdan kelgan renta 
to‘lovi va ija-ra puli, sug‘urta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor 
sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq 
aholisi o‘zining tomorqa xo‘jaligidan ham mahsulot olib daromad ko‘radi va 
u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj 
qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar ko‘rsatiladi (bepul 
ovqatlanish, kiyim-kechak, doridarmon, transport va kom-munal xizmati va 
hokazo); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi daromadlari nominal va 
real daromadlarga bo‘linadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi 
shaklida olgan daromad bo‘lib, inflyatsiya ta’sirida uning harid qobiliyati 
pasay-ishi mumkin. Real daromad – pul shaklidagi daromadga amalda 
qanday miqdorda iste’mol buyumlari va xizmatlar harid etish mumkinligini 
ko‘rsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush 
darajasining umumlashgan va yaxlit ko‘rsatkichi hisoblanadi.Iqtisodiyotda 
aholi yalpi pul daro-madlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy to‘lovlar 
(soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan so‘ng uning qo‘liga 
tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qo‘liga tegadigan 
daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta’sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda 
ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy 
mulk ustivor, renta, aholi pul jamg‘armasi ko‘p bo‘lsa, bank to‘laydigan foiz 
puli salmoqli bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Aholi daromadlari tarkib 
jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan olingan daromadlar va 
transfert (nochorlarga byudjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi 


daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor 
daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida O‘zbekistondagi 
Aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, 
mulk daromadi kabilar)ning ko‘payib bo-rishi kuzatiladi.Ahmadjon 
O‘lmasov. 
AHOLI DAROMADLARI — barcha aholiga tegishli pul va natural 
(mahsulot shaklida) tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; 
aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari 
manbai — ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mukofot, foyda, dividend, 
zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan 
kelgan renta toʻlovi va ijara puli, sugʻurta qoplamalari va b. dan 
iborat. Bozor sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga 
ega. Qishloq aholisi oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot 
olib daromad koʻradi va u natural daromadga kiradi. Shuningdek, aholining 
yordamga muhtoj qatlamlariga bepul mahsulot beriladi va xizmatlar 
koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyimkechak, doridarmon, transport va 
kommunal xizmati va h. k.); bular natural daromadlar hisoblanadi. Aholi 
daromadlari nominal va real daromadlarga boʻlinadi. Nominal 
daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad 
boʻlib, inflyatsiya taʼsirida uning xarid qobiliyati pasayishi mumkin. Real 
daromad — pul shaklidagi daromadga amalda qanday 
miqdorda isteʼmol buyumlari va xizmatlar xarid etish mumkinligini 
koʻrsatadi. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush 
darajasining umumlashgan va yaxlit koʻrsatkichi hisoblanadi. 
Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daromadlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy 
toʻlovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan soʻng uning 
qoʻliga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qoʻliga 
tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli taʼsir etadi. Rivojlangan 
mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar 
mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamgʻarmasi koʻp boʻlsa, 
bank toʻlaydigan foiz puli salmoqli boʻladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
Aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorliqdan, mulkdan 
olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan 
beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. 
Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi 
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida Oʻzbekistondagi Aholi 
daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari 
(tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning koʻpayib borishi kuzatiladi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish