Hujum zarbalarini berishni o‘rgatish
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Hujum zarbalarini berish shug‘ullanuvchilardan atletik tayyorgarlikni, kuch,
tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarining yaxshi rivojlanganligini talab
etadi. Asosiy mashqlar tarkibiga tayanch-harakat apparatini mustahkamlovchi,
avvalo to‘piq, tizza, yelka, oyoq va qo‘l panjalari, barmoq bo‘g‘inlarini va
mushaklarning qisqarish tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar kiritiladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar predmetsiz yoki predmetlar (to‘ldirma to‘p,
gantellar, cho‘ziluvchan elastik predmetlar va hokazo) bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |