r asm. Asosiy mimika harakatlari:
— osoyishta chehra; 2 — tabassum; 3 — xushchaqchaq chehra;
4— savol ma’noli chehra; 5—e’tibor; 6— o‘ylash; 7 — nafratlanish;
8 — qayg‘u; 9— yig‘i.
nerv hujayralarida, oliy nerv markazlarida qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi. Bu qo‘zg‘alish ma’lum vaqtdan keyin so‘nadi, lekin uning izi qoladi. Ana shu nerv markazlarida qolgan ta’sir izi xotira deb ataladi. Demak, xotira turli voqealarning odam ko‘rgan-kechirganlarining, bajarilgan ishlaming ma’lum vaqt davomida eslab qolinishidir.
Xotira qisqa va uzoq muddatli bo‘ladi. Qisqa muddatli xotirada ta’siming izi juda oz vaqt davomida saqlanadi. Bir vaqtning o‘zida odam yettitagacha har xil ta’sirotni qisqa muddat davomida eslab qolishi mumkin. Masalan, ayrim so‘zlami, raqamlami, buyum-
laming xususiyatlarini va hokazo. Albatta, bunda har bir odam nerv sistemasining individual xususiyatlari, tajribasi, malakasi kabilar muliim rol o‘ynaydi.
Uzoq muddatli xotirada ta’siming izi miya hujayralarida uzoq muddat davomida, ba’zilari umr bo‘yi saqlanadi. Sodir bo‘lgan voqealaming eslab qolinislii ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘ladi. Ixtiyorsiz eslab qolish odamning xoliisliiga bog‘liq emas, bunda odam uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan ba’zi o‘tkinchi, tasodifiy ta’sirlar ma’lum vaqt davomida saqlanib qoladi. Ixtiyoriy eslab qolishda odam tashqi muliitdagi voqealami, ta’simi tanlab, ulaming kerakligini, zaru- rini, xohlaganini xotirada saqlaydi. Voqealar, ta’sirlar ko‘p bo‘l- ganida ulaming hammasi esda qolmaydi. Ko‘p yoki oz voqea ta’sirini eslab qolish va ulami oz yoki ko‘p muddat davomida saqlash har bir odamning individual qobiliyatiga hamda voqealaming ahamiyatiga bog‘liq. Bundan tashqari, har bir ta’sir (axborot, voqea) qancha ko‘p takrorlansa, shuncha uzoq vaqt esda qoladi. Shu bilan birga, har bir odam nerv sistemasining xususiyatlariga ko‘ra, voqealami eslab qolislii har xil bo‘ladi.
Odamning nutqi va fikrlash qobiliyati qanday rivojlanadi?
Odam xulq-atvorining shakllanishi nimalarga bog‘liq?
Hissiyot va uning turlarini hamda sodir bo‘lishini tushuntiring.
§. Uyqu va uning ahamiyati
Uyquning fiziologik tabiati. Uyqu bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanislii natijasida hosil bo‘ladigan fiziologik holatdir. Uyqu vaqtida analizatorlarning faoliyati pasayadi yoki butunlay yo‘qoladi, ya’ni ko‘rish, esliitish, liid va ta’m bilish, harakatlanish, terining issiq-sovuqni, siypalashni, kuchsiz og‘riqni sezish xususiyatlari deyarli yo‘qoladi. Uxlagan odamda oliy nerv faoliyatiga xos bo‘lgan fikrlash, ong, tashqi muliitdagi voqealami, o‘zgarislilami sezish, ular to‘g‘risida xulosa qilish qobiliyati deyarli yo‘qoladi. Shartli reflekslar hosil bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasining quyi qismlari, ya’ni orqa miya, uzunchoq, o‘rta, oraliq miyadagi markazlaming ish faoliyati butunlay yo‘qolmaydi. Ma’lum darajada pasayadi, chunki bu markazlar odamning hayotini ta’minlaydigan organlar (yurak-qon tomir, nafas olish tizimi, buyrak, endokrin sistemasi kabilar) ishini boshqaradi. Shuning uchun uyqu vaqtida bu organlaming ishi pasayadi, xolos.
Uyqu xillari. Odamda uyquning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: tabiiy fiziologik uyqu, gipnotik, narkotik uyqu va uyqu kasalliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |