+ Hissiyot, xotira
Yuqorida aytilganidek, ko‘rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’- mini bilish kabi sezgi organlari birinchi signal tizimi bo‘lib, ular odamda va yuksak hayvonlarda deyarli bir xil. Bu sezgi organlari orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi.
Odamning yuksak hayvonlardan asosiy farqi unda og‘zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq qitiqlagich sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qilish xossasiga ega.
Odamning gapirish xususiyati taxmimam 500 ming yil ilgari paydo bo‘la boslilagan. Ibtidoiy ajdodlarimiz yashash, o‘zini liimoya qilish uchun oldingi oyoqlaridan qo‘l sifatida foydalana boshlab, ulaming gavdasi vertikal holatda yurishga o‘ta boslilagan. Shundan so‘ng ularda bir-biri bilan so‘z orqali munosabatda bo‘1 ish zarurati tug‘ilgan. Bu esa ularda lab, til, hiqildoq kabi organlaming tuzilishi va funksiyasi o‘zgarisliiga sabab bo‘lgan. Asta-sekin gapirish xususiyati paydo bo‘lgan. Nutqning rivojlanislii esa odamlaming bir-biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlari yanada ko‘payishiga, ong rivojlanishiga sabab bo‘ldi. I.P. Pavlov „Nutq bizni odam qildi“, degan edi.
Og‘zaki va yozma nutq bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markaz- larida shartli reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq yordamida bilim olamiz, kasb va hunar o‘rganamiz. Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog‘liq, chunki boshqalar nutqini qabul qilib, uning ma’nosiga qarab bizda fikrlash vujudga keladi, o‘z fikrimizni esa nutq orqali bayon etamiz.
Nutq ikkinchi signal tizimi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal tizimi asosida paydo bo‘lib rivojlana boshlaydi. Bola bir yoshga kirganda u 5—10 ta so‘zni ayta oladi, ikki yoshda uning so‘z boyligi 300 taga, uch yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga yetadi. Bolaning so‘z boyligi uning sog‘lig‘iga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga, ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog‘liq.
Odamning nutqi tarbiya, o‘qish, bilim olish jarayonida rivoj- lanadi. Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib o‘qish, she’r aytish, qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash muhim rol o‘ynaydi. Nutqning rivojlanishi, o‘z navbatida, odamning o‘qishi, bilim olishi, hunar o‘rganishiga, fikrlash qobiliyati va ijodiy ravnaqi yanada takomil- lashuviga imkon beradi.
Odam xulq-atvorining ijtimoiy sharoitga bog‘liqligi. Odam sezgi organlari orqali tashqi muhitning xilma-xil ko‘rinishlarini, ta’sirini qabul qilib, ular haqida fikrlashi tufayli o‘zida tushuncha hosil qiladi. Shuning uchun ham bolaning fikrlash qobiliyati, ongi, xulq-atvori shakllanishida uning yashash, tarbiyalanish, o‘qish sharoiti, atrofdagi kishilar, ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchilar hamda boshqa ijtimoiy sharoit muhim o‘rin tutadi.
Hissiyot. Atrofdagi voqealarga, o‘qigan kitoblarga, tinglagan musiqaga va leksiyaga, tomosha qilingan kinofilm yoki spektakllar- ga, boshqalar bilan bo‘lgan muloqotga odamda turli hissiyot (emotsiya) paydo bo‘ladi. Masalan, jiddiy o‘ylash holatlari, xur- sandchilik yoki nafratlanish, qayg‘u yoki kulgi, yig‘lash, osoyish- talik kabilar. Bu holatlar paydo bo‘lishida har bir odamning oliy nerv faoliyatining xossasi muhim o‘rin tutadi. Binobarin, ma’lum bir voqeaga bir odamda osoyishtalik, o‘ylash holati paydo bo‘lsa, ikkinchisida bezovtalanish, qayg‘urish holati yuzaga keladi.
Hissiyot ikki xil: musbat va manfiy bo‘ladi. Musbat hissiyot — xursandchilik, kulgi, qoniqish, yaxshi kayfiyat kabilar; manfiy hissiyot — qayg‘urish, qo‘rqish, taajjublanish, yig‘lash kabilardir (70- rasm).
Xotira. Ma’lumki, tashqi va ichki muhit ta’sirida markaziy nerv sistemasida, xususan, bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining
Do'stlaringiz bilan baham: |