Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari
Reja:
Pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari
O'qituvchilik kasbining shakllanishi
Nutq malakasi va texnikasini mukammal o'zlashtirish.
Tushunarli, ta'sircnan fikr va his-tuyg'ularni so'zda aniq ifodalash.
Mimik va pantomimik harakatlardan o'z o'rnida foydalanish.
Ma'noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash.
Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o'z his-tuyg'ularini jilovlay olish.
Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo'lgani jodiy kayfiyatni boshqarish.
Kulgi va tabassunida samimiylikni e'tirof etish.
O'quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag'batlantiruvchi munosabatda bo'lish.
Savodli va sof adabiy tilda so'zlash.
Aniq imo-ishoralarni o'z o'rnida ishlata olish.
Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo'llay bilish.
Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalana olish.
Muosharat odobiga doimo rioya qilish.
bo'lmish yosh avlodga chuqur bilim berish o'qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
O'qituvchilik kasbining shakllanishi davomida uning pedagogik mahorati takomillashib boradi. U har xil psixologik xususiyatlarga ega bo'lgan o'quvchilar bilan ta'lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o'z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib, mohirona qo'llashga majbur etadi.
Tarbiya natijasida belgilangan maqsadga erishish uchun o'qituvchildar yillar davomida yig'ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydilar. O'quvchilarning nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy natijalari o'qituvchi pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. O'qituvchi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi lozim.
Quyida keltirilayotgan pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari milliy an'ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib hozirgi global rivojlanish davrida yanada to'ldirilib borilishi mumkin. Pedagogik mahoratni egallash vositalari O'qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarni namoyon eta olishi, yetuk o'qituchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur.
Pedagogik mahorat-yuksak pedagogik tafakkur, ta'lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o'tmish qadriyatlari, O'rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylami tayyorlash to'g'risidagi ma'lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'lish, ilg'or xorijiy davlatlarning o'qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi.
Yosh o'qituvchilarning, shuningdek, ta'lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo'lgan o'qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo'lishlari o'zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo'lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quydagi vositalar asosida yanada rivojlantirish mumkin:
1. Mustaqil o'qib-o'rganish (pedagogika fanida ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar haqida ma'lumotlar beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma'lumotlar, shuningdek, ilg'or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).
2. Tajribali ustoz o'qituvchilar faoliyatmi o'rganish (ta'lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali o'qituvchilar faoliyatini o'rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg'ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlami umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).
O'qituvchi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko'nikmaJarni oshirib borish.
Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o'qish hamda treninglar) da faol ishtirok ketish.
Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta'lim muassasalarida o'z tajribalarini oshirish, kasbi bo'yicha eng so'nggi ma'lumotlarni o'rganish. Pedagogik mahoratni egallashdagi guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi.
Binobarin, bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to'g'riligi, haqqoniyligiga ishoneh hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklami o'z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo'larini topish imkoniyati mavjud. Pedagogik mahoratga ega bo'lish ta'lim-tarbiya samaradorligini ta'minlash garovi bo'libgina qolmay, ayni vaqtda o'qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro'-e'tiborini oshiradi, o'quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan holi bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida yosh o'qituvchilarning kasbiy mahorati, bilim va ko'mkrnaJarini muntazam oshirib borish maqsadida qizg'in faoliyat olib borilmoqda. Xususan, O'zbekiston xalq ta'limi vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Ta'lim sektorini rivojlantirish dasturi" loyihasi doirasida respublika hududlarida masofadan o'qitishning "Ta'lim-resurs" Markazlari tashkil etilgan. Ushbu faoliyat natijasida yosh o'qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda kasbiy malakalarini oshirish imkoniyati tug'ildi.
Maktablarga yosh o'qituvchilarni jalb etish va ularga har tomonlama amaliy yordam berish, taTim-tarbiya jarayonida ilg'or va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko'rnamlashish maqsadida 2009-yildan boshlab "Respublika yosh o'qituvchilar assotsiatsiyasi" o'z faoliyatini boshladi.
Mustaqillikka erishgach, birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan 1- oktyabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda an'anaviy ravishda "Yilning eng yaxshi pedagogi" Respublika ko'rik-tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. UmumtaTim maktablarida faoliyat ko'rsatayotgan pedagog xodimlar orasida ilg'or va tashabbuskor o'qituvchilar aniqlanib rag'batlantirili, yosh o'qituvchilarda o'z kasbiga nisbatan hurmat va ehtirom uyg'otadi.
2006-yildan boshlab esa, "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" ko'rik tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. "Yil maktabi" - Respublika ko'rik-tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. O'qituvchilarga jamoa asosida ta'lim muassasasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlami targ'ib etish uchun sharoit yaratmoqda. Shuningdek, mustaqillik yillarida respublika xalq ta'limi tizimidagi 3425 nafar o'qituvchi va murabbiylar pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlami qo'lga kiritganlari va fidokorona mehnatlari uchun turli davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlandilar.
Barkamol avlodga ta'lim va tarbiya berishda cheksiz matonatlari uchun ustoz o'qituvchilardan olti nafari "O'zbekiston Qahramoni" unvoni bilan, 302nafari "O'zbekiston Respublikasi xalq o'qituvchisi" va 319 nafari "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi" faxriy unvonlariga sazovor bo'lganlar, 101 nafari "El-yurt hurmati", 2lnafari "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan 1229 nafari "Shuhrat" medali bilan taqdirlanganlar. «Kadrlar tayyorlash miiliy dasturi»da alohida ta'kidlangan milliy model O'zbekiston RespubHkasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg'or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis)-barkamol inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o'zida to'laqonli aks yettiravchi namunadir.
O'zbekiston RespubHkasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalarini amalga oshirish jarayonida asosan o'qituvchi kadrlarning roll nihoyatda beqiyos, XXI asr bolasini o'qitish va tarbiyalash, ularni barkamol inson va yetuk malakali mutaxassis kadrlar darajasiga etkazish vazifasni faqat yuksak tajribaga ega XXI asr o'qituvchisigina uddalay oladi.
Pedagogik kompetentlik. Innovation muhim sharoitida pedagogik faoliyatni tashkil etishga qo'yiladigan talablar.
Kompetentlik-chuqur bilimga egalik, chuqur bilimga asoslanganlik, asoslilik, xabardorlik omilkorlik.
Kompetensiya - lotincha so'z bo'lib, tegishli, layoqatli degan ma'noni bildiradi.
Muloqot - o'zaro munosabatlar, o'zaro ta'sirlarni ta'minlashga, ma'lumotlarni almashtirisbiii o'z icliiga olgan va munosabatlarni, ularning aloqalarini amalga oshiradigan, ma'lum yo'nalishga asosan olib boriladi-gan faoliyat hisoblanib, kishilarning birgalikdagi faoliyatining bir turidir. Pedagogik muloqot - o'quv-tarbiya jarayoni davomida o'qituvchi (pedagog)ning o'quvchilar bilan kasbiy muloqoti xisoblanadi.
Qobiliyat - shaxsning individual - psixolognk o'ziga xosligining psixologik tarkibiy tuzilishiga kiritilgan, qaysidir bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga taalluqli bo'lgan va bilimlar, malakalarni egallashning tezkorligini, yengilligini izohlab beradigan xususiyatdir. Hozirgi davrda o'qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish
"Ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko'tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etishishlari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb hisoblanadi" deyiladi
"Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentiningl997yil 6 oktabrda qabul qilgan Farmonida barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi yangicha ftkrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo'lgan yuksak malakali kadrlarga bog'liq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo o'qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuktatilgan.
Shu sababli, chuqur bilimga ega bo'lgan, zamonaviy o'qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. O'qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta'lim mazmunini egallagan bo'lishlari kerak. O'qituvchi xodimlar o'zlarining kasb-ko'nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish respublika ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta'minlash, ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma'naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog'liqdir.
Shaxsni tarbiyalashish nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O'zbekiston Respublikasida o'qituvchi kadrlaming ma'naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo'yilmoqda.
Chunonchi, bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi—ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aql idrokli qilib o'stirishi, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o'zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak».
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o'qituvchisi shaxsiga nisbatan qo'yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o'qituvchi qanday bo'ilshi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu ammo bo'yicha ko'plab pedagog va psixolog olimlar o'z rlkr va mulohazalari bilan chiqdilar. O'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an'ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatmi hozirgi zamon talablan darajasida rivojlantirish uchun metodik qo'llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo'ldi.
Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo'yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
XXI asrga kelib o'qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global o'zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o'qituvchidan yuksak mahoratni, o'tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo'lishni talab qiladi. Hozirgi zamon o'qituvchisi o'zning mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo'nalishlari bo'yicha maxsus bilimlarga ega bo'lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va mas'uliyatlar o'qituvchilardan talab qilinadi:
1. 0'qituvchi, eng avvalo, mas'uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma’rifat targ'ibotchisidir.
2. O'qituvchi tabiatan o'quvchilarni seva olishi, o'z mehrini, his-tuyg'ularini har lahzada o'quvchilar ichki dunyosi bilan bog'lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo'lishi kerak.
3. O'qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro'yberayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtirrioiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o'quvchilarga to'g'ri, asosli ma'lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
4. Zamonaviy o'qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo'lib borishi talab etiladi. (Karimov.LA. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati.-Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni bosh tahririyati, 1993.27-28-bet.)
O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur va puxta bilimga ega bo'lishi, barcha fanlar integratsiyasini o'zlashtirib borishi, bunda o'z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi.
O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan ho Ida ta'lim-tarbiy faoliyatini tashkil yetishi kerak.
7. O'qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta'lim vatarbiyaning eng samarali va zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lmog'I lozim.
8. O'qituvchi ijodkor, ta'lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
O'qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, konimunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo'1-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika,takt) qoidalariru chuqur o'zlashtirib borishi shart.
O'qituvchi nutq madaniyatiga ega bo'lishi zararlining nutqi quyidagi xususiyatlarni o'zida aks ettirishi kerak: turli sheva so'zlardan holi bo'lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o'qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo'lishi; hikmatli so'zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko'chirma gaplardan o'rinli foydalana olishi lozim. Jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so'zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o'zga millatlarga xos so'zlarni noo'rin qoilanilishi), vulgarizm (haqorat qilish, so'kishda qo'llaniladigan so'zlar) hamda konselyarizm (o'rni bo'lmagan vaziyatlarda rasmiy so'zlardan foydalanish) kabi norasmiy so'zlardan holi bo'ilshi.
O'qituvchining kiyinish madaniyati o'ziga xos bo'lishi, ya'ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar) dan foydalamnasligi, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.
12. O'qituvchi ta'lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
O'qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.
O'qituvchi, eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to'g'ri baholayoy oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlami bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak. O'qituvchilar unutmasliklari kerakki, o'quvchi ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va lo'nda bayon etilishiga ahamiyat qaratishlari maqsadga muvoflqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so'zni salbiy holatlar haqidagi dalillami keltirishdan boshlamasligi, aksincha, o'quvchilaming (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e'tirof etishlari, ularni yanada boyitishga ishonch bildirishi bilan muloqotni tashkil qilishi lozim. Muloqot jarayonida o'qituvchining so'zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do'stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin. O'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o'quvchilar, hamkasblari hamda ota-onalar o'rtasida obro'-e'tibor qozonishini ta'minlaydi. Hozirgi sharoitda jamiyatning o'qituvchilik kasbiga nisbatan qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablami amalda to'g'ri tashkil qilish vazifasi o'qituvchiga bog'liq. Zamonaviy maktab o'qituvchisi qator vazifalami bajaradi. Ojqitiivchi avvalo sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir, O'qituvchi tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim:
• shaxsni ma'naviy va ma'rifiy jihatdan tarbiyalashda mililiy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o'z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo'lgan muhabbati;
kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;
yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi, maktab gigiyenasidan o'z kasbiga oid bilimlarni mukammal bilishi;
o'z kasbi bo'yicha jahon fanida erishilayotgan so'nggi yutuqlar, tarbiya texnologiyasi, kompyuter va axborot texnologiyalari, yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lib borishi;
ta'lim-tarbiya metodikasidan ko'nikma va malakalarini oshirib borishi;
o'z kasbiga ijodiy yondashishi;
pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'liminin gifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo'lishi;
• o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur.
Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarfqilib, ulkan natijalarga erishish. Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo'ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste'dodli, kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xarakterga ega. O'qituvchi o'quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o'quv jarayonini mustaqil boshqaradi. Bularning hammasi ijodkorlikning tub mohiyati, ishning maqsadi va xarakteri bilan bog'liq, O'quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda, malum maqsadga erishmoq uchun o'qituvchilar bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O'qituvchi o'quvchilarni o'zi bilan hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalami bajaradi:
hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo'lgan faoliyat o'quvchilar uchun qiziqarli bo'lishi, o'quvchilaming yosh xususiyatlariga va qiziqishlariga to'g'ri kelishi lozim;
o'quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o'qituvchi ularga pedagogik va psixologik jihatdan to'g'ri vazifa qo'yishi, yo'l yo'riq ko'rsatishi shart;
o'quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o'qituvchi bir vaqtning o'zida ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi. Ijodiy faoliyat olib bomvchi o'qituvchi faqatgtna bolalarni muvaffaqiyatli o'qitish va tarbiyalash, ilg'or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko'nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur, Hozirgi zamon o'qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so'nggi yutuqlaridan foydalanishi, o'z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalami unumli qo'llay olishi taqozo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |