Inson uchun birinchi baxt — uning sog‘lig‘i, ikkinchisi — go ‘zaUikdir.
Arastu.
bob. ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI
§ . Ichki sekretsiya bezlari haqida umumiy tushuncha
+ Funksiyasi va ahamiyati
Odam organizmida uch xil bez bo‘ladi:
Tashqi sekretsiya bezlariga teridagi ter, yog‘, sut, so‘lak (quloqoldi, tilosti va jag‘osti) hamda me’da va ichak shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda hosil bo‘ladigan suyuqliklar tashqi muliitga chiqariladi. Shuning uchun bu bezlar tashqi sekretsiya bezlari deb ataladi.
Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qism- larida joylashgan bo‘lib, ularda islilab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari, deb ataladi. Icliki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon orqa, ay- risimon, buyrakusti bezlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |