§. Buyrakusti, me’daosti va jinsiy bezlar
B uyrakusti bezlari. Bu bezlar ikkita bo‘lib, nomiga monand o‘ng va chap buyraklaming ustki qismida joylashadi (57- rasm).
Ulaming birgalikdagi og‘irligi 10—20 g. Buyrakusti bezlari ikki qavat: ustki — po ‘stloq va icliki — miya qavatidan iborat. Buyrakusti bezining po‘stloq qavatida mineralokortikoid, glukokortikoid, androgen va estrogen gormonlari, ichki qavatida noradrenalin va adrenalin gormonlari islilab chiqariladi. Ulaming hammasi odam hayotida muhim ahamiyatga ega.
Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar almashinuvi boshqarilishida ishtirok etadi.
Glukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almaslii- nuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta’sirida qonda qand, jigarda glikogen miqdori ortadi.
Androgen va estrogen gormonlari erkaklar va ayollaming jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
Buyrakusti bezlarining icliki — miya qismida noradrenalin va adrenalin gormonlari islilab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta’siri bir xil bo‘lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi.
M e’daosti bezi. Bu bez me’daning pastki va orqa sohasida birin- clii bel umurtqasi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, uzunligi 16—20 sm, massasi 70—80 g. Me’daosti bezi aralash bez bo‘lib, to‘qimasining 98—99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvclii fermentlami islilab cliiqaradi. Bez to‘qimasining 1—2% i, ya’ni Langergans orolchasi deb ata- luvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.
Bezning Langergans orolchasida insulin gormoni islilab chiqariladi.
Insulin gormoni qondagi qand mod- 57. raSin. Buyrakusti dasining ortiqcha qismi jigar va bezi (1); buyrak (2).
muskul to‘qimalarida glikogen moddasi sifatida zaxira holda to‘planishini ta’minlaydi.
Me’daosti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko‘p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Sog‘lom odam qonida qandning normal miqdori 80—120 mg % bo‘ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150—250 mg % ga ko‘tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin.
Qondagi qandning miqdori normal bo‘lganda, u buyrak orqali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya’ni sog‘lom odamning siydigida qand mutlaqo bo‘lmaydi. Qonda qandning miqdori 140— 150 mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila bosh- laydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko‘p suv iste’mol qiladi. Iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to‘qima- larda o‘zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste’mol qilishga majbur bo‘ladi. Aks holda teri ostidagi zaxira yog‘ moddalari parchalanib, glukozaga aylanadi, hatto hujayra va to‘qimalar tarkibidagi oqsil, yog‘ moddalari ham glukozaga aylanib, qonga o‘tadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi.
Jinsiy bezlar. Erkaklaming jinsiy bezlariga bir juft moyaklar (urug‘don), moyak ortig‘i, prostata bezi kiradi. Moyaklar ellipssimon bo‘lib, massasi katta odamda 20—36 g bo‘ladi. Ularda erkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) ishlab chiqariladi. Moyaklaming bu funksiyasi o‘smirlik davrida (12—15 yosh) boshlanadi va keksayish davriga qadar davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |