Umurtqalilar



Download 15,32 Mb.
bet103/111
Sana30.04.2022
Hajmi15,32 Mb.
#598081
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   111
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

Asosiy ponasimon suyakdan yon tomonlarga chiqqan o'simtalar katta qanotlar, oldingi ponasimon suyakdan hosil bo'lgan yon o'simtalar kichik qanotlar deb yuritiladi. Bu o'simtalar ko'zlararo to'siqning pastki qismini tashkil etadi. Ko'z kosasining old tomonida kichkinagina ko‘z yoshi suy­
agi bor. Ko'zlararo yupqa to'siqning ko'p qismini noto'g'ri shaklli plastinkalar ko'rinishidagi juft ko'z-ponasimon suyak bilan qanot-ponasimon suyaklar hosil qiladi. Ular old va
asosiy ponasimon suyaklarning ustida turadi. Eshituv bo'limida markazdan suyaklangan juft tosh suyaklar bo'lib, bular asosiy ensa suyagining ikki yonidan joy olgan va pastki tomondan nog'ora suyaklar bilan qoplangan. Hidlov bo'limida, old- ponasimon suyakning oldida bitta panjara suyak bor. Bu suyak vertikal plastinka shaklida bo'lib, uning ikki yonidan


hidlov chig‘anoqlari chiqadi. Ustki jag‘ suyaklari hosil qil­ gan tashqi devordan hidlov bo‘shliqlariga pastki yoki jag‘ chig'anoqlari kirib turadi.
Qoplag'ich suyaklardan tepa, manglay va burun suyak­ lari miya qutisi qopqog‘ini hosil qiladi. Bundan tashqari, tepa suyaklar oralig‘ida sutemizuvchilarga xarakterli bo‘lgan toq
tepaaro suyak joylashgan. Miya qutisining yon tomonlari esa juft tangacha suyaklardan hosil bo'lgan. Yonoq o‘simtalari
tagida pastki jag' birikadigan yuza bor. Yonoq o'simtasi uzun yonoq suyagining orqa qismiga old tomondan esa ustki jag‘ suyagining yonoq o ‘simtasiga birikadi. Bu suyaklardan hosil
bo‘lgan yonoq yoyi ko‘z kosasini tashqi tomondan o‘rab turadi. Diapsid tipidagi bosh skeletida yonoq suyagi pastki chak­ ka yoyining, tangacha suyak esa yuqori chakka yoylarining elementidir. Shunday qilib, sutemizuvchilarda aralash chakka
yoy bo‘lib, bunday tipda tuzilgan bosh skeleti sinapsid tipiga mansub bo‘ladi.
Tangacha suyakning ostida qoplag'ich nog'ora suyak ham bor. Bu suyak sutemizuvchilar uchungina xos bo'lib, u tashqi
eshituv yo'lining suyak g'ilofi bilan o'rta quloqning tashqi devorini hosil qiladi. O'rta quloq bo'shlig'ida 3 ta eshituv suyakchalari: uzangi, sandon va bolg'acha mavjud ( 1 1 1-rasm).


1-yarim aylana kanallar, 2-chig‘anoq, 3-uzangi, 4-sandon, 5-bolg‘acha, 6-ovalsi- mon deraza, 7-nog‘ora pardasi, 8-tashqi quloq suprasi.


Bosh skeletining visseral (yuz) bo‘limi ham boshqa umurtqali hayvonlardagi singari bir necha suyaklardan tashkil topgan (110-V rasm).
Hamma sutemizuvchilardagidek, yuqori jag‘ juft jag‘ oldi suyak bilan kuchli taraqqiy etgan ustki jag‘ suyaklaridan
iborat.
Barcha sutemizuvchilarga xos ikkilamchi tanglay, jag‘lararo suyaklarning tanglay o‘simtalari (bu o'simtalar hidlovaro suyak bilan birga sutemizuvchilarda burunaro to‘siqni hosil qilishda ishtirok etadigan toq dimog1 suyagini yuqoriga ko'tarib qo‘yadi),
yuqori jag' suyagining tanglay o ‘simtalari va tanglay suyakla­
rining tanglay o ‘simtalaridan hosil bo‘lgan. Ikkilamchi tanglay burun yo'lini og‘iz bo‘shlig‘idan ajratib turuvchi devordir. Tanglay suyaklarining orqa qismiga ichki burun teshigi —xo­
analar o ‘mashgan. Nihoyat, tanglay suyaklarining orqa tomo­ niga vertikal o‘mashgan uzunchoq qanotsimon suyaklar biri­ kadi.
Pastki jag‘ faqat juft tish suyaklaridan iborat. Bu suyak­ lar old tomonda bir-biriga qo‘shilib simfizis hosil qiladi, orqa
tomonida esa yuqoriga qaragan katta tojsimon o'simtasi bor, shu o‘simtaning uchida birikuv boshchasi bo'ladi.
Tishlari. Sutemizuvchilar sinfining murakkab differensi- yallashgan (geterodont) tish sistemasi xarakterli belgilaridan
hisoblanib, bir qancha muhim xususiyatlari bilan boshqa umurtqalilaming tishlaridan farq qiladi.
Birinchidan, ular bir xil bo'lmay, kurak, qoziq va oziq tishlardan iborat. Oziq tishlar o ‘z navbatida haqiqiy (katta) oziq tishlar bilan soxta (kichik) oziq tishlarga bo'linadi (faqat tishli kitlarda barcha tishlar bir tipli bo'lib, o'tkir uchli konusga o'xshaydi, bu ikkilamchi holdir).


Ikkinchidan, sutemizuvchilarning har xil guruhlarida tish- larining soni har xil bo‘lib, bu sistematik ahamiyatga ega. Tishlar sonini qisqacha belgilash uchun tishlar formulasidan foydalaniladi. Bu formulada har xil tishlarning nomi lotincha bosh harf bilan belgilanadi. Masalan, kurak tishlar — incisivi
i, qoziq tishlar — canini —c, kichik oziq tishlar —praemo- lares — pm, katta oziq tishlar - molares — m. Ustki jag'dagi tishlar yarim soni chiziq ustiga, pastki jag'dagi tishlar yarim soni esa chiziq ostiga yoziladi.
Quyida odam va ayrim tur sutemizuvchilarning tish formu- lalari keltirilgan:
3 1 4 2
bo'riniki - i — ; с -----; pm— ; m------2 = 42;
3 1 4 3

3 1 4 2
tulkiniki — i — ; с -----; pm ---- ; m----- -2 = 42;


3 1 4 3

3 1 4 3
cho‘chqaniki — i — ; с -----; pm — ; m------2 = 44;


3 1 4 3


0----------------------------- 0 3 3
sigimiki — i — ; с -----; pm -----; m----- -2 = 32;
3 1 3 3

2 1 2 3
odamniki— i — ; с -----; p m — ; m ------2 = 32;


2 1 2 3


Uchinchidan, har bir tish ayrim alveola (chuqurcha)da joy­ lashadi, demak tishlar tekodontdir.
Umurtqa pog'onasi. Sutemizuvchilarning umurtqa pog'onasi bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dum bo'limlariga bo'linadi ( 1 12-rasm).


112-rasm. Tulkining umurtqalari (oldidan ko'rinishi):
A - bo‘yin bo‘limi, В - ko‘krak bo‘limi: 1-umurtqa tanasi, 2-ustki yoy, 3-ostist o‘simta, 4-ustki yoylarni birikish yuzasi, 5-orqa miya kanali, 6-ko‘ndalang o‘simta, 7-bo‘yin qovurg‘asining qoldig‘i, 8-qovurg‘a, 9-qon tomirlari uchun teshik, 10- qovurg‘a boshchasi, 11-qovurg‘a bo‘rtigi.


Umurtqa tanasining old va orqa yuzlarida sutemizuvchilar uchun xarakterli bo'lgan yassi bo'g'im yuzalari (platitsel umurtqalar) bor, ular yumaloq tog'ay disklari - menisklar
bilan bir-biridan ajralgan. Bo'yin bo'limida ko'pchilik sut- emizuvchilardagidek yettita umurtqa bo'ladi. Birinchi bo'yin umurtqasi atlas yoki atlantning old tomonida ikkita birikuv yuzasi bor, u shu yuzalar yordami bilan bosh skeletining ikki­
ta ensa bo'rtmasiga birikadi. Shuning uchun bosh skeleti atlas- ga nisbatan faqat vertikal tekislik bo'ylab harakat eta oladi, hamda atlas bosh skelet bilan birga ikkinchi bo'yin umurtqa­
si - epistrofeyning tishsimon o‘simtasida ham aylana
oladi. Epistrofeydagi tishsimon o'simta asUda atlasning ajral­ gan tanasi hisoblanib, u epistrofeyga mustahkam birikkan. Epistrofeyning ko'ndalang o'simtalari kalta va kichik bo'lib, orqaga qayrilgan va ularda umurtqa arteriyasi uchun teshik bor. Yuqori yoki nevral yoylaming ustida kalta ostist o'simtalari bo'ladi. Qolgan bo'yin umurtqalari qovurg'a rudimentlariga
205


ko'ndalang o'simtalaming qo'shilib, ichidan qon tomirlari o'tadigan kanal hosil qilishi bilan xarakterlanadi. Yuqori yoy- larda qo'shni umurtqalami bir-biri bilan harakatchan biriki­ shini ta’minlovchi biriktiruv yuzalari bo'ladi.
Ko'krak bo'limi umurtqalarining soni turli sutemizuvchilar turlarida 9 tadan 24 tagacha (tulkilarda 13 ta) bo'ladi. Umurtqa­ ning tanasidan yuqoriga orqa miya kanali devorini hosil qi­
luvchi ustki yoylar chiqadi. Ustki yoylar ustida orqaga qayrilgan baland ostist o'simta joylashgan. Ko'krak umurtqalarining
hammasida qovurg'a bor. Qovurg'alar suyakdan iborat ustki (orqa) va tog'aydan iborat pastki (qorin) bo'limlardan tashkil topgan. Barcha qovurg'alar o'zining boshchasi bilan ikkita qo'shni umurtqa tanasiga, shuningdek bo'rtma yordami bilan ko'ndalang o'simtalarga birikadi. Natijada qovurg'aning umurtqaga qo'sh birikishi vujudga keladi. Qovurg'aning boshi bilan bo'rtmasi oralig'ida hosil bo'lgan teshikdan qon tomir­ lari o'tadi.
Bel bo'limida umurtqalar soni turli sutemizuvchilarda 2 tadan 9 tagacha (itlarda 6 ta, quyon va tulkilarda 7 ta) bo'ladi. Bel umurtqalarida rudimentar qovurg'alar bor. Ko'pchilik sut emizuvchilarda dumg'aza umurtqalari o'zaro va chanoq suyak­ lariga qo'shilgan 4 ta umurtqadan iborat. Bulardan faqat old­ ingi 2 tasi haqiqiy dumg'aza umurtqasi hisoblanadi, qolgan 2 tasi esa dumg'azaga yopishgan dum umurtqalaridir. Yirtqich- larda dumg'aza umurtqalari soni 3 ta, quyonda 4 ta, o'rdakburunlarda esa 2 ta bo'ladi.
Dum umurtqalari sutemizuvchilarda ancha o'zgaruvchan. Masalan, gibbonlarda 3 ta, uzun dumli yashcherlarda 46 -49 ta, tulkilarda 19 ta, quyonlarda 15 ta, orangutanglarda 3 ta, odamlarda 3—6 ta (odatda 4 ta) bo'ladi.

Download 15,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish