Esda saqlash va unutish.
Esda saqlash deyilganda ilgari paydo bo`lgan taassurot, fikr, xis-tuygu va ish-xarakatning jonlanib, takrorlanib turishiga moyillik paydo qilishi va mustaxkamlanishini tushinamiz. SHunday mustaxkamlanishga sabab nerv sistemasining plastikligidir.
Biz ukib olgan material uni esda olib qolgan vaqtda mazmunan va shaklan qayday bo`lgan bo`lsa, albatda aynan shundayicha saqlanib turavermaydi. Lekin ayrim formulalar, ta’riflar, ko`paytirish jadvallari, mashina va telefon nomerlari miyamizda aynan saqlanishi ham mumkin.
Unutish – ilgari esda olib qolgan narsalarimizning ongimizdan qisman yoki tamoman yo`qolishidir. Unutish qisman va butunlay bo`lsa ham, u qachondir yana esga tushadi.
Unutishni tamoman salbiy xodisa deb tushunish yaramaydi. CHunki keraksiz narsalar unutilib, miya bushashi ham lozim. Ayniqsa, turli g`am-g`ussalar tezda unitilmasa, kishini umr bo`yi qiynashi, azoblashi mumkin.
SHunga qaramay, uno`tishga karshi kurash olib borish lozim. Buning uchun materialni tez-tez takrorlab turish, uni turmushga, amaliy faoliyatga tadbiq qilib borish, o`rganilayotgan materialni oldingilari bilan bog`lab borish va boshqa usullarni qo`llash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |