Mavzu:Bolalarda infeksiyon kasallik sabablari
Reja:
1.Qizamiq
2.Tepki
3.Suvchechak davolash usullari
Qizamiq — oʻtkir yuqumli kasallik; gavda trasining koʻtarilishi, umumiy intoksikatsiya, yuqori nafas yoʻllari va koʻz shilliq pardasining yalligʻlanishi hamda badanga qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi bilan kechadi. Q. yer yuzida eng keng tarqalgan infeksiyalardan, unga barcha yoshdagi kishilar, asosan, yosh bolalar beriluvchan boʻladi. Kasallik mavsumiy boʻlib, kuzqish va bahorda koʻproq uchraydi. Infeksiya manbai faqat kasallangan odam hisoblanadi, sogʻlom kishi organizmiga virus nafas yoʻllari orqali tushadi. Kasallikdan keyin umr boʻyi saqlanadigan immunitet qoladi. Chaqaloqlar (passiv immunitet tufayli) Q. bilan ogʻrimaydi. Organizmga yuqori nafas yoʻllari shilliq pardalari, koʻz konʼyunktivasi va boshqalar orqali kirgan Q. virusi u yerda koʻpayib, keyin qonga tushadi. Kasallik bosqichmabosqich kechadi, inkubatsion (yashirin) davri 9—11 kun; undan soʻng prodromal (boshlangʻich, kataral) davr 3—4 kun davom etadi. Kasallik boshlanishida gavda temperaturasi 39° gacha koʻtariladi, yuqori nafas yoʻllari va koʻz konʼyunktivasi qizaradi, bemor quruq yoʻtaladi, tumov boʻladi, qoʻzi qizarib yoshlanadi, yorugʻlikka qaray olmaydi, tovushi boʻgʻilib qoladi, yuzi kerikadi. Bola bezovta boʻladi, uyqusi buziladi, ishtahasi yoʻqoladi, holsizlanadi, baʼzan ich ketishi, qorinda ogʻriq, ogʻirroq hollarda umumiy intoksikatsiya, talvasalar, eshushni yoʻqotish alomatlari roʻy berishi mumkin. Prodromal davrning 2 — 3 kuni lunj shilliq qavatida qizil gardish bilan oʻralgan mayda, nuqtasimon, oq dogʻlar paydo boʻladi, bu Q.qa xos belgi (BelskiyFilatovKoplik dogʻlari). Ular toshma toshishidan 2—3 kun oldin koʻrinib, toshma toshganidan 1 — 2 kun oʻtgach yoʻqoladi. Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardasida mayda qizil dogʻlar — enantema paydo boʻladi. Toshma toshish davrida (bu davr 3—4 kun davom etadi) bemor qattiq isitmalaydi, tomogʻi qizaradi, keyin oʻziga xos qizil, yirik toshmalar toshadi; u dastlab quloq orqasi, lunj, peshona va burunga toshadi, keyin yuz, badanga, qoʻloyoqqa tarqaladi. Toshmalarning bosqichmabosqich toshishi Q.da muhim diagnostik ahamiyatga ega. Yuzdagi toshmalar qoraya boshlaydi va jigarrang dogʻlarga aylanadi, ular 7—10 kun saqlanadi. Teri, ayniqsa, yuz, qoʻl kafti va oyoq tagi quruqshay boshlaydi; toshma oʻrni qovjirab, mayda poʻst tashlashi mumkin, gavda temperaturasi pasayib, bola asta-sekin tetiklanadi. Kasallik bilinarbilinmas yengil kechishi zotiljam, ichki kasalliklar, oʻrta quloqning yalligʻlanishi (otit) va boshqalar asoratlar yuzaga kelishi ham mumkin, bunda darhol vrachga murojaat qilish kerak. Oddini olish uchun bemorni sogʻlom bolalardan ajratib qoʻyish zarur. Q.ka qarshi emlash muhim ahamiyatga ega (qarang Emlash). 1967-yildan boshlab respublikada Qqa qarshi yoppasiga emlash joriy etilgan, shu bois kasallik ahyonda bir kuzatiladi. Q. bilan ogʻrigan bolalar uyda, ogʻirroq hollarda, asorat qolganida kasalxonada davolanadi. Asosiy ahamiyat kompleks davolash choratadbirlariga qaratiladi. Sanitariyagigiyena sharoitlarini yaxshilash, bemor boʻlgan xonaning havosini tez-tez almashtirib turish va toʻlatoʻkis ovqatlanishiga eʼtibor berish zarur.[1]
Qizamiq (lot. Morbili) — o’tkir infektsion virusli infektsiya bo’lib, o’ta yuqumli hisoblanadi. Kasallik belgilari yuqori isitma, xarakterli toshma, tomoq og’rig’i, yo’tal, organizmning jiddiy intoksikatsiyasi bilan namoyon bo’ladi. Qizamiq bilan har qanday bola, hatto kattalar ham xastalanishi mumkin. Bunda kasallik og’ir kechishi, asoratlar chaqirishi va ba’zan o’limga olib kelishi ehtimoli mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |