Mavzu: Gidrostefaliyaning kelib chiqish sabablari va asoratlari.
Gidrosefaliya (qad.yun. ὕδωρ — «suv» + κεφαλή «bosh» so’zidan olingan), bosh miyada suv to’planishi — bosh miyaning qorinchali tizimida ortiqcha orqa miya suyuqligining to’planishi bilan tavsiflanadigan kasallik, bu orqa miya suyuqligining sekretsiya joyidan (bosh miya qorinchalari) qon tizimiga absorbtsiyasi (subaraxnoidal bo’shliq) joyigacha yetib borishining qiyinlashuvi — okklyuzion gidrosefaliya, yoki absorbtsiya buzilishi — arezorbtiv gidrosefaliya naijasida yuzaga keladi.
Gidrosefal — bu gidrosefaliyadan aziyat chekuvchi odam. Ko’pincha bu kasallik yosh bolalarda uchraydi, lekin kattalar ham bu kasallikdan himoyalanmagan. Kasallik vaqt o’tib jiddiy asoratlarga va hatto o’limga olib kelishi mumkin.
Garchi kattalarga qaraganda kasallik bolalarda kengroq tarqalgan bo’lsa-da, uning tarqalganligi odatdagi hisoblanadigan ko’rsatkichlarga nisbatan ancha past. Statistika ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, bitta gidrosefaliya bilan kasallanish holati bir necha ming chaqaloqqa (turli manbalarda 1000 dan 3000 tagacha) to’g’ri keladi. Shunga qaramay, miyada suyuqlik to’planishi — bolalarda eng keng tarqalgan rivojlanish anomaliyalaridan biridir. Qiz bolalarga ko’ra ko’proq o’g’il bolalar kasallanadi. Kasallik ko’pincha hayotning dastlabki uch oyida aniqlanadi.Shuni esda tutish kerakki, gidrosefaliyaning haqiqiy turining chaqaloqlarda bundan ko’proq tashxislanadigan «gipertenzion-gidrosefalik sindrom» bilan hech qanday aloqasi yo’q. Bu holat kalla suyagi ichi bosimining biroz oshganligi bilan tavsiflanadi, lekin ko’p hollarda u mustaqil ravishda tuzalib ketadi va haqiqiy gidrosefaliyadan farqli o’laroq jiddiy davolanishni talab qilmaydi.Bolalarda kasallik tug’ma yoki orttirilgan bo’ladi. Tug’ma gidrosefaliyani turli omillar keltirib chiqarishi mumkin:
Tug’ilish davomidagi jarohatlar;
Homila gipoksiyasi;
Genetik anomaliyalar;
Bola organizmining orna qornidaligida infektsion kasalliklar bilan zararlanishi.
Bosh miyada suyuqlik to’planishiga olib kelishi mumkin bo’lgan infektsion kasalliklar orasida:
Qizilcha (rubella);
Parotit;
Sifilis;
Gerpes;
Toksoplazmoz;
Mikoplazmoz;
O’RVI;
Sitomegalovirus infektsiyasi.
Gidrosefaliya rivojlanishiga olib keladigan tug’ma genetik anomaliyalar:
Kiari sindromi — miya hajmining bosh suyagi hajmidan kichikligi;
Miya suv yo’llarining tug’ma torayganligi;
Likvorning qayta oqishi uchun teshiklarning yetarli rivojlanmaganligi;
Boshqa xromosomal anomaliyalar.
Kasallikning orttirilgan turi o’tkir infektsion kasalliklar asorati bo’lishi, masalan meningit, otit yoki ensefalit, zaharli moddalar bilan zaharlanishdan keyin paydo bo’lishi, o’smalar va qon quyilishlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ekspertlarning fikriga ko’ra, gidrosefaliya yuzaga kelishining 180 dan ortiq sabablari mavjud.Davolash bo’lmasa, ko’p hollarda kasallik yanada rivojlanadi. Bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan, bemorning bevaqt o’limi bilan tahdid qiladi.
Gidrosefaliyaning asosiy asoratlari:
Miya shishishi;
Miyaning siljishi;
Epileptik tutqanoqlar;
Koma;
Insult;
Nafas yetishmovchiligi.
Chaqaloqlarda gidrosefaliya mavjud bo’lganda yangi miya to’qimalar shakllanishining sekinlashuvi yoki to’xtashi kuzatiladi. Bu esa bolaning aqliy, ruhiy va emotsional rivojlanishdan ortda qolishga olib keladi.So’nggi yillarda tibbiyot gidrosefaliyani davolashda katta yutuqlarga erishdi. Chorak asr oldin ushbu kasallik bilan xastalangan bemorlarning yarmidan ko’pi vafot etardi, bugungi kunda esa o’lim darajasi 5% dan ortiq emas.Gidrosefaliyani davolash usullarini tanlash kasallikning etiologiyasi, uning shakli va rivojlanish darajasiga bog’liq. Ba’zi hollarda etiotrop davolash mumkin. Biroq, ko’p hollarda, davolash bosh suyagi bo’shlig’idagi suyuqlikni kamaytirishga qaratilgan. Kattalar va bolalarda progressiv gidrosefaliyani davolash faqat jarrohlik yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin, konservativ davolash bu holda past samarali bo’ladi.Yopiq va ochiq gidrosefaliyada amalga oshiriladigan operatsiyalar biroz farq qiladi. Ilgari ochiq gidrosefaliya deyarli bedavo kasallik hisoblangan. Biroq, XX asr o’rtalarida ko’pchilik bemorlarni qutqarib qolish imkonini beruvchi yangi texnologiyalar paydo bo’ldi.
Bosh suyagi bo’shlig’idan ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlash uchun, odatda shuntlash qo’llaniladi. Bunda bosh suyagi ichiga maxsus kateter qo’yilib, orqa miya suyuqligi boshqa tana bo’shliqlariga haydaladi. Bunday katererlarning ko’proq qismi teri yuzasi ostida joylashadi. Suyuqlik to’planadigan joy sifatida, qorin bo’shlig’i (95% hollarda), yurak bo’lmachalari, ko’krak sohasidan foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda, suyuqlik bosh miya orqali emas, orqa miya orqali qorin bo’shlig’iga yo’naltirilishi mumkin.Agar operatsiya bolada o’tkazilsa, u ulg’aygani sari kateterlar ham uzaytirilishi va almashtirilishi talab etiladi. Zamonaviy kateterlar maxsus klapanlar bilan jihozlangan bo’lib, ular miya sisternalarida suyuqlik bosimini tartibga solish imkonini beradi.Hayotga bevosita tahdidi bo’lmasa, operatsiya rejali tartibda amalga oshiriladi. Orqa miya suyuqligi bosimini kamaytirish uchun vaqtinchalik chora sifatida umurtqa sohasida punktsiya o’tkaziladi.Yopiq gidrosefaliya ko’pincha darhol jarrohlik aralashuvini talab qiladi, chunki kasallikning bu shaklida nafas markazining siqilishi ehtimoli mavjud. Shuning uchun bunday holda, orqa miya suyuqligi chiqishi uchun maxsus idish o’rnatishli vaqtinchalik operatsiya amalga oshirilishi mumkin.Yopiq gidrosefaliyada jarrohning asosiy harakatlari normal likvor aylanishiga xalaqit qiluvchi to’siqlarni olib tashlashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Ba’zi hollarda, bunday to’siqlar (tomir anevrizmasi, kista, gematoma, o’sma) bartaraf qilinishi mumkin. Ko’pincha bunday maqsadlarda qorincha bo’shlig’iga kiritiladigan endoskopik tizimlardan foydalaniladi. Operatsiya jarrohlik asboblari, elektrod yoki lazer yordamida amalga oshiriladi va miya quvurlari funktsiyasini tiklaydi.Biroq, ayrim hollarda, masalan, yaxshi va yomon sifatli o’smalar mavjudligida, bunday operatsiyalar o’tkazish imkonsizdir. Bunday holda, jarroh likvor to’planib qoladigan sisternadan u qon oqimiga qayta so’rilishi imkoni bo’lgan boshqa sisternaga quvur o’tkazishi mumkin.Barcha hollarda, jarrohlikning maqsadi likvor hosil bo’lishi va chiqib ketishi muvozanatini tiklashga qaratiladi. Agar kasallik ikkilamchi bo’lsa, albatta, asosiy kuchlar orqa miya suyuqligi ortiqchaligiga sabab bo’lgan birlamchi kasallikni davolash uchun qaratilgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |