Giperbolizasiya (yunon. Hyperbole - kattalashtirmoq) - kattalashtirish bilan bog’liq xayol faoliyatining bir usuli.
Orzu - shaxsning o’zi uchun yoqimli bo’lgan istiqbol obrazlarni ongida yaratishdan iborat xayol turi. Orzu shaxsning ehtiyojlari, istak va intilishlari bilan bevosita bog’liq.
Tasavvur - sezgi a'zolariga qachonlardir ta’sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol hissiy obrazi.
Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi.
Xayolning muhim fenomenlari. Aglyutinatsiya, giperbolizatsiya, tipiklashtirish, sxematizatsiya, aksentlashtirish jarayonlari
Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek, o’tmish tajribaiari bilan belglianadi. Shuningdek, xayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko’rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida quyida jadval ko’rinishida aks ettirildi.
Agglyutinasiya - "elimlash" degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kainpir, suv parisi, kentavr, sfinks obrazlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |