I. suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan zolim
qaroqchi va uning makoni ta’rifi
«bor ekandur adanda
1
javr
2
fane
3
,
Javr qilmoq fanida safshikane
4
.
Adanda jabrni fan – kasb (qilgan kishi) bor edi,
(U) jabr qilish fanida safshikan, ya’ni qahramon edi
.
bori manzil o‘lub savohil
5
anga,
sohili bahr
6
o‘lub manozil
7
anga.
Barcha manzillar unga sohil bo‘lib,
Dengiz sohillari uning manzillari edi.
ham tanumand-u
8
ham shujo-u
9
daler
10
,
Ul sifatkim jazira
11
ichraki sher.
1
Adan
– Arabistоndagi kichik mamlakat nоmi.
2
Javr
– jabr, azоb.
3
Fan
– hunar.
4
Safshikan
– saflarni buzuvchi qahramоn.
5
Savоhil
– sоhillar, qirg‘оqlar.
6
Sоhili bahr
– dеngiz sоhili.
7
Manоzil
– manzillar, maskan.
8
Tanumand
– kuchli.
9
Shujо
– bоtir.
10
Dalеr
– qo‘rqmas.
11
Jazira
– оrоl.
168
(U) ham kuchli, ham botir-u qo‘rqmas (bo‘lib),
Bu sifatlari (bilan) jangalzor ichra sher(ga o‘хshardi).
axzi
1
moli harom komi o‘lub,
bo‘yla kom istabon haromi o‘lub.
Maqsadi harom, ya’ni o‘zgalar molini talash bo‘lib,
Bunday istagidan (u) haromi(ga aylangandi).
Shavkatidin ne yor anga, ne rafiq
2
,
yolg‘uzun aylar erdi qat’i tariq
3
.
Shavkatidan unda na o‘rtoq, na do‘st bo‘lib,
Yolg‘iz o‘zi yo‘lto‘sarlik qilar edi.
karvoni agar o‘n-u gar yuz,
borchasig‘a harif
4
edi yolg‘uz.
(Yo‘lda karvon хoh o‘n, хoh yuz (bo‘lsa-da),
Barchasiga yolg‘iz o‘zi bas kela olardi.
yo‘q savohil ichinda rahzan
5
ul,
bahr aro ham anga kelib fan ul.
U sohilda, ya’ni quruqlikdagina qaroqchi emasdi,
Dengiz ichida ham bu (qaroqchilik) unga fan edi.
bir necha zavraq
6
asrabon tayyor,
yangi oy zavraqi kibi sayyor.
(
U doim) bir necha qayiqni tutardi tayyor,
(Ular) yangi (chiqqan) oy kabi edilar sayyor.
qaysi zavraqkim, ul yasab oni,
asrabon o‘zga yerda pinhoni.
1
Axz
– оlmоq, egallamоq.
2
Rafiq
– do‘st, o‘rtоq.
3
Qat’i tariq
– yo‘l to‘sish, yo‘lto‘sarlik.
4
Harif
– raqib, bas kеlguvchi, dushman.
5
rahzan
– yo‘lto‘sar, qarоqchi.
6
Zavraq
– qayiq.
169
U qaysiki kema(lar)ni yasagan bo‘lsa,
(Ularni) o‘zga, ya’ni boshqa yerda pinhon asrardi.
necha rahzan anga mulozim etib,
hifzini
1
borchasig‘a lozim etib.
Qancha yo‘lto‘sarni unga, ya’ni kemalarga etib mulozim,
Barchasiga (kemalarni) qo‘riqlashni ayladi lozim.
qaydakim zavraqi topib taskin,
anda bir diydabon
2
qilib tayin.
Qayerdaki kemasi taskin topgan – yashirilgan bo‘lsa,
U yerga bir diydabon – kuzatuvchini tayin qilardi.
kim jazoirdakim tutub besha
3
,
Ul kishiga bu ish bo‘lub pesha.
Kim (qaysi) jazira, ya’ni orolda makon tutsa,
Unga bu ish, ya’ni kuzatuvchilik pesha – vazifa bo‘lardi.
kim, chiqib bir biyik shajar uzra,
ko‘z solib bahri mavjvar
4
uzra.
(Kuzatuvchi) bir ulkan daraхt ustiga chiqib,
Mavjli dengiz uzra ko‘z solib (o‘tirar edi)
ko‘ziga kema uchrasa nogah,
Ani filhol
5
etar edi ogah.
Nogoh ko‘zlariga kema ko‘rinsa,
Darhol u (zolim)ni ogoh etardilar.
Ul minib zavraqi sabuksayre
6
,
o‘ylakim suvda sayr etar tayre
7
,
1
Hifz
– saqlash, qo‘riqlash.
2
Diydabоn
– kuzatuvchi, pоylоqchi.
3
Bеsha
– o‘rmоn, to‘qay.
4
Bahri mavjvar
– mavjlangan dеngiz.
5
Filhоl
– darhоl.
6
Sabuksayrе
– tеzyurar.
7
Tayr
– qush.
170
U (darhol) tezyurar kemaga minar (edi),
Go‘yoki suvda sayr etuvchi suzar qush(dek bo‘lardi).
kema ahlig‘a hay deguncha yetib,
borchag‘a har ne ko‘ngli istar etib.
Kema ahliga «hay» deguncha – birpasda yetardi,
Barchasiga ko‘ngli istaganini qilardi.
talabon mol-u, elni aylab halok,
yonibon
1
komi dil bila bebok
2
.
Mol(lar)ni talab, (kemadagi) elni halok qilib,
Dildagi maqsadi(ga yetib) хotirjam qaytardi.
bahr aro ofati nechukki nahang
3
,
besha ichra nechukki sher-u palang
4
.
(U) dengiz ichida go‘yo nahang kabi ofat (bo‘lsa),
To‘qay, ya’ni quruqlikda sher-u yo‘lbars(day edi).
suv yuzinda sabo kibi obir
5
,
otini xalq aytibon Jobir
6
.
Suv yuzida shabada kabi kezuvchi (edi),
Хalq (uning) otini Jobir derdi.
dasht-u daryoda lek ahli ubur
7
«Jobiru rohzan
8
» qilib mashhur.
Lekin dasht-u daryoda(gi) sayyohlar (orasida)
(U) «qaroqchi Jobir» (nomi bilan) mashhur edi.
1
Yonib
– qaytib, kеtib.
2
Bеbоk
– qo‘rqmay.
3
Nahang
– ulkan yirtqich baliq, akula.
4
Palang
– yo‘lbars.
5
Оbir
– yеluvchi, yеngil o‘tuvchi.
6
Jоbir
– jabr qiluvchi.
7
Ahli ubur
– kеluvchilar, sayyohlar
8
Jоbiru rоhzan
– Jоbir yo‘lto‘sar.
171
bor edi bir jazira ma’man
1
anga,
Xalq molin yig‘org‘a maxzan
2
anga.
Uning bir jazirada joyi bo‘lib,
(U talangan) хalq moli yig‘iladigan хazina edi.
bir yig‘ochqa
3
yaqin jazirag‘a davr
4
,
davrida suvg‘a topmayin kishi g‘avr
5
.
Jaziraning davr(i) – atrofi bir yig‘ochga yaqin (bo‘lib),
Bu masofadagi suv tubiga hech kim yetmagandi.
davrasida ko‘runmayin ko‘zga,
onchakim ko‘z tushar sudin o‘zga.
Atrofdan (qaraganda, jazira ko‘zga ko‘rinmasdi,
Shunchalik ediki, ko‘z suvdan o‘zgasiga tushmasdi.
ichida beadad shajar butubon,
sabza o‘rnig‘a nilufar butubon.
Ichida beadad, ya’ni behisob daraхt bitgan,
Sabza, ya’ni maysalar o‘rniga nilufar bitgandi
.
Chashmayi erdi xushguvor
6
anda,
Zahr aro no‘sh
7
oshkor anda.
U yerda shirin chashma (bor bo‘lib),
U zahar ichidagi ichimlik suvdek ko‘rinardi.
Ul su birla yasab edi bog‘e,
bog‘ ichinda imorati dog‘i.
1
Ma’man
– jоy.
2
Maxzan
– xazina.
3
Yig‘оch
– o‘n ikki chaqirim (kilоmеtr) chamasidagi masоfa.
4
Davr
– оraliq, aylana.
5
G‘avr
– tub, qa’r, tag.
6
Хushguvоr
– shirin, lazzatli.
7
Zahr arо no‘sh
– dеngizning zaharday sho‘r suvi o‘rtasidagi birdan
bir ichimlik suv.
172
Shu (buloq suvi) bilan bog‘ barpo etgan,
Bog‘ ichida (esa) yana imorat ham yasagan edi.
anda dahlez-u gunbaz-u ayvon,
suyi andoqki chashmayi hayvon
1
.
Unda dahliz-u gumbaz-u ayvon (bo‘lib),
(Uning) suvi obihayot bulog‘idek edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |