Nojo‘ya ta’sirlari: oshqozon-ichak sitemasida dispeptik ho- latlar (ko‘ngil aynish, qayt qilish va boshq.), oshqozon-ichak sistemasi silliq qavatining jarohatlanishi, yara va eroziyalar yuzaga kelishi, allergik holatlar, quloq shang‘illashi, eshitish qobiliyati susayishi, markaziy asab sistemasida bosh og‘riq, psixikaning bu- zilishi, gipoklemiya, tana haroratining oshishi va boshqalar.
Qon hosil bo‘lish jarayonining buzilishi (agranulotsitoz, ley- kopeniya)ga olib kelmasligi uchun anilin unumlarini homilador ayollarga va bolalarga berib bo‘lmaydi.
Psixotrop vositalar
Insonlarning aqliy mehnat faoliyatiga, his-tuyg‘ulariga va ru- hiyatiga ta’sir etuvchi preparatlarga psixotrop preparatlar deyiladi. Ular qo‘rquv, vahima, xavotirlik va bezovtalik bilan o‘tadigan psixonevrozlarda qo‘llaniladi. Ruhiy kasalliklar — dunyo bo‘yicha keng tarqalgan kasallik. Lekin ruhiy kasalliklarni davolashda qo‘l- laniladigan preparatlar XX asrning 50-yillarigacha deyarli bo‘l- magan. Birinchi psixotrop preparat — aminazin 1952-yildan, re- zerpin esa, 1954-yildan boshlab tibbiyotda ruhiy kasallarni davolashda qo‘llanilib kelinmoqda.
Odamzoddagi ruhiy jarayon ikki qismdan iborat bo‘lib, u fikrlash va his-tuyg‘udan tashkil topgan. Fikrlash, asosan, miya po‘stlog‘i va po‘stloq ostidagi gipotalamus va gipokam faoliyatiga, his-tuyg‘ular esa, asosan, miya po‘stlog‘i ostidagi limbik sistemaga, ya’ni orqa gipotalamus va talamus faoliyatiga bog‘liq. Insonlar ruhiyati buzilganda, maniakal yoki depressiv holat qayd etiladi. Maniakal holatda insonning harakati, qo‘zg‘aluvchanligi xulq- atvori g‘ayritabiiy bo‘lib, ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlar qayd etilmaydi. Ba’zan alahlash va gallutsinatsiyalar bo‘ladi.
Depressiv holatda esa, tushkunlikka tushish, es-hushdan ay- rilish, o‘zini o‘ldirish istagi yuzaga chiqadi. Mana shunday holatda kishi ruhiyatiga ta’sir etuvchi dorilar ishlatiladi. Farmakologiyada dorilarning kishi ruhiyatiga ta’sirini o‘rganish nisbatan yosh soha bo‘lib unga psixofarmakologiya deyiladi. Bu soha yosh bo‘lgani uchun kishi ruhiyatiga ta’sir etuvchi preparatlarning ta’sir me- xanizmi shu kungacha to‘la-to‘kis aniqlanmagan.
Psixotrop preparatlar inson ruhiyatiga ta’siri bo‘yicha ikki katta guruhga bo‘linadi:
Psixosedativ, asosan, psixozlarda qo‘llanadigan preparatlar.
Psixostimulator yoki psixonevrozlarda qo‘llanadigan pre- paratlar.
Psixosedativ preparatlarga:
Neyroleptiklar.
Trankvilizatorlar.
Sedativ dori vositalari kiradi.
Neyroleptiklar psixozlarni davolash uchun qo‘llanilsa, trankvi- lizatorlar va sedativ dorilar qo‘rquv, vahima, ich-ichidan siqi- lish va nevrozlarni davolashda buyuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |