Umumiy lot p65



Download 317,98 Kb.
bet58/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Psixostimulatorlar deb, kayfiyatni, psixomotor faollikni oshi- ruvchi, aqliy va jismoniy charchoqni yo‘qotuvchi moddalarga ay- tiladi. Bularga quyidagi dorilar kiradi:

  1. Purin va uning unumlari (kofein kukun, 0,005—0,1 tabl.).

  2. Fenilalkilaminlar (fenamin 0,01 tabl., sidnokarb 0,005—

  1. 01—0,025 tabl.).

  1. Imidazol unumlari (etimizol 0,01 tabl., 1—1,5 % — 3—5 ml amp.).

  2. Piperidin unumlari (meridil 0,01 tabl.).

  3. Benzimidazol unumlari (bemitil 0,125, 0,25 tabl.).

Bu moddalar tashqi ta’sirotga sezgirlikni oshiradi, uyquga ta- labni vaqtinchalik kamaytiradi, simpatik asab sistemasining faoliyatini rag‘batlantiradi. Natijada, moddalar almashinuvi va yurak-qon tomiri sistemasining faoliyati oshadi.
Psixostimulatorlarning bir guruhi, nafaqat miyaga (markaziy asab sistemasi), balki boshqa sistemalarga ham ta’sir etadi. Masalan, kofein va uning unumlari. Fenilalkilaminlar va uning analoglari (fenamin, meridil va indopan) esa, ko‘proq miya po‘stlog‘ini sti- mulatsiya qiladi.
Kofein choy bargi, qahva, kakao urug‘i va kola urug‘idan oli­nadi. Kofeinning markaziy asab sistemasiga ta’siri I.P. Pavlov tomonidan batafsil o‘rganilgan.
Kofein miya po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish jarayonini kuchaytiradi va mo‘tadillashtiradi. Natijada, odamning ruhiy faoliyati, aqliy va jismoniy ish qobiliyati va harakati oshadi, bardam bo‘ladi, charchog‘i va uyqu holati yo‘qoladi, o‘zini tetik his qiladi va kay- fiyati yaxshilanadi.
Kofein katta dozalarda miya hujayralarini charchatishi, tinkani quritishi va shuning natijasida miyaga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsa- tishi mumkin. Kofein uxlatuvchi va narkotik dori vositalari ta’sirini kamaytiradi, orqa miya reflektor qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas va qon tomirlari markazini qo‘zg‘atadi. Yurak faoliyati yaxshilanadi va uning urishi tezlashadi. Kofein normal qon bosimiga unchalik ta’sir etmasa ham, kollaps va shok holatlarida qon bosimini ko‘taradi.
Preparat skelet mushaklari va parenximatoz organlardagi (yurak, buyrak, miya) arterial tomirlarni kengaytiradi qorin bo‘shlig‘idagi organlar (buyrakdan boshqa) tomirlarini qisqartiradi. Shuning uchun ham kofein peshob ajralishini qisman oshiradi, elektrolitlar reabsorbsiyasini kamaytiradi. Shuningdek, kofein me’da sekretsiyasini oshiradi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi.
Kofein surunkali qabul qilinganda, uning ta’siri sekin-asta kamayib boradi. Kofein yurak-qon tomiri sistemasi va markaziy asab sistemasi funksiyasini susaytiruvchi turli infeksion kasal- liklarda, uxlatuvchi va narkotik preparatlar bilan zaharlanganda, markaziy asab sistemasi tomirlarining torayishida (migrenda), ruhiy va jismoniy ish qobiliyati susayganda ishlatiladi. Klinikalarda kofeinning benzoat natriyli tuzi ko‘proq ishlatiladi, chunki u suvda yaxshi eriydi va organizmdan tezroq chiqib ketadi.
Fenamin sintetik preparat bo‘lib, o‘zining farmakologik ta’siri bo‘yicha adrenalinga yaqin turadi. Fenamin adrenalin va norad- renalinga qaraganda mustahkam (tez parchalanmaydi) va gema- toensefalik to‘siqdan yaxshi o‘ta oladi. Shuning uchun ham fena­min ta’siri uzoq va og‘iz orqali berilganda ham yuzaga chiqadi.
Fenamin orqa miya orqali markaziy asab sistemasini kuchli qo‘zg‘atish qobiliyatiga ega. Shu bilan birga preparat markaziy noradrenergik va dofaminergik retseptorlarni qitiqlab, ulardan chi- qadigan katexolaminlar miqdorini oshirib yuboradi.
Preparat uxlatuvchi va narkotik dorilar ta’sirini kamaytiradi. Peperidin unumi pridrol va meridil fenamin kabi ta’sirga ega, lekin yurak-qon tomirlariga ta’sir etmaydi va narkotik dorilar ta’sirini kamaytirmaydi. Fenamin anoreksogen ta’sirga ham ega, ya’ni ishtahani kamaytiradi.
yodid) hamda balg‘amni yumshatuvchi proteolitik preparatlar (xemotripsin, dezoksiribonukleaza) kiradi.
Natriy gidrokarbonat ham balg‘amni yumshatadi va ehti- mol bronxlar sekretsiyasini qisman kuchaytirishi mumkin. Kaliy yodid va natriy gidrokarbonat ichish va nafas oldirish (aerozol) holida, kristall holidagisi tripsin, xemotripsin, de­zoksiribonukleaza eritmalari nafas oldirish (aerozol) holida buyuriladi. Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar jumlasiga altey, istod, solodka ildizi preparatlari, terpingidrat, natriy benzoat ham kiradi.

  1. Bronxial astmada ishlatiladigan vositalar

Bronxlarni kengaytiradigan moddalar (bronxolitiklar) bronxlar spazmi oldini olish va uni bartaraf qilish uchun ishlatiladi. Bronxolitik vositalar sifatida quyidagi moddalardan foydalanish mumkin:


  1. Download 317,98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish