Umumiy lot p65


Neyroleptik dori vositalari



Download 317,98 Kb.
bet51/90
Sana12.02.2022
Hajmi317,98 Kb.
#445197
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Bog'liq
farmakologiya ma`ruza 2

Neyroleptik dori vositalari kimyoviy tuzilishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:

  • fenotiazin unumlari;

  • butirofenon unumlari;

  • rauvolfiya alkaloidlari.

Fenotiazin unumlariga aminazin, etaperazin, meterazin, trif- tazin va ftorfenazinlar kiradi. Aminazin (0,1; 0,05 va 0,025 dra- jeda, 2,5 % — 1 ml amp.) bu guruh preparatlarining klassik vakili bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham fenotiazin unum- larining farmakologik xususiyatlarini aminazin misolida ko‘rib chiqamiz.
Aminazinning asosiy ta’siri sedativ va tinchlantiruvchi ta’sirdir. Uning bu ta’siri psixozlarda, badjahl kasallarda yuzaga chiqmay, balki sog‘lom odamlarda ham qayd etiladi. Preparat uzoq qo‘l- lanilganda, uning sedativ ta’siri yuzaga chiqmasligi mumkin, le- kin uning psixozga qarshi ta’siri chiqadi. Aminazinning tinchlan­tiruvchi ta’siri, barbituratlardan farqli o‘laroq, ataksiya va hara- katning koordinatsiyasi buzilishi bilan birga bo‘lmaydi. Preparat terapevtik dozada shartli reflekslarni susaytiradi, shartsiz refleks- larga esa, ta’sir etmaydi.
Bu guruh preparatlari kishilarda harakat aktivligini susayti- radi. Ularning asosiy farmakologik ta’sirlari quyidagilardan ibo­rat: a — adrenalitik, qayt qilishga qarshi, gistaminga qarshi, gi- potermik (haroratga qarshi), mahalliy og‘riq qoldiruvchi; M xo- linolitik va gangliolitik ta’sirlar. Aminazin fonida adrenalin reak- siyasi kamayadi, ba’zida gipotenziv reaksiya beradi.
Tana haroratini tushiruvchi dorilar kabi faqat u ko‘tarilganda emas, balki normal holatda ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham uni jarrohlikda qo‘l keladigan, tana haroratini sun’iy pasaytiruvchi litik aralashmalarga qo‘shiladi. Preparat mahalliy og‘riq qoldiruvchi preparatlarning ta’sirini oshiradi.
Aminazin silliq muskullar tonusini, qon bosimini pasaytiradi, yurak urishini tezlatadi, aritmiyaga ijobiy ta’sir etadi, atropin kabi so‘lakni, bronxlardagi ajralmalarni, oshqozon-ichak sistemasining bezlari sekretsiyasini susaytiradi.
Preparat 50—70 % jigarda ushlanib qoladi va gidroksillanish yo‘li bilan glukuron kislotasiga bog‘lanib organizmdan sekinlik bilan chiqib ketadi. Aminazin berish to‘xtatilgach, 6—12 oydan keyin ham uning metabolitini peshobda aniqlash mumkin.
Aminazinni tutqanoqning barcha turlarida, barbituratlar va etanol bilan zaharlanganda jigar xastaligida va yurak yetishmovchi- ligida berib bo‘lmaydi.
Fenotiazin unumlarining boshqa vakillari — triptazin, eta- perazin va boshqalarning qusishga kuchli ta’siri bo‘lib, periferik ta’sirlari (xolinolitik, gistaminga qarshi, spazmolitik va boshq.) aminazinga qaraganda kuchsizroq bo‘ladi. Bu preparatlarning qusishga qarshi ta’sirida ularning qayt qilish markazidagi trigger zonasini bloklash qobiliyati yotadi.
Neyroleptiklar analeptiklarga, markaziy asab sistemasini qo‘z- g‘atuvchi preparatlarga qarama-qarshi ta’sir etadi. Shu bilan birga bu preparatlar analgetiklar, uxlatuvchi dorilar, narkoz dorilar, alkagol va mahalliy og‘riq qoldiruvchi preparatlarning ta’sirini kuchaytiradi.


  1. Download 317,98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish