Nonarkotik analgetiklar narkotik analgetiklardan o‘zining asosiy xususiyatlari bilan farqlanadi. Jumladan:
Nonarkotik analgetiklarning og‘riq qoldiruvchi analgetik ta’siri narkotik analgetiklarga qaraganda sezilarli darajada kuchsiz. Bu moddalarning analgetik ta’siri, asosan, yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlarda yuzaga chiqadi, ya’ni artrit, miozid, nevrit va nevralgiyalarda.
Ular markaziy asab sistemasidagi nafas va yo‘tal markaziga deyarli ta’sir etmaydi va ularga nisbatan moyillik, kayfiyatni oshi- rish kabi holatlar rivojlanmaydi.
Bu preparatlar yallig‘lanishga qarshi ta’sir etib, asosan, harorati ko‘tarilgan bemorlarda tana haroratini tushiradi.
Demak, bu preparatlar og‘riq qoldirish, haroratni tushirish va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga egadir. Shu ko‘rsatilgan ta’sirlar- dan birontasi preparatlarning turiga qarab, ularda ko‘proq qayd etilishi mumkin. Bu preparatlar jarohat, bo‘shliqlar bilan bog‘liq operatsiyalar natijasida yuzaga keladigan kuchli og‘riqlarda deyarli ta’sir etmaydi. Preparatlarni qo‘llaganda, eyforiya, ruhiy va fizik moyillik yuzaga chiqmaydi.
Nonarkotik analgetiklarga quyidagi guruh preparatlari kiradi:
Salitsilat kislota unumlari: asetilsalitsilat kislota, natriy salitsilat, metilsalitsilat 0,25—0,5 tabl.
Pirazolon unumlari: amidopirin 0,5 tabl., analgin 0,5 tabl., 25—50 % — 1—2 ml, butadion 0,15 tabl.
Para-aminofenol-anilin unumlari: paratsetamol kukun,
2 tabl., fenatsetin 0,25—0,5 tabl.
Bu guruh preparatlari o‘zining yallig‘lanishga qarshi ta’siri bo‘yicha steroid gormonal preparatlar ta’siriga yaqin turadi. Shuning uchun ham bu guruh preparatlari nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar deb ataladi. Ularga yuqorida keltirilgan nonarkotik analgetik preparatlardan tashqari:
ibuprofen 0,2 tabl.;
indometatsin 0,025 draje, 0,05 shamcha;
voltaren 0,025 tabl.;
naproksen 0,25 tabl.lar kiradi.
Bu guruh preparatlarning og‘riq qoldiruvchi ta’siri, asosan, ularning yallig‘lanishiga qarshi ta’siri bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham yallig‘langan organ va to‘qimalarda qayd etilayotgan og‘riqlarni yaxshiroq oladi. Salitsilatlar katta dozada peshob kislo- tasini oshiradi va podagrada yordam beradi, ammo kichik dozada peshob kislotasining chiqishini susaytiradi va uning konsentratsiya- sini qonda oshirib yuboradi.
Analgin va amidopirinda og‘riq qoldirish effekti, butadionda esa, yallig‘lanishga qarshi ta’sir kuchliroq yuzaga chiqadi. Buta- dion peshob kislotasining reabsorbsiyasini susaytirib, uning organizmdan chiqib ketishini kuchaytiradi. Shuning uchun ham podagrada yaxshi yordam beradi. Butadion rezorbtiv ta’siri og‘iz orqali berilganda, uni mushaklar orasiga yuborilgandagidan tezroq chiqadi, chunki butadion inyeksiya qilingan yerdagi oqsillar bilan bog‘lanib qoladi. Analgin va amidopirinni uzoq qo‘llaganda, ular periferik qondagi eritrotsitlarni buzib agranulotsitozni yuzaga chiqaradi. Bu narsa, hattoki, o‘limga ham olib borishi mumkin.
Reopirin butadion bilan amidopirindan tashkil topgan bo‘lib, revmatizm va poliartritlarda qayd etiladigan og‘riqlarda yaxshi yordam beradi. Bu preparatlarni oshqozon-ichak sistemasi yal- lig‘lanishi, yaralar, yurak yetishmovchiligi, qon sistemasi kasal- ligi va jigar kasalliklarida ishlatib bo‘lmaydi. Salitsilatlar nafasni kuchaytiradi va jigardan o‘t safrosi ajralishini oshiradi. Qonga unchalik ta’sir etmaydi, lekin katta dozada gipoprotrombinemiyani yuzaga chiqaradi va trombotsitlar agregatsiyasining oldini oladi. Bu preparatlar, asosan, jigarda parchalanadi va organizmdan tez chiqib ketadi. Anilin unumlari yallig‘lanishga uncha ta’sir etmaydi va organizmdan tez chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |