48
tomonidagi arqon qismining uzunligi
x>L/2
boʻlgan
paytda arqonning
v
tezligini aniqlang. Bu paytda arqon blokka qanday
F
kuch bilan ta’sir etadi?
Blokda ishqalanish yoʻq.
299-masalaga.
302-masalaga.
301.
Uzunligi
L
va massasi
m
boʻlgan silliq ip stolda stol chetiga perpendikulyar
holda yotibdi. Ip stol chetidan boshlangʻich tezliksiz sirpanib tusha boshladi.
Ipning yarmi stol ustidan tushgan paytda ipning
v
tezligi va
a
tezlanishini
aniqlang. Shuningdek, bu paytda ipning stol chetidagi nuqtasidagi
T
taranglik
kuchini aniqlang.
302.
Chana A nuqtadan boshlab ishqalanishsiz sirpanadi (rasmga qarang). Qiyalik
tekis oʻzgarib boradi, ya’ni togʻning
egrilik radiusi har yerda
h
balandlikdan
kattaroq hisoblanadi. Ishqalanish koeffitsiyenti μ=0,2. Havoning qarshiligini
hisobga olmang. Chananing toʻxtash nuqtasini aniqlashning grafik usulini
koʻrsating.
303.
Chana qiyalikning A nuqtasidan boshlab ishqalanishsiz sirpanadi (rasmga
qarang). Chana trayektoriyasining egrilik radiusi hamma joyda h balandlikdan
katta. Havoning qarshiligini hisobga olmaslik mumkin.
Ishqalanish koeffit-
siyentining qanday qiymatida chana togʻdan oʻta oladi?
304.
Agar idishdagi suyuqlik sathi idish tubiga nisbatan
h
boʻlsa,
idish tubidan
ochilgan kichik teshikdan suyuqlik qanday tezlik bilan otilib chiqadi?
Suyuqlikdagi ishqalanishni hisobga olmang.
303-masalaga.
310-masalaga.
49
305.
Suyuqlik solingan idishning shakli qanday boʻlganda, uning tubidan ochilgan
kichik teshikdan suyuqlik oqib tushishi bilan idishdagi suyuqlik sathi doimiy
tezlik bilan pasayadi?
306.
Agar sportchilar musobaqasi Oy sirtida joylashgan zalda oʻtkazilsa,
balandlikka sakrash boʻyicha rekord qanday oʻzgaradi? Oyda ogʻirlik kuchi
olti marta kichik.
307.
Zichligi Yer zichligi bilan bir xil boʻlgan kichik sayyorada odam sakrab,
undan uchib keta olishi uchun sayyora oʻlchami qanday boʻlishi kerakligini
baholang.
308.
m
massali qurbaqa
M
massali va
L
uzunlikdagi doskaning bir uchida oʻtiribdi.
Doska hovuz sirtida suzib yuribdi. Qurbaqa gorizontga nisbatan
α
burchak
ostida sakrab, doskaning ikkinchi uchiga tushdi. Qurbaqaning Yerga nisbatan
v
0
boshlangʻich tezligini aniqlang.
309.
Ingichka bir jinsli yogʻoch tayoqchaning yuqori uchi sharnirli mahkamlangan.
Pastgi uchi suvga botib turibdi. Agar suvli idish sekin koʻtarilsa,
tayoq-
chaning vertikal holati endi turgʻun muvozanatga mos kelmaydi. Nima
uchun? Undan keyingi koʻtarilishlarda tayoqcha ogʻadi, lekin suvga botgan
qismining uzunligi oʻzgarmay qolishini isbotlang. Agar suvga uning ¼ qismi
botgan boʻlsa, tayoqchaning zichligini aniqlang.
310.
Juda uzun ipning uchlariga m massali ikkita bir xil yuk osildi. Ip bir-biridan
2l
masofada turgan kichik qoʻzgʻalmas bloklar orqali oʻtkazildi. Ipning
oʻrtasiga
2m
massali jism osildi (rasmga qarang). Yetarlicha koʻp vaqt
oʻtgandan keyin yuklarning tezliklarini aniqlang. Ip va bloklarning massasini,
shuningdek ishqalanishni hisobga olmaslik mumkin.
311.
Yengil sterjen polda vertikal holatda turibdi. Uning yuqori uchiga ogʻir shar
mahkamlandi. Sterjen boshlangʻich tezliksiz yiqila boshladi. Bunda uning
pastgi uchi siljimadi. Sterjen vertikaldan qanday α
max
burchakka ogʻganida,
uning pastgi uchi polga bosim berishdan toʻxtaydi? Ishqalanish koeffit-
siyentining qanday qiymatida bu boʻlishi mumkin? Shar sterjen turgan
nuqtadan qanday masofada polga tushadi?
312.
O
oʻq suv sathida gorizontal holda oʻrnatildi. Kvadrat kesimli bir jinsli brusok
oʻzining simmetriya oʻqi bilan mos tushadigan
O
oʻq atrofida ishqalanishsiz
aylanishi mumkin (rasmga qarang). Brusok qanday holatni egallaydi?
313.
m
massali disk gorizontal silliq sirtda yotibdi. Disk gardishidagi A nuqtaga
OA radiusga perpendikulyar F kuch qoʻyildi (rasmga qarang). Shu momentda
disk markazining
a
tezlanishi qanday boʻladi?
314.
Gorizontal oʻqi atrofida tez aylanuvchi silindr gorizontal tekislikka uriladi va
undan yuqoriga vertikal yoʻnalishda qaytadi.
Silindr va tekislik elastik
moddadan yasalgan. Silindr qanday yoʻnalishda aylangan? Silindr va tekislik