Umumiy fizika kursidan masalalar to’plami


MEXANIK TEBRANISHLAR VA TOʻLQINLAR



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/74
Sana17.07.2022
Hajmi3,48 Mb.
#811664
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Bog'liq
fayl 1029 20210520

MEXANIK TEBRANISHLAR VA TOʻLQINLAR 
Garmonik tebranishlar 
244.
Uzunligi 1 m boʻlgan matematik mayatnik 1 cm amplituda bilan tebran-
moqda. Agar u harakatini muvozanat vaziyatidan boshlagan boʻlsa, 1 cm 
yoʻlni qancha vaqtda oʻtadi? U qancha vaqtda bu yoʻlning: a) birinchi 
yarmini; b) ikkinchi yarmini oʻtadi? 
245.
Mayatnikning garmonik tebranish amplitudasi 6 cm ga teng. Davrning qanday 
qismida u muvozanat vaziyatidan 3 cm gacha masofada boʻladi? 
246.
Konik mayatnik (ipga osilgan yuk gorizontal tekislikda aylana boʻylab 
harakatlanadi) harakatini tekshiring va uning davrini ipning 
l
uzunligi va 
vertikaldan α ogʻish burchagi orqali ifodalang (rasmga qarang). Kichik α 
burchaklarda bir xil uzunlikdagi konik va matematik mayatniklarning davrlari 
teng boʻlishini isbotlang. 


41 
247.
Togʻda qanday balandlikda mayatnikli soat har soatda 5 sekundga ortda 
qoladi? Yer radiusi 6400 km. 
248.
Oldingi masalada, bu balandlikda mayatnikli soat aniq vaqtni koʻrsatishi 
uchun, mayatnigining uzunligini qanday qismga qisqartirish kerak? 
249.
Poyezdning tezligi qanday boʻlganda, vagondagi 
l=1 m
uzunlikdagi mayatnik 
oʻzgacha kuchli tabranadi? Relslar uzunligi 
L=25 m

246-masalaga.
253-masalaga.
250.
Uzunligi 
l
boʻlgan matematik mayatnikning 
T
tebranish davrini aniqlang, agar 
u: a) tezlanishi 
a
ga teng va yuqoriga yoʻnalgan liftda; b) tezlanishi 
a
ga teng 
(
a
) va pastga yoʻnalgan liftda; c) gorizontal 
a
tezlanish bilan 
harakatlanuvchi poyezdda; d) qiyalik burchagi α boʻlgan qiya tekislikda 
ishqalanishsiz tushayotgan aravachada joylashgan? Yuqoridagi hollarda 
turgan prujinali mayatnikning tebranish davrini aniqlang. 
251.
Osmonoʻpar binoning yuqori qavatida turgan liftda ipga osilgan sharcha 
tebranmoqda. Ip lift devoriga qoqilgan mixga bogʻlangan. Liftning troslari 
uzildi va u pastga tusha boshladi. Liftning tushish davomida sharchaning 
liftga nisbatan harakatini tavsiflang. Havoning qarshilik kuchi tezlik ortishi 
bilan tez sur’atda ortadi deb hisoblang. 
252.
Prujinaga osilgan yuk uni 
Δl=16 cm
ga choʻzadi. Yukning shu prujinadagi 
tebranishlari davri qanday? 
253.
Rasmda keltirilgan sistemalarning tebranish davrlarini aniqlang. Prujina-
larning bikrlik koeffitsiyentlari 
k
1
va 
k
2
, yuk massasi 
m
. Ishqalanish yoʻq. 
254.
Ikki tez aylanuvchi valiklar ustiga 
m
massali doska gorizontal qoʻyildi 
(rasmga qarang). Valik oʻqlari orasidagi masofa 
L
, doska va valiklar orasidagi 
ishqalanish koeffitsiyenti μ ga teng. Doska qanday harakatlanadi? Agar ikkala 
valik ham aylanish yoʻnalishlarini oʻzgartirsa, javob qanday oʻzgaradi? 
255.
Ikkita m
1
va m
2
massali jismlar prujina orqali bogʻlangan. Prujinaning bikrlik 
koeffitsiyenti 
k
. Agar jismlar bir toʻgʻri chiziq boʻylab tebranayotgan boʻlsa, 
tebranish davri nimaga teng? 


42 
256.
Ikki 
m
1
=100 g
va 
m
2
=300 g
massali jismlar bikrligi 
k=50 N/m
prujina orqali 
bogʻlangan holda silliq stolda yotibdi. Jismlardan biri devorga tegib turibdi. 
Jismlar 
l
0
=6 cm
uzunlikdagi ip bilan bogʻlandi. Bunda prujina 
Δl=2 cm
qisildi. Ip uzilgandan keyingi jismlarning harakatini tavsiflang. Prujina 
massasini hisobga olmang. 
257.
Baron Myunxauzen masalasi.
Men Shimoliy qutbga sayohatim davomida bir 
kuni yuzasi S=5 m
2
boʻlgan yassi muz parchasi ustiga tushib qoldim. 
Xursandchilikdan sakrab ketdim va muz parchasi men bilan tebrana boshladi, 
bunda u sekundiga bir marta tebranardi. Men tinchlanib, oʻz massamni (m=80 
kg) bilgan holda, muz parchasi yetarlicha qalin ekanligini aniqladim. Uning 
qalinligi qanday? 
258.
Rasmda tebranuvchi sistemaning (prujinaga bogʻlangan matematik mayatnik) 
muvozanat vaziyati koʻrsatilgan. Sistemaning kichik tebranishlari davrini 
aniqlang. Agar prujinaning oʻrniga huddi shunday uzunlikdagi va bikrlikdagi 
elastik rezina qoʻyilsa, javob qanday oʻzgaradi? 
259.
Agar yengil sterjenning oʻrtasiga bikrligi 
k
boʻlgan prujina gorizontal holda 
oʻrnatilsa, sterjenga mahkamlangan yukning kichik tebranishlari chastotasi 
qanday oʻzgaradi (rasmga qarang)? Muvozanat holatida sterjen vertikal holda 
turadi. 
254-masalaga.
258-masalaga.
259-masalaga.
260.
Uzunliklari 
l
boʻlgan ikkita matematik mayatnik bikrligi 
k
boʻlgan vaznsiz 
prujina bilan tutashtirildi. Sistemaning muvozanat holati rasmda koʻrsatilgan. 
Mayatniklar rasm tekisligida bir xil burchakka ogʻdirildi va qoʻyib yuborildi. 
Agar: a) mayatniklar bir tomonga ogʻdirilgan boʻlsa (bir xil fazada tebranish); 
b) mayatniklar qarama-qarshi tomonga ogʻdirilgan boʻlsa (qarama-qarshi 
fazada tebranish), tutashtirilgan mayatniklarning kichik tebranishlari davrini 
aniqlang. 
261.
Baron Myunxauzen masalasi
. Nihoyat men muzda aniq Shimoliy qutbga 
yetdim, u yerda Yerning oʻqi chiqib turgan chuqur quduqqa duch keldim. 
Oʻqdan ushlab pastga tez sirpanib tusha boshladim: oʻq juda silliq edi. Quduq 


43 
tubsiz boʻlib, tez ora men Janubiy qutbdan oyoqlarim bilan teskari holda 
chiqdim! Antarktidaning daxshatli sovugʻi meni bunday qutblar aro ajoyib 
sayohat vaqtini, shuningdek Yer markazidan oʻtishdagi tezligimni hisoblashga 
xalal bermadi. Yerni bir jinsli shar deb hisoblab va havoning qarshiligini 
hisobga olmay, Siz ham aniqlab koʻring. 
262.
Uzunligi 
l=80 cm
boʻlgan chana gorizontal qorda sirpanib, asfaltga qisman 
chiqib toʻxtadi. Agar qorda ishqalanish yoʻq, asfaltda ishqalanish koeffit-
siyenti 
μ=0,4
ga teng boʻlsa, chananing toʻxtash vaqtini aniqlang. Chananing 
massasi uning uzunligi boʻyicha tekis taqsimlangan. 
263.
Doimiy kesimli U – simon idishdagi suyuqlikning tebranish davrini aniqlang. 
Suyuqlikning ustunining umumiy uzunligi 
2H
ga teng. 
264.
Rasmda koʻrsatilgan mayatnikning kichik tebranishlari davrini aniqlang. 
Sterjenning massasini hisobga olmang. 
265.
Uchlariga yuklar mahkamlangan vaznsiz sterjen gorizontal 
O
oʻq atrofida 
aylanishi mumkin (rasmga qarang). Uning kichik tebranishlari davrini 
aniqlang. 
260-masalaga.
264-masalaga.
265-masalaga.
268-masalaga.
266.
Ustida kichik jism yotgan gorizontal taglik 
T=0,5 s
davr bilan gorizontal 
garmonik tebranmoqda. Jism va taglik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 
μ=0,1
. Tebranish amplitudasining qanday qiymatida jism taglik ustida siljiy 
boshlaydi? 


44 
267.
Gorizontal taglik 
A=5 mm
amplituda bilan vertikal garmonik tebranmoqda. 
Tebranish chastotasining qanday qiymatida taglik ustida yotgan jism undan 
ajralmaydi? 
268.
Bikrligi 
k
boʻlgan prujinada juda yengil idish tinch osilib turibdi (rasmga 
qarang). Idishga 
h
balandlikdan 
m
massali plastilin sharcha boshlangʻich 
tezliksiz tushadi. Hosil boʻladigan tebranishning amplitudasini aniqlang. 

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish