132
Koʻrish. Optik asboblar
836.
Nimaga biz ochiq koʻz bilan suvga shoʻngʻiganimizda
buyumlar xiraroq
koʻrinadi? Nimaga shoʻngʻish niqobi bizga suv ostida tiniq koʻrish
imkoniyatini beradi?
837.
Ingliz yozuvchi-fantasti Gerbert Uellsning mashxur romanida koʻrinmas
odam sarguzashtlari bayon qilingan. Agar unga ishonsak, bunday odam hech
qanday jazolarsiz har qanday qoʻpol jinoyatlar sodir etishi mumkin.
Yozuvchining asosiy fizik xatosi nimada?
838.
Yaqindan koʻruvchi odam kitobni koʻzoynaksiz
d=10 cm
masofada tutib
oʻqiydi. U taqadigan koʻzoynakning optik kuchini aniqlang.
839.
Kitob oʻqiyotgan odam deraza
orqali bulutga qaraganda, uning koʻz
gavharining optik kuchi qanday oʻzgaradi?
840.
Normal koʻruvchi odam optik kuchi
D=+3 dptr
boʻlgan koʻzoynak taqdi.
Odam koʻzi zoʻriqmasdan koʻrishi uchun buyumga qanday masofada qarash
kerak?
841.
Fotoapparat
obyektivdan
a=1,0 m
dan kam boʻlmagan masofada turgan
buyumlarni yetarlicha tiniq tasvirini bera oladi. Agar optik kuchi
D=3,0 dptr
boʻlgan qoʻshimcha linzadan ham foydalanilsa,
tasvirga tushiriluvchi
buyumni obyektivdan qanday masofada qoʻyish mumkin?
842.
Yaqindan koʻruvchi odam koʻzining eng
yaqin va uzoq akkomodatsiya
chegaralari
d
1
=10 cm
va
d
2
=30 cm
. U uzoqdagi buyumlarni yaxshi koʻrish
uchun koʻzoynak taqadi. Odam koʻzoynakni taqib, kitobni qanday eng kichik
masofada ushlab oʻqiydi?
843.
Yaqindan koʻruvchi odam koʻzining eng yaqin va uzoq akkomodatsiya
chegaralari
d
1
=8 cm
va
d
2
=14 cm
. Agar odam optik kuchi
D=
–
4 dptr
boʻlgan
koʻzoynak taqsa, bu
d
1
'
va
d
2
'
chegaralar qanday boʻladi?
844.
Yaqindan koʻruvchi odam koʻzining eng yaqin va uzoq akkomodatsiya
chegaralari
d
1
=9 cm
va
d
2
=14 cm
. U
a=15 cm
dan kichik boʻlmagan ixtiyoriy
masofada turgan buyumlarni yaxshi koʻrishi uchun qanday koʻzoynak taqishi
kerak? Bunning uchun bitta koʻzoynakning oʻzi yetarli boʻladimi?
845.
Koʻpchilik lupa qaralayotgan buyumni koʻzga “yaqinlashtiradi” deb
hisoblaydi. Bu fikr toʻgʻrimi? Lupaning fokus masofasi uning gardishidagi
yozuv (masalan, «
4
») bilan qanday bogʻlangan?
846.
Qoʻlbola “melkoskop”
. Juda mayda jismlarni koʻrish uchun ularni koʻzga
yaqin olib kelib, korton qogʻoz yoki qora varaqdagi juda kichik (0,5–1 mm
diametrli) teshik orqali qarash kerak. Bu sodda
optik asbobning ishlash
prinsipini tushuntiring.
847.
Quyidagi tasdiq toʻgʻrimi: “Teleskop uzoq masofadagi yulduzning
kattalashgan tasvirini beradi”?
133
848.
Obyektivining fokus masofasi
F=30 cm
boʻlgan koʻrish trubasi Oyni kuzatish
uchun sozlangan. Bu trubada obyektivdan
d=10 m
masofada turgan buyumni
koʻrish uchun okulyarni qaysi tomonga va qancha surish kerak?
849.
Normal koʻruvchi odam mikroskopni koʻzni mumkin qadar kam charcha-
tadigan qilib sozladi. Agar
obyektivning fokus masofasi
F
1
=3,0 mm
,
okulyarniki esa
F
2
=50 mm
boʻlsa, mikroskopning kattalashtirishini aniqlang.
Qaralayotgan buyum obyektivdan
d=3,1 mm
masofada joylashgan.
850.
Mikroskop obyektivining fokus masofasi
F
1
=3,5 mm
, mikroskopning
kattalashtirishi esa
k=100
ga teng.
Agar okulyar obyektivdan
l=12,4 cm
masofada joylashgan boʻlsa, okulyarning
F
2
fokus masofasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: