Bir, ikki, uch deguncha o’smirlikka yetasiz!
Ko’z ochib yumguncha o’zmirlikka yetamiz. Har xil hayot tashvishlari bizni cho’lg’ab oladi. Quyida aytganimdek, bolalik ertakka, tushga aylanadi. Lekin shu bilan birga:
Hoy bolalar, bolalar,
Chamandagi lolalar!
Umrimizning ikkinchi bahori boshlanadi. O’qib urganamiz, fan, madaniyat sohalarida ko’plab yutuqlarga erishamiz, fikrlashimiz, dunyoqarashimiz kengayadi. Huddi chamandagi lola kabi o’smirlik davrimiz desam mubolaga’ bo’lmas. Bu davrda kimnidir sevadi yana va yana birga bo’lgisi kelaveradi. Huddi bahordagi lola kabi yigit-u qizlar bir birlariga oro berib yurishadi. Bu ham mening nazmimda chamandagi lola kabidir. Bolalik, yoshlik shunday yozilmagan oq qog’ozga o’xshagan, unga nimani yozsangiz shuni ko’rasiz va shu bilan birga eng qaynoq muhabbatga to’la davr. Buni esa so’z bilan tasvirlab bo’lmaydi.
“Ona yig’lar, ona, ona axir u…”
Shu-shu, bir misragina gap meni shunchalar hayolimni cho’lg’ab oldiki, nahot men onam uchun zarracha narsa qilmagna bo’lsam?
“Jannat onalar oyog’i ostida”
Dunyoda bu zotlar borki, biz tug’ilamiz, yashaymiz, mehru-muhabbat nima ekanligini anglaymiz. Ular bizni to’qqiz oy qornida ko’tarib yuradi. Shuning uchun ham dunyoda ona uchun farzandlaridan aziz hech narsa bo’lmas ekan. Hattoki, jannat ularning oyog’i ostida ekan. Shunday ekan, men har bir tengdoshlarimga do’stlarimga aytamanki, also onagizni yig’latmang! Biz ularni ko’p xafa qilib qo’yamiz. Bizga bo’lgan mehrlarini huddi bizni yosh boladek, bilayotgandek tuyuladi onamizga. Huddiki, ulg’ayib qolgandek, ularni jerkib tashlaymiz yoki, ularning bu mehribonligidan uyalamiz. Men ham huddi shunday bola edim. Lekin vaqt o’tib, juda gunoh ish qilgan ekanligimni angladim va ota-onamni har doim uyga borganimda qattiq quchib ko’rishaman. Afsuski, bu tuyg’uni ertaroq 4-5 yoshligimda anglamaganimga achindim. Lekin shaharga kelib, litseyda o’qiy boshlagach tushinib yetdim. Dunyoda ota-onam boy deb emas, ota – onam bor deb yashang. Bu so’zni men nafaqat tengdoshlarimga, balki barcha insonlarga aytib qolaman. Men dunyodagi eng baxtli yigitman. Chunki bu dargohda men juda ko’p yaxshi insonlar qatorida yana bir inson onamni topdim. U zot meni ikkinchi kurs chog’imdan ona tilimizni qunt bilan o’rgatib, meni yuksak ma’naviyatli inson bo’lishimga sababchi bo’ldilar. O’z onam meni tarbiyalab voyaga yetkazdi, Nafisa ustozim esa, menga o’z ona tilimizni o’rgatdi. Shunday insonni men onajon deb atamasligim mumkin emas. Bitta onam ikkita bo’ldi. Lekin ustoz onajonim sizni har darsda xafa qilardim. O’qib bormasdim, siz esa bundan juda xafa bo’lardingiz. Mening eng katta gunohim ham shunda. Sizni ko’p yig’latganim, garchi ko’z yosh to’kmasangizda, ich-ichingizdan qon yig’lardingiz. Men esa nima uchun darsda yaxshi javob bermaganimdan va sizni yig’latganimdan, o’zimni hech kechira olmasdim. Lekin men bir narsani o’z onamga va siz onajonimga ayta olamanki, men albatta sizlarga munosib farzand, og’lon, shogird bo’lib yetishaman va huzuringizga kelib, “Onajon o’g’lingiz, shogirdingiz buyuk inson bo’lib yetishdi”-deb sizdan suyunchi olaman. Onajonim, ustozim o’zingizni ehtiyot qiling, sog’lig’ingizni asrang, siz oila a’zolaringiz uchun, farzandlaringiz uchun, biz uchun keraksiz.
“Onajon, sizni esladim. Mehribonim, sizni esladim.”
Onalar doim farzandlari haqida qayg’uradi. Ularni tarbiyalab voyaga yetkazadi. Yer-u ko’kka ishonmaydi. Biroq farzandlarchi? Farzand, u ulg’aygach onasi haqida qayg’urarmikan? Ularning ahvolidan xabar olarmikan? Men ham hech qachon onamni xafa qilishni istamayman. Onajon, kechiring, men sizni ko’p xafa qilganman. Onajon deyman-u, lekin mening sizga juda ko’p zararim tegadi. Ishoning bundan o’zim ham juda qiynalaman, har darsda sizni yomon ahvolga solib qo’yardim. Hattoki darsdan chiqqach, ozgina yig’lab ham olardim. Nimaga men o’zgaraolmayman, deb o’zimni tinch qo’ymasdim. Bizni deb sog’ligingizga ham uncha ahamiyat bermayapsiz. Onajon, iltimos, o’zingizni ehtiyot qiling. Siz oila a’zollaringiz, farzandlaringizga juda keraksiz. Uztoz, onajon, men albatta huzuringizga buyuk inson bo’lib kelib sizdan suyunchi olaman. Sizni doimo ardoqlovchi shogirdingiz.
“Jannat onalar oyogiI ostidadir”
“O’g’lim buyuk bobolarimizdek inson bo’laman debsan!”
Ustoz, onajon, hozirgi aytmoqchi bo’lgan gaplarim ham shunday. Inson tug’ilganida unga yashash uchun yana ikki narsa: ishonch va umid bilan yashaydi. Mana shu ikki narsa insonni buyuklik, olg’a intilish, yuksaklik sari borishga undar ekan. Bilamizki, bobolarimiz har xil sohada, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalarda buyuk yutuqlarga erishgan. Hozirgacha bobolarimiz qoldirgan bunday ilmiy-ma’rifiy, madaniy meroslardan butun dunyo foydalanmoqdalar. Biroq bobolarimiz erishgandek, yuksak yutuqlarga hali hech kim unchalik erisha olmayapti. Onajon mening ham ko’nglimda shunday buyuk maqsadlar jo’sh urib boryapti. Men ham ular kabi har sohada buyuk inson bo’lishni vatanimiz dovrug’ini butun dunyoga taratmoq niyatim bor. Men o’sha davrlarni hayolimda chizib, tasvirlab beraman. Haqiqatdan, bunday bobolarimiz borligida qancha faxrlansak oz. Shu bilan birga ularga “Allohning nazari tushgan, Alloh suygan farzandlar” desang xato bo’lmas. Ustoz onajon!
Menig ham vujudimda mana shunday buyuk maqsadlar barq urayaptiki, buni qanday tushintirishni bilmayapman, to’g’risi. Men har tong o’yg’onganimdan to uyquga yotgunimcha, Allohdan menga shu bobolarimizdek buyuk yo’lni berishini so’rayman. Maqsadim, Allohning nazari tushgan bunday zamining yurak, qalb, bel, tirgak, suyanchiq, mard, botir o’g’loni bo’lishdir.
Onajon! Yigit kishi Allohdan so’rasa u shu narsani beradi deydi. Men shu narsani so’raymanki, menga buyuk bobolarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Manguberdi, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy va boshqa ko’plab buyuklar yo’lini berishini chin dildan so’rayman. Albatta, shunday bo’lgay ham. Va qolaversa, marhum otamiz O’zbeksiton Respublikasinig birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovga munosib qalqon farzand bo’laman.
Ularning barchasi bizga ishonadi. Vaqti kelib yurtim tinchligini ta’minlayman. Uchuvchilik formasida samolarni zabt etaman va onajon huzuringizga ham shogirdingiz, ham buyuk bobolarimdek bo’lib kelaman. Meni shunday buyuk kelajak kutyapti.
Ustoz onajonim! Martabangiz bundanda ulug’ bo’lsin. Men sizni buyuk momomiz Tumaris timsolida ham ko’raman.
Do'stlaringiz bilan baham: |