Yillar sizni kutadi,
Siz yillarni kutasiz.
Bir, ikki, uch deguncha,
O’smirlikka yetasiz
Hoy bollar, bolalar,
Chamandagi lolalar!
Mana shu she’rni eshitdimu, yana o’sha iliq hislar boshim uzra kuz faslidagi hazonli hilsar kabi cho’lg’aydi. Nahot so’zning qudrati shunchalar kuchli bo’lsa, nahotki ular bizning qalblarimizni shunchalar larzaga keltirsa.
Yillar sizni kutadi.
Haqiqatdan, biz tug’ilgandan boshlab, to biror maqsadni ko’zlab unga erishmagunimizcha, u vaqt o’shangacha bo’lgan yillar bizni kutadi, sog’inadi.
Siz yillarni kutasiz.
Keyin esa biz orzu qila boshlaymmiz. Oldimizga buyik maqsad qo’yamiz va u sari intilib harakat qilamiz. Shu zaylda ana o’sha ko’zlagan maqsadimizga erishishni kutib yashaymiz. Vaholanki, biz kutgan yillar yetib kelganini sezmay ham qolamiz. Bu orada esa bolalikning shirin tuyg’ulariga baribir to’ymay qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |