II BOB. ULUG‟BEK HAMDAM ROMANLARI POETIKASIDAGI XOS
XUSUSIYATLAR
1-fasl. “Muvozanat” romanida an‟anaviylik va o„ziga xoslik
Ulug‟bek Hamdamning “Muvozanat”romanida ko„pchilikning ongu-qalbidan
kechib o„tgan yoki kechib turgan holat tasvirlangan. “Muvozanat”da yaqin
o„tmishimiz, odatlanilgan turmush-tarzidagi o„zgarishlar ruhiyatimizda keskin
evrilishlarni keltirib chiqargan davrdagi muvozanatsizlik holati qalamga olingan.
Asar mavzu jihatidan g‟oyat dolzarb muammoga bag‟ishlangan.
“Muvozanat” romanida tanlangan mavzu, asar g„oyasi roman nomidan
seziladi. Romanda yangi davr ostonasida turgan insonning qalbidagi mezonni
ijtimoiy tuzum, davr va makon o„zgarishlari oqibatida ma‟lum darajada buzilishi,
saqlab turilgan muvozanatni qalqib ketishi keng ko„lamda yoritiladi.
Asar haqida adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov shunday e‟tirof etadi: “Men
yaqinda Ulug„bek Hamdamning “Muvozanat” deb nomlangan yangi romanini
o„qib chiqdim. Romanni o„qib chiqar ekanman, bugungi kun odamini tasvirlashda
hali realizmning ochilmagan imkoniyatlari ko„p ekaniga imon keltirdim. Demak,
gap bu yerda realizmda yoki modernizmda emas. Gap san‟atkorda, uning
tafakkurida va mahoratida. Adabiy asar esa chinakam asar namunasi bo„lmog‟i
uchun, realizmga mansub bo„ladimi, romantizm uslubida yozilgan bo„ladimi yoki
qandaydir boshqa modernistik uslubga amal qiladimi, baribir, yana takror
aytaman, uning markazida inson turmog‟i kerak, kitobxon insonning taqdiri,
tabiati, hayoti haqida muayyan axborot olish bilan birga bu asardan estetik zavq
ham ola bilsin”
18
.
Darhaqiqat, romanda avvalo, mavzu yangi. Muallif badiiy ijodda muvozanat
tushunchasiga yangicha yondasha bilgan. Bir qarashda oddiydek tuyulgan
muvozanat tushunchasi asar davomida nihoyatda katta va keng ko„lamli mohiyat
kasb etadi. U turmushning, hayotning, inson ma‟naviyatining har bir jabhasida o„z
bo„yini ko„rsatadi. Asarda yozuvchi istiqlolga erishganimizdan keyingi davrni,
muhitni yoritib berishda ayni tushunchani asosiy mezon sifatida asarning bosh
18
Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. –T.: 2004. 245-bet.
26
g„oyasi, mavzusi bilan bog„laydi. Asar kompozitsiyasi va syujeti ham ana shu
asosda tuziladi.
Asardagi ilgari surilgan g„oya jamiyat evrilishlarida yuzaga kelgan ijtimoiy
o„zgarishlarning insonga ta‟siri. Bunda odamlarni qanday harakatga kelishi, to„g„ri
yo„lni topa olishi yoki asliga mos yashamasligi ko„rsatiladi. Romanda bugungi
davrni xarakterlaydigan bir qancha obrazlar yaratilganki, ulardan har birining
mavjud davr manzarasini va romanda ifodalanayotgan ma‟noni yaratishda o„ziga
xos o„rni bor.
Roman jami 110 sahifadan iborat bo„lib, unda 60 ga yaqin faol va nofaol
bo„lgan qahramonlar ishtirok etadi. Roman uslubida ko„proq ijtimoiy-falsafiy
mazmun yetakchilik qilsa-da, voqealar maishiy fonda olib boriladi.
Romandagi badiiy g„oyani ochishda muallif bosh qahramon Yusufdan
foydalanadi: “Ya‟ni jamiyatdagi muvozanat har birimizning boshimizdagi
moddiyat va ma‟naviyat aro o„rnatilan me‟yordan boshlanadiganga o„xshaydi.
Shunday ekan, akam Amirning butunlay zohidlik yo„lini tutishi zamon tabiatini
Do'stlaringiz bilan baham: |