Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: kirish, uch bob, olti fasl, xulosa,
adabiyotlar ro„yxatidan iborat bo„lib, 80 betni tashkil etadi.
9
I BOB. ADABIYOTDA AN‟ANA VA NOVATORLIK MASALASI
1-Fasl. XX asr hikoyalarida an‟ana va o„ziga xoslik
Badiiy adabiyot ijtimoiy ong shakli sifatida tarixiy taraqqiyot
qonuniyatlariga bo„ysunadi. Jamiyatda yuz bergan moddiy o„zgarishlar badiiy
adabiyotda ham o„zgarishlarni keltirib chiqaradi.
San‟at va adabiyotdagi o„zgarishlar birdan bo„lmaydi. Adabiyotdagi
rivojlanish evolyutsion tarzda sodir bo„ladi. Har bir davr san‟ati o„zidan oldingi
san‟at bilan bog‟liq bo„lib, takomillashib, rivojlanib boradi. Bir xalq adabiyoti
ikkinchi xalq adabiyotiga ta‟sir etadi. Bundan esa vorislik qonuni kelib chiqadi.
An‟ana va novatorlik masalasi vorislik qonuniyatining namoyon bo„lishidir.
An‟ana o„tmish adabiyotidan qolgan eng yaxshi g‟oyaviy-badiiy boyliklarni
keyingi davr adabiyoti tomonidan munosib tarzda rivojlantirilishidir. O„tmish
adabiyoti yoki boshqa xalqlar adabiyotlarining eng yaxshi yutuqlari adabiy an‟ana
bo„ladi. Masalan, Navoiy o„z asarlarida insonparvarlik, qahramonlik, xalqlar
do„stligi, zulm va razolatga nafrat g‟oyalarini olg‟a surgan. Ana shu g‟oyalar
keyingi yozuvchilar tomonidan rivojlantirildi yoki Abdulla Qodiriy Valter Skott
hamda Jo„rji Zaydon ijodidagi roman shaklini olib, shu asosda butunlay yangi
o„zbek milliy romanini yaratdi. Erkin Vohidov esa mumtoz adabiyotdagi g‟azal
janrini yangicha ruh va mazmun bilan rivojlantirdi.
An‟ana quyidagicha bo„ladi:
-
G‟oyaviy an‟ana. Bu Navoiydagi singari insonparvarlik, qahramonlik
g‟oyalari va motivlarining rivojlanishidir.
-
Tiplar an‟anasi. Obraz yaratish an‟analarining keyingilar tomonidan
qabul qilinib rivojlantirishidir. Farhod – Azizxon – Evklion, Gobsek – Qori
Ishkamba ana shu tiplar an‟anasining namunasidir.
-
Formal an‟analar. Shunisi muhimki, g‟oyaviy an‟analar dunyoqarashi
bir-biriga yaqin yozuvchilar tomonidan rivojlantiriladi. Formal an‟analar esa
dunyoqarashi turlicha bo„lgan yozuvchilar tomonidan ham rivojlantirilishi
10
mumkin. Chunki badiiy shakl dunyoqarashga betaraf bo„ladi. Lekin har bir
yozuvchi mavjud shaklni o„zining dunyoqarashidan kelib chiqib bo„ysundirishi
mumkin. Demak, formal an‟ana bu oldingilardan meros qolib, keyingi yozuvchilar
tomonidan rivojlantirilayotgan janrlar, tasvir vositalari, vazn
hamda qofiyalardir.
Badiiy shakl sohasidagi an‟analar quyidagicha davom ettiriladi:
Mavjud janr shakllarini rivojlantirish;
O„tmish an‟analarini sintez qilish;
Mavjud shakldan qisman foydalanib, butunlay yangi janr yaratish.
Masalan: poema, roman, g‟azal.
Eski shakllarni “tiriltirish”;
Har bir yozuvchi o„zidan oldingilarning tajribasiga suyanib, biror yangi
fikr aytishga harakat qiladi, ularning g‟oyalarini rivojlantiradi.
Har qanday yangi asar oldingisiga qaraganda olg‟a qo„yilgan qadam bo„ladi.
Oldingi asar darajasiga ko„tarila olmagan, taqlidiy asarlar bundan mustasno.
Keyinroq yaratilgan asarni yangilik darajasi turlicha bo„ladi.
O„tmish adabiy an‟anasidan foydalanib yaratilgan yangilik novatorlikdir.
Har bir asarda ham novatorlik belgilari bo„ladi, har bir yozuvchi u yoki bu
darajada novatordir. Lekin har qanday asar ham, har bir yozuvchi ham to„la
ma‟noda novator bo„lavermaydi. Haqiqiy novator sifatida Hamza o„zbek
adabiyotida mavjud bo„lmagan drama janrini, Abdulla Qodiriy roman janrini olib
kirdi va yuksak darajaga ko„tardi. Abdulla Qahhor yaratgan Qalandarov obrazi
ham yuksak mahorat bilan yaratilgan yangilikdir. Lekin har qanday kutilmagan va
oldingi asarlarda uchramaydigan adabiy hodisa novatorlik bo„lavermaydi.
Novatorlik haqiqiy va soxta bo„lib, haqiqiy novatorlik o„tmish adabiy an‟analariga
asoslanib, adabiyotda yangilik yaratishdir. Ba‟zan novatorlik eskirgan formalarni
qayta “tiriltirish”ida ham namoyon bo„lishi mumkin. Soxta novatorlik esa yo„q
joydan yangilik yaratishga urinish natijasidir. Bu holda yozuvchi o„tmish adabiy
an‟analarini mensimay, hech biriga o„xshamaydigan yangilik yaratib, hammani
qoyil qoldirmoqchi bo„ladi. Natijada u muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
11
Bugungi kunda o„zbek adabiyotidagi badiiy yangilanishlar, shakliy-
mundarijaviy izlanishlar mustaqillikning qo„lga kiritilishi tufayli milliy
tafakkurda paydo bo„lgan o„zgarishlar bilan bog‟liq. Darhaqiqat, istiqlol yillari
o„zbek she‟riyatida falsafiy-intellektual ohang ancha kuchaydi. Nasrda inson
ruhiyatini, ehtiros, his-tuyg‟ularning keng silsilasini turfa ziddiyatli bo„yoqlarda
aks ettirish, odamzod shuurini band etgan muammolarni butun murakkabligi bilan
suvratlantirish, shaxsning yuksak milliy-umuminsoniy mohiyatini ekspressiv
tarzda ochib berishga intilish yetakchi yo„nalishga aylandi.
Ijtimoiy ongda yuzaga kelgan o„zgarishlar ifodasi sifatida ko„ngil
dunyosining teran qatlamlariga kirib borish, o„zgarayotgan ma‟naviy olamni idrok
etishning yangicha shakl-tamoyillarini kashf etish uslubiy-shakliy izlanishlar
tabiati hamda ko„lamini belgilab bera boshladi. Ijod, e‟tiqod va so„zga munosabat
tubdan yangilandi.
Ma‟lumki, har bir davr o„z aqidalari, dunyoqarashi, estetik qadriyatlarini
ilgari suradi. Mavjud ijtimoiy-psixologik vaziyat, nazariy asos badiiy tizimga ham
ta‟sir ko„rsatadi. Tabiiyki, milliy ma‟naviyat jarayonini shakllantirishda ruhiy
munosabatlarning ham shaxsiy, ham ijtimoiy mohiyatini poetik tadqiq etish,
an‟anaviy va zamonaviy badiiy tamoyillarning uzviy aloqadorligi tajribalarini
umumlashtirish, publitsistik-falsafiy tasvir ko„lamini kengaytirish, turfa badiiy
shakllarni uslubiy-mazmuniy izlanishlar bilan boyitish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Modomiki, mohiyatni yangilab turishga yo„naltirilgan adabiyot jamiyat
belgilab bergan mezonlarga tayangan holda rivojlanar ekan, ongning tadrijiy
takomili poetik tafakkur usul va vositalari, ifoda va tasvir imkoniyatlarini ham
tabiiy ravishda o„zgartirib yuboradi. Demak, o„z san‟atining spetsifik
xususiyatlarini aniqlab olishda ichki – badiiy-psixologik omillar bilan bir qatorda,
tashqi – ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotini ham hisobga olish lozim.
Qadim zamonlarda Sharq mumtoz adabiyoti uzoq an‟analar ta‟sirida
shakllandi. Adabiyot qadim zamonlarda og‟zaki, keyin esa og‟zaki va yozma
rivojlanib keldi. Falsafa, axloq, huquq, tarix, psixologiya kabi fanlarda
12
bo„lganidek, badiiy adabiyotda ham asosiy obyekt inson va insonning ichki hamda
tashqi dunyosi, taqdiri, hayoti va kurashidir. Ammo uzoq tarixga ega bo„lgan
adabiyotda inson obrazi turli davrlarda turlicha tasvirlangan. Qadimgi davrlarda
adabiyotda bevosita insonlarni, ularning o„zaro munosabatlarini tasvirlashdan
ko„ra, asosan tabiatni – kun va tunni, quyosh, oy va yulduzlarni, o„simliklar va
hayvonlarni, aniqrog‟i insonning tabiat hodisalariga munosabatini tasvirlash
markaziy o„rinni egallagan. Chunki u davrlarda inson tabiat hodisalarini ilohiy
kuch – qudratning zohir bo„lishi deb tushungan. Masalan, qadimgi hind
adabiyotida o„simliklar, ilonlar, fillar, mollar asosiy obraz sifatida
ilohiylashtirilib tasvirlangan. Yoki turkiy xalqlar adabiy yodgorliklarini o„z ichiga
olgan “Devonu lug‟atit turk” kitobidagi she‟rlarning ko„pchiligida, shuningdek, yil
fasllari munozarasi, qish bilan yozning “olishuvi” keng tasvirlangan. Yozning qish
ustidan g‟alabasi katta shodiyona sifatida ko„rsatilgan.
Ana shu faktlarga asoslangan holda qadim zamonlarda adabiyotning tasvir
obyekti inson emas, tabiat hodisalari bo„lgan deb xulosa chiqarish to„g‟ri
bo„lmaydi, albatta. Bu faktlar qadimgi davr adabiyotida insonning tabiatni
dualistik tarzda tushunish, tabiat hodisalariga munosabati asosiy tasvir obyekti
bo„lgan, deb xulosa chiqarish imkonini beradi.
Adabiyotda qadim zamonlarda tabiatni ilohiylashtirib tasvirlash birinchi
planda turgan bo„lsa, keyinchalik insonnni ilohiylashtirib tasvirlash oldingi planga
chiqdi. Bu hol qadimgi Yunon adabiyotida – Gomerning “Iliada”, “Odisseya”
dostonlarida, Esxel, Sofokl, Evripidning tragediyalarida asosiy tendensiyaga
aylandi.
Undan keyin esa adabiyotda insonni tabiat va jamiyatga munosabatini
romantik umumlashmalar tarzida tasvirlash kuchaydi. Shuning uchun ham
adabiyotda har xil qahramonlik eposlari vujudga kela boshladi. Jasurlik, kuch,
bahodirlikning, donishmandlikning umumlashma timsoli bo„lgan obrazlar yaratish
mayli kuchaydi.
Fransiyada “Roland haqida qo„shiq ”, Germaniyada “Nibelunglar haqida
qo„shiq”, Rossiyada “Igor polki jangnomasi” kabi eposlar paydo bo„lganligi ana
13
shundan dalolat beradi. Hind adabiyotida “Ramayana”, fors adabiyotida
“Shohnoma” (Firdavsiy), o„zbek adabiyotida “Farhod va Shirin”, “Saddi
Iskandariy” (Navoiy), “Alpomish” kabi dostonlar ham insonni romantik
umumlashmalar vositasida ulug‟lash tendensiyasining Sharq adabiyotidagi
prinsiplari asosida yaratilgan.
Uyg‟onish davri adabiyoti so„z san‟ati taraqqiyotning yangi bosqichini tashkil
etadi. Chunki Dante, Bokachcho, Rable, Shekspir, Servantes ijodida
umumlashtirish inson shaxsini har taraflama tasvirlash, hayotni, voqelikni keng
planda ko„rsatish kabi mukammallik kasb etadi.
Shunday qilib, insonni, uning xarakterini, ichki va tashqi dunyosini, umid va
intilishlarini, hayoti va kurashini tasvirlash jahon adabiyotida asta-sekin rivojlanib
bordi. Bu taraqqiyot A.S.Pushkin, N.V.Gogol, F.M.Dostoyevskiy, L.M.Tolstoy,
A.P.Chexov tomonidan yaratilgan rus romantik adabiyotida yanada yorqinroq
ko„rindi va yangi bosqichga ko„tarildi.
O„zbek adabiyoti hind, fors, arab adabiyoti, keyinchalik esa rus va u orqali
XX asr boshida jahon adabiyoti an‟analariga yondashib rivojlandi. Shuningdek,
qadimgi tarixga ega adabiyotlar o„ziga xos xususiyatlarni yuzaga chiqardi. XX asr
boshlarida adabiyot o„zbek xalq og‟zaki ijodi va mumtoz adabiyotimiz an‟analari
ta‟sirida rivojlandi. Folklor ta‟sirida yangi davr o„zbek adabiyoti yuzaga keldi.
Uning an‟analarini o„ziga xos tarzda rivojlantirdi. Folklorga xos soddalik
she‟riyatining barmoqda ekani yangi o„zbek she‟riyatining ana shu vaznda
yaratilishiga ma‟lum darajada asos bo„ldi. Yangi o„zbek adabiyotining
shakllanishida “Alpomish” dostonining ham o„ziga xos o„rni bor.
Yangi o„zbek adabiyoti rivojida jahon so„z san‟atining hissasi ham salmoqli.
Ayniqsa, rus tili orqali qilingan tarjimalar (Bayron, Gyote kabi ijodkorlar
Y.Lermontov, A.Pushkin asarlaridan qilingan tarjimalar) XX asr she‟riyatining
shakllanishida muhim o„rin tutdi. Ammo o„zbek adabiyoti ushbu ijodkorlar
asarlariga o„z vaqtida ta‟sir ham ko„rsatgan. XX asr she‟riyatining shakllanishi,
keyingi avlod shoirlarining yetishib chiqishida Abdulhamid Cho„lpon ijodining
alohida o„rni bor. Cho„lpon Robindranat Tagor haqidagi maqolalarida
14
adabiyotning jamiyat hayotidagi o„rni, Robindranat Tagorni jahon adabiyotidagi
mavqeini alohida ta‟kidlaydi. Cho„lpon ijodi Sharq va G‟arb adabiyotini o„ziga xos
bog‟lovchi ko„prik vazifasini bajardi.
Abdulla Qodiriy esa o„zbek romanchilik maktabini boshlab berdi. U
jahondagi hind, nemis, fransuz, rus romanchilik maktabidan keyin beshinchi-
o„zbek romanchilik maktabiga asos soldi (Bertels iborasi). Abdulla Qodiriy arab
romanchiligi an‟analaridan foydalandi. Bu borada Jo„rji Zaydon, Ferdenand
Dyushen an‟analarini davom ettirdi. XX asr boshlarida Fitrat she‟riyat, proza va
dramaturgiya
sohalarida
ulkan
muvaffaqiyatlarga
erishdi.
U
Shekspir
tragediyalariga xos jihatlarni o„rgandi va ushbu janrning go„zal namunalarini
yaratdi. Yangi o„zbek adabiyotining novatorlik belgilari, avvalo, she‟riyat, proza,
dramaturgiyaning ifoda usullari va vositalaridagi o„ziga xoslikda ko„rinadi.
Realistik proza shakllandi. Barmoq vazni she‟riyatda yetakchi bo„lib qoldi.
Shuningdek, davrning tezkor voqeliklarini aks ettiruvchi aruz, sarbast, erkin
vaznning go„zal namunalari yaratildi. An‟ana va novatorlik muammosi o„zbek
adabiyotshunosligida o„ziga xos talqinlarni topdi. Izzat Sulton, Umarali Normatov,
Sobir Mirvaliyev, Matyoqub Qo„shjonov, Bahodir Sarimsoqov, Homil Yoqubov
kabi qator adabiyotshunoslar asarlarida bu masala atroflicha yoritildi.
Adabiyotshunoslikka oid eng so„nggi lug‟atlarda adabiy an‟anaga “o„tmish
adabiyoti to„plagan ijodiy tajribalar qaymog‟i, davrlar o„tishi bilan ahamiyati va
dolzarbligini yo„qotmagan, boqiy qadriyatga aylanib, avloddan-avlodga o„tib
kelayotgan qismi”
10
,- deya ta‟rif beriladi. Demak, adabiy an‟ana doirasiga
o„tmish adabiyoti erishgan yutuqlar, to„plagan tajribalarning hammasi ham emas,
balki uning muayyan davr ijodkorlari tomonidan dolzarb deb topilgan, boqiy
qadriyat sifatida baholangan va o„z ijodiy faoliyatlarida namuna deb hisoblagan
qismigina kiradi. Har bir avlod o„tmish adabiyotiga saylab, saralab munosabatda
bo„ladi, unga faol ijodiy yondashadi, salaflar tajribasini o„z davri qo„ygan badiiy-
estetik vazifalarni bajarishga xizmat qildiradi. Shunga ko„ra, adabiy an‟ana va
10
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‟ati. –T.: “Akademnashr”, 2010, 12-bet
15
yangilik hamqadamligi qonuniy hodisa bo„lib, bu ikkisi dialektik aloqadagi birlikni
tashkil etadi va adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omiliga aylanadi.
Har bir davr o„zidan oldingi davr adabiyotida mavjud eng yaxshi jihatlarni
o„ziga singdiradi va o„zidan nimadir qo„shishga intiladi, shu asosda taraqqiyot
jarayonining uzluksizligi ta‟minlanadi. Adabiyotdagi vorisiylik, adabiy an‟analarga
sodiqlik milliy adabiyotdagi o„ziga xoslik, milliy qiyofani yo„qotmaslik kafolatidir.
Tabiiyki, boy adabiy an‟anaga tayangan adabiyotning rivojlanish imkoniyatlari
boshqalarga nisbatan yuqori bo„ladi. Masalan, xalqimizning boy adabiy-madaniy
an‟analari XX asr boshlarida kuzatilgan yangi o„zbek adabiyotining shakllanish
jarayoni tez kechishini ta‟minladi.
Adabiyotimiz juda qisqa fursat ichida jahon adabiyotidagi yutuqlarning
ko„pini ijodiy o„zlashtirib, tadrijiy boyib bordi. Aytaylik, roman G‟arb adabiyotiga
xos janr ekanligi, uning o„zbek adabiyotida o„zlashishi 20-yillarga to„g‟ri kelishi
ma‟lum. Biroq g‟arbona shakl adabiyotimizni boyitdigina emas, balki adabiy
an‟analarimiz zaminida uning o„zi ham boyidi – o„zbek romanchiligi dunyoga
keldi. “Milliy romanchiligimizning ilk namunasi bo„lmish “O„tgan kunlar”dan
boshlab “Otamdan qolgan dalalar”gacha bo„lgan namunalarida ming yilliklar
bilan o„lchanadigan adabiy-madaniy an‟analarimiz izlari bor, shu tufayli ham u
o„zining qiyofasiga ega “o„zbek romani”dir”.
11
Adabiy an‟ana hamisha novatorlik, adabiy yangilik, adabiy o„ziga xoslik
tushunchalari bilan yonma-yon qo„llanadi. Novatorlik lotincha “novator”
so„zlaridan olingan bo„lib, yangilovchi, yangilanuvchi demakdir. U adabiy jarayon
bilan bog‟liq kategoriya, adabiy jarayonda an‟ana bilan har vaqt dialektik aloqada
mavjud bo„lgan hodisa, adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omili, badiiy
tafakkur rivojiga sezilarli ta‟sir o„tkazib, keyinchalik an‟anaga aylanuvchi muhim
badiiy-estetik yangilik hisoblanadi. Adabiy an‟anaga saylab va tanqidiy
munosabatda bo„lolgan, o„z davrining badiiy-estetik ehtiyojlarini teran his etolgan
ijodkorgina yangilik yaratishga qobil bo„la oladi. Unutmaslik kerakki, davrning
badiiy-estetik talab-ehtiyojlarini shu davrda qalam tebratgan ijodkorlarning bari
11
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‟ati. –T.: “Akademnashr”, 2010, 13-bet
16
ham his etadi, shu ma‟noda, talantli ijodkorlarning hammasiga ham muayyan
darajadagi novatorlik mavjud. Ayni chog‟da, novatorlik xususiyatlari davrning
yirik san‟atkorlari ijodida mukammal ifodasini topadi.
Adabiy an‟analar asosida takomillashib borayotgan Ulug„bek Hamdam
ijodining mavzu ko„lami u qadar keng va xilma-xil bo„lmasa-da, unda har qanday
vaziyatda, tuzumda ham insonni har tomonlama aniq tasvirlash tamoyili yetakchi
o„rin tutadi. Tasavvuf ta‟limotidagi komil insonni emas, aksincha, real hayotda
zamon va makonda yashab kelayotgan, his-tuyg„ulari, dunyoqarashi, ma‟naviy-
ruhiy olamining o„ziga xos tomonlari mavjud bo„lgan inson obrazini yaratish
muallif ijodining bosh konsepsiyasidir.
Xulosa o„rnida aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyotida adabiy an‟ana va
novatorlik masalasi ko„p asrlik tarixga ega dolzarb muammodir. Bu boradagi
tadqiqotlar ijodkor uslubi, davr adabiyoti tavsifida juda muhim.
Ijodi tadqiq etilayotgan Ulug„bek Hamdam o„zbek adabiyotida bayon uslubi,
obraz yaratish mahorati, asar kompozitsiyasi va asar poetikasi yuzasidan adabiy
an‟analarni munosib davom ettirish barobarida bir qator uslubiy yangilanishlarni
ham amalga oshirdi. Shitob bilan yangilanib borayotgan adabiyotda an‟anaviylik
asosida ham barcha adabiyot ahlini befarq qoldirmaydigan asar yaratish
mumkinligini qator hikoyalari va romanlari misolida isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |