Asarda personajlar o„zlariga savol ohangida murojaat qilib, o„ylaydilar.
Akbarning nutqidagi ko„p nuqtaning ishlatilishi uning chuqur o„yga tolganligi,
fikrlarining to„xtalib-to„xtalib bayon qilinishi, ortda qolgan o„tmishi va buguni
Asarda bola tilidan ham nutq keltirilgan bo„lib, yozuvchi bunga alohida
ahamiyat bergan. Bola nutqining keltirilishi asar badiiyligini oshirgan, bola orqali
44
ham turmush haqida axborot berishga erishgan. Bu holatni Akbarning o„g„li
misolida ko„rish mumkin.
Hayotda har bir odamning tili, so„zlash tarzi uning qanday turmush
kechirganligi, madaniyati, ongi, ruhiyati haqida ma‟lum tasavvur beradi. Shunga
ko„ra badiiy asarlardagi qahramonlarning nutqlari, so„zlash tarzlari ham turli-
tuman, o„ziga xos bo„lib, ular xarakterining mohiyatini anglashda muayyan
vazifani o„taydi. ” Yozuvchilar qahramonning so„zlash tarzini, o„ziga xos ohangini
qisqa va lo„nda jumlalardan tashkil topgan suhbatlar, dialoglar, monologlar orqali
tasvirlashga, qahramon xarakteridagi belgilarning shakllanishi, uning nutqi orqali
aks ettirishga alohida e‟tibor beradilar.”
41
Odatda, shaxslar nutqi, ularni
qurshagan sharoit bilan bog‟liq holda beriladi. Sharoit ko„pincha personajlar
so„zining ahamiyatini oshiradi, mazmunini chuqurlashtiradi, muayyan vaziyatda
personajning gapirishi shart ekani psixologik jihatdan asoslanadi. Yozuvchilar
personajlar nutqi orqali ularning o„ziga xos xususiyatlarini, ruhiy dunyolarini,
yashash tarzlarini, xarakterlarining mohiyatini, muayyan sharoit uchun mushtarak
tomonlarini ochib beradilar. Shunga ko„ra personajlar nutqi xarakterlarini
alohidalashtirish vositasi hisoblanadi. Personajlar nutqi adabiy asarlarda ularning
o„zaro so„zlashuvlari, ya‟ni dialoglar yoki boshqalarga qaratilgan so„zlari, ichki
suhbatlari, ya‟ni monologlar shaklida beriladi.
Tursunboy jontalash asarda mehnatkash inson qiyofasida gavdalanadi. U bir
o„zi uydagi mehnatni ham, daladagini ham churq etmay, nolimay bajaraveradi. U
mehnatdan zavq oladi, orom oladi. Shunchalik xokisor tasvirlanganki, unga qarab
turib, nahotki unda dard bo„lmasa degan o`y keladi. Shuncha tirishganiga yarasha
turmushi ham gullab ketgani yo„q. Yeyish-ichishida ham maza yo„q. Asar oxirida
esa uning bu xarakteri o„zining boshiga yetadi. U ortiqcha mehr va fidoiylikning
qurboniga aylandi. O„z qadrini bilmasligi, o„zini yaxshi ko„rmasligi oqibatida,
hatto, farzandlari uning fidoiyligiga yarasha g‟amxo„rlik qilishmaydi.
Tursunboy jontalash xarakterida juda sodda, boriga insof qiladigan
o„zbekning haqiqiy kishisini ko„rish mumkin. Quyidagi dialogda Tursunboy
41
Xudoyberdiyev E. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: ”O‟qituvchi”. 1995. 100-bet.
45
jontalash va uning ayoli bilan bo„lib o„tgan suhbat deyarli har kuni takrorlanadigan
odat aks etadi: “Kun yoyilganda xotini uni nonushtaga chaqirdi. Tursunboy
Do'stlaringiz bilan baham: